Dunyosi va ularni muhofaza qilish



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
3-maruza



3-mavzu. TABIIY RESURSLAR, ULARDAN OQILONA FOYDALANISH 
VA ATMOSFERA MUHOFAZASI. SUV RESURSI VA UNI MUHOFAZASI. SUVNI 
TABIATDAGI VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI. O’SIMLIK, HAYVONOT 
DUNYOSI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH. 
Reja 
1.O’zbekiston tabiiy resurslarining holati 
2.Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi 
3.Tabiatni muhofaza qilishning aspektlari1. 
4. Atmosfera tarkibi. 
5.Atmosfera tuzilmasi. 
6.Atmosferai floslanishi va tabiiy tozalanishi. 
7.Atmosferani muxofazasi. 
Qayta tiklanadigan resurslar 
Quyosh bitmas tuganmas resurs, yer yuzini issiqlik va yorug’lik bilan ta’minlaydi. 
Yomg’ir ko’llar va jilg’alarni suv bilan to’ldiradi. Qachonki, o’simliklar fotosintez jarayonini 
amalga oshirsa, ular havoga kislordni qo’shadi. Quyosh nuri, suv va havo qayta tiklanadigan 
resurslardir.
Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan bo’lib, ularni siz devorni bo’yashda yoki 
avtomashina bilan sayohat qilishda foydalanasiz. Plastiklar, bo’yoqlar va benzin qimmatbaho 
qayta tiklanmaydigan resusrlar bo’lmish neft yoki moydan ishlab chiqariladi. Neft mikroskopik 
dengiz organizmlarning qoldiqlarini yuz millionlab yil davomida burdalanib chirishi natijasida 
paydo bo’ladi. Temir,mis, oltin, kumush va uran singari boyliklar metal himsoblanadi.* 
 
Qattiq yoqilg’ilar 
 
Ko’mir, neft, tabiiy gaz energiya manbai bo’lib, tiklanmaydigan resurslardir. Qattiq 
yoqilg’ilar yuz millionlab yillar davomida paydo bo’lgan. Mashinalar, avtobuslar, poezdlar va 
samolyotlar uchun ishlatiladigan benzin, dizelь yoqilg’isi va raketa yoqilg’isi neftdan olinadi. 
Ko’mir ko’pgina qudratli zavodlarda elektr ishlabchiqarish uchun ishlatiladi. Tabiiy gaz isitish 
va dvigatelьni harakatga keltirish uchun va ba’zan transport yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Qattiq yoqilg’ilarni hozirgi kunda tejash kelajak avlod uchun zahira sifatida 
qoldirishimiz uchun muhim hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan. 
Kelajakda ular narxi oshib ketishi mumkin. Qattiq yoqilg’ilarning me’yordan ortiq yoqilishi 
natijasida chiqindi gazlar atmosferaga ko’tarilib, atmosferani ifloslanishiga olib kelmoqda. Bu 
esa ekotizimni buzilishiga olib keladi. Qattiq yoqilg’ilarni o’rniga boshqa energiya manbalarini 
ishlatish muhim ekanligi ko’pchilik tomonidan ma’qullanmoqda.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin