Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Ko‘rib chiqish va qayta tiklash vositalari



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Hhjg

Ko‘rib chiqish va qayta tiklash vositalari. Odatda, ma’lumot fayllari bilan ishlash uchun 
ularni bu fayllar yordamida tuzilgan "ota-ona" amaliy tizimga yuklash kerak. Bu esa hujjatlarni 
ko‘rib chiqish va ularga o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Ammo tahrirsiz faqat ko‘rib chi-
qish talab qilingan hollarda turli tipdagi hujjatlarni ko‘rib chiqish imkonini beruvchi ancha sodda 
va universal vositalarni ishlatish qulaydir. 
Ovozni yoki tasvirni yozish hamda ayrim hollarda esa ko‘rib chiqish termini o‘rniga
hujjatlarni qayta tiklash termini qo‘llaniladi. 
Diagnostika vositalari dasturiy va apparat ta’minotlari diagnostika jarayonlarini avtomat-
lashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular zarur bo‘lgan tekshirishlarni o‘tkazadi, to‘plangan axborotni 
qulay va ko‘rgazmali shaklda chiqarib beradi. Ulardan faqat nosozliklarni bartaraf etish 
uchungina emas, balki kompyuter tizimini optimallashtirish uchun ham foydalanadilar. 
Nazorat (monitoring) vositalari. Nazoratning dasturiy vositalari monitoring deb ataladi. 
Kompyuter tizimida ro‘y berayotgan jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Bunda ikki xil yon-
dashuv bo‘lishi mumkin. Bular: real-vaqt rejimida kuzatuv va maxsus-bayon fayli natijalariga 
yozib borib nazorat qilish. Birinchi yondashuvdan, odatda, hisoblash texnikasi ishini optimal-
lashtirish va uning samaradorligini ko‘tarish yo‘llari izlanayotganda foydalaniladi. Ikkinchi yon-
dashuvni monitoring avtomatik va masofadan turib amalga oshirilayotganda ishlatadi. Keyingi 


Opratsion tizimlari 
12 
holda monitoring natijalarini uzoqda joylashgan texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga dasturiy va 
apparat ta’minotlari ishidagi nizolarining sabablarini bartaraf etish uchun berish mumkin. 
Real vaqt rejimida ishlaydigan monitoring vositalari kompyuter bilan ishlash usullarini ama-
liy o‘rganish uchun (alohida) foydalidir, chunki ular, odatda, foydalanuvchining ko‘zlaridan pin-
hon bo‘lgan jarayonlarni ko‘rgazmali ravishda, yaqqol aks ettirish imkonini beradi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin