Opratsion tizimlari
9
tizimlar unga huquqiy baho berish, ayblovchi tomonda bo‘lganidek, himoya tomonda ham hara-
kat qilish tartibini taklif qilishlari mumkin.
Ekspert tizimlarining o‘ziga xos xarakterli tomoni, o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodirligidadir.
Boshlang‘ich (dastlabki) ma’lumotlar bilimlar bazasida
faktlar shaklida saqlanadi, ular orasida
mutaxassis-ekspertlar yordamida munosabatlarning ma’lum bir tizimi o‘rnatiladi.
Agar ekspert
tizimini testdan o‘tkazish paytida aniq masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri tavsiyalar berayotgani yoki
umuman xulosa berolmasligi aniqlansa, bu yo uning bazasida muhim omillarning yo‘qligini yoki
munosabatlarning mantiqiy tizimida buzilishlar borligini bildiradi. U holda ham,
bu holda ham
ekspert tizimi ekspertuchun so‘rovlarning yetarlicha to‘plamini shakllantiradi va o‘z sifatini o‘zi
avtomatik tarzda ko‘tara oladi.
Ekspert tizimlarini qo‘llash ilmiy-texnik faoliyatning bilimlar muhandisligi deb ataluvchi
alohida sohasiga bog‘liqdir. Bilimlar muhandislari bular ekspert tizimini
ishlab chiqaruvchilar
(dasturchilar) va fan-texnikaning mukammal sohalaridagi yetakchi mutaxassislari o‘rtasidagi
bo‘g‘in sifatida qaraluvchi, alohida malakali mutaxassislardir.
Dostları ilə paylaş: