О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab jamiyatni
demokratlashtirish va
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik ishlari tobora takomillashtirilib borilmoqda.
Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida” (1992 y.), “Alohida
muhofaza qilinadigan
tabiiy hududlar tо‘g‘risida” (1993 y.), “Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish
tо‘g‘risida” (1997 y.) kabi qonunlar asosida hayvonot olami muhofaza qilinmoqda.
Ona tabiatimizning
rang-barangliligi kecha, bugun paydo bо‘lgan emas,
balki bu
bebaho ne’mat bir necha ming yillar davomida ajdodlarimizdan bizga qoldirilgan aziz merosdir.
Shuning uchun ham har birimiz tabiat
boyliklarini muhofaza qilish, uni kо‘z qorachig‘iday
avaylab-asrashimizda о‘zimizni mas’ul, javobgar sezishimiz darkor.
Nazorat savollari:
1.Atmosfera tarkibidagi gazlarni aytib bering.
2.Atmosferaning ifloslanishi deganda nimani tushunasiz?
3.Global isishniizohlang.
4.Issiqxona effekti nima?
5.Kislotali yomg‘irlarning qanday salbiy ta’siri bor?
6.Ozon tuynugi muammosi deganda nimani tushunasiz?
7.О‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish
borasida qanday ishlar
qilinmoqda?