Opratsion tizimlari
17
Yuklanishning avvalida kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan, uskunalarni tekshirish
dasturlari ishlatiladi. Agar xato kritik bo‘lmasa, (ya’ni ishni davom ettirishga imkon bersa) foy-
dalanuvchiga klaviaturaning “F1”
tugmachasini bosib, yuklatish jarayonining davom ettirishi
uchun imkoniyat yaratiladi. Agar nosozlik kritik bo‘lsa, yuklanish jarayoni to‘xtatiladi. Xatolar
jiddiy bo‘lganda, yuzaga kelgan vaziyat haqida va chiqarib berilgan xatoning kodi to‘g‘risida
kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislarga xabar qilish lozim.
Eslatma. Ko‘pchilik kompyuterlarda uskunalarni test tekshiruvlaridan o‘tkazishdan avval
ekranga kompyuterni konfiguratsiyalash dasturiga kirish uchun bosish kerak bo‘lgan tugmacha-
lar kombinatsiyasi (masalan, Hit
, lf you want to run SETUP) haqidagi xabar chiqariladi.
Uni bosganingizda siz konfiguratsiyalash dasturi ekraniga tushasiz. Unda siz joriy sana va vaq-
tni, disketalar hamda qattiq disklar uchun diskovodlarning tiplarini, kompyuterning boshqa par-
ametrlarini berishingiz mumkin. Konfiguratsiyalash dasturiga kirish parol bilan himoya qilingan
bo‘lishi mumkin.
Uskunalarni testdan o‘tkazish dasturlari tugagandan keyin boshlang‘ich yuklash dasturi A
diskovodiga o‘rnatilgan disketadan operatsion tizimining yuklovchisining dasturni o‘qishga
harakat qiladi. Agar A diskovodida operatsion tizimi yozilgan disketa emas, balki qandaydir
boshqa disketa bo‘lsa, unda xato haqidagi xabarni ekranga chiqaradi:
Non - System disk or disk error
Replace and Strike any key when ready
(Notizimli disk yoki diskda xato bor.
Diskni almashtiring va istagan tugmachani bosing).
Agar siz kompyuterni disketdan yuklashni istasangiz A diskovodiga operatsion tizimli
disketani qo‘yishingiz kerak, agar siz kompyuterni qattiq disk (vinchester)dan yuklamoqchi
bo‘lsangiz yo diskovodni eshikchasini ochishingiz, yo bo‘lmasa, diskovoddan disketani olib
qo‘yishingiz kerak. Shundan so‘ng yuklash jarayonini davom ettirish uchun "bo‘sh joy" yoki
"Enter", raqam va harfli tugmachalaridan istalganini bosish kerak.
Operatsion tizim yuklanayotgan diskdan (ya’ni disketadan yoki vinchesterdan) operatsion
tizimini yuklovchi dastur o‘qib bo‘lingach, bu dastur kompyuter xotirasiga operatsion tizimining
modullarini (MS DOS uchun – IO.SYS va MS DOS.SYS) o‘qib tushuriladi va boshqaruvni ular-
ga o‘tkazadi. Undan so‘ng shu diskning o‘zidan CONFIG.SYS tizimi konfiguratsiyasining fayli
o‘qiladi va bu faylda bo‘lgan ko‘rsatmalarga muvofiq ravishda uskunalarning drayverlari
yuklanadi va operatsion tizimining parametrlari o‘rnatiladi. Agar CONFIG.SYS fayli mavjud
bo‘lmasa, hamma parametrlar avtomatik o‘rnatiladi.
Shundan
keyin
operatsion
tizimi
yuklanayotgan
diskdan
buyruq
protsessori
Opratsion tizimlari
18
(COMMAND.COM fayli) o‘qiladi va boshqaruv unga o‘tkaziladi. Agar operatsion tizimidan
yuklanadigan faylli diskning tub katalogida bo‘lsa, buyruq protsessori
vazifasini shu faylning
o‘zi bajaradi. AVTOEXEC.BATda kompyuterni har gal ishga tushurganda bajariladigan
buyruqlar va dasturlar yoziladi.
Operatsion tizimi yuklanadigan diskning tub katalogida AVTOEXEС.BAT fayli topilmasa,
unda DOS foydalanuvchidan joriy sana va vaqtni so‘raydi.
AVTOEXEС.BAT fayli bajarilgach, operatsion tizimini yuklash yakunlanadi. DOS o‘zi
buyruqlarni qabul qilishga tayyorligini ko‘rsatuvchi taklifni chiqaradi.
Eslatmalar. 1. MS DOS operatsion tizimining 6.0 versiyasidan boshlab, siz shunday rejimni
o‘rnatishingiz mumkinki, unda DOS CONFIG.SYS faylining har bir buyrug‘ining bajarilishini
va AVTOEXEС.BAT faylining ishga tushurilishining (6.2
MS DOS versiyasida shuningdek,
AVTOEXEС.BAT fayli har bir buyruqining bajarilishi) zarurligini talab qiladi. Buning uchun
"Starting MS DOS" xabari paydo bo‘lgani zahoti darhol “F8” tugmachasini bosish kerak.
Shundan so‘ng DOS buyruqlarni ekranga chiqara boshlaydi va siz har bir buyruqning bajarilishi
uchun Y tugmachasini yoki uni o‘tkazib yuborish uchun N tugmachasini bosishingiz kerak.
Boshqa buyruqlarni so‘rovlarsiz bajarish uchun “Esc” tugmachasini yoki ushbu buyruqni hamda
keyingi hamma buyruqlarni bekor qilish uchun “F8” tugmachasini bosish kerak.
2. Agar "Starting MS DOS" xabari paydo bo‘lganida F9 tugmachasi bosilsa, CONFIG.SYS
va AVTOEXEC.BAT fayllarini bajarilishi to‘laligicha o‘tkazib yuboriladi.
3. Agar qandaydir xato tufayli CONFIG.SYS va AVTOEXEC.BAT fayllarining odatdagidek
bajarilishi kompyuterning "osilib qolishi"ga olib kelsa, eslatmadagi 1 va 2 ko‘rsatmalari juda
ham foydalidir.
4. MS DOS da 6-versiyadan boshlab CONFIG.SYS faylini bajarishdan oldin DoubleSpace
dasturi bilan kompress qilingan disklarga yo‘llashni ta’minlovchi DBLSPACE.BIN drayveri
(agar u DOS yuklanishi ro‘y beradigan diskning tub katalogida mavjud bo‘lsa) avtomatik tarzda
yuklanadi. Siz ushbu drayverni yuklashni “Ctrl+F8” tugmachasini (bunda,
shuningdek,
CONFIG.SYS va AVTOEXEC.BAT ning qadamba-qadam bajarilishi rejimi yoqiladi) yoki
“Ctrl+F5” tugmachasini bosib (bunda CONFIG.SYS va AVTOEXEC.BAT ning bajarilishi
to‘laligicha o‘tkazib yuboriladi) bekor qilishingiz mumkin.
5. Agar eslatmadagi 1, 2 va 4 ko‘rsatmalarni bilmasangiz (masalan, maxfiylik nuqtai
nazardan), unda CONFIG.SYS fayliga SWITCHES N qatorini, yuklovchi diskning tub
katalogida joylashgan DBLSPACE.INI fayliga SWITCHES N qatorini kiritish kerak (agar siz
DoubleSpace dasturidan foydalanayotgan bo‘lsangiz).
Bundan tashqari, yanayam xavfsizroq
bo‘lishi uchun Ctrl+Break tugmachalarini kombinatsiyasini bosib AVTOEXEC.BAT faylining
Opratsion tizimlari
19
bajarilishining uzilishi imkoniyatini oldini olishingiz mumkin. Buning uchun AVTOEXEC.BAT
faylining boshlanishiga CTTY NUL oxiriga esa CTTY CON buyrug‘ini kiritish kerak. Agar siz
yana disketadan yuklanish imkoniyatini ham bekor qilsangiz (BIOSning ko‘p versiyalari buni
kompyuter yuklanayotganida ma’lum bir tugmacha yoki tugmachalar kombinatsiyasi bosilganida
ishga tushadigan konfiguratsiyalash dasturlari yordamida qilish imkonini beradi), shuningdek,
konfiguratsiyalashtirish dasturiga kirishni
parol bilan himoya qilsangiz, unda boshlang‘ich ja-
rayonni o‘zgartirish imkoniyatini to‘liq to‘xtatgan bo‘lasiz.
Dostları ilə paylaş: