Ultirabinafsha nurlari Ozon qatlamining yemirilishi oqibatida Yer yuziga tushayotgan ultirabinafsha
nurlarning miqdori oshib bormoqda. Ultirabinafsha nurlar insonlarda teri rakining oshishiga
ham sabab bo’lmoqda. Bu yana boshqa organizmlarga ham ziyon yetkazishi mumkin.
Ozon qatlami Yerdagi hayotni ta’minlash uchun juda muhim sanaladi, shu sabab butun
dunyo davlatlari sanoatida CFC ni ishlatishni to’xtatishi lozim.
Ozon qatlami yerdagi hayotni va Yer yuzini xavf – xatardan muhofaza etadi.
Qayta ishlash Bu qayta foydalanishning bir ko’rinishi bo’lib, unda tabiiy resurslarni yoki
tovarlarni o’zgartirib taqdim etishni o’z ichiga oladi. Qayta ishlanadigan materiallar o’z
ichiga shishalar, metallar, qog’oz, plastmassa, hovli va oshxona jihozlarini qamrab
oladi.
1
Qayta ishlash va qayta foydalanishning farqi nimada? Plastiklarni boshqa materiallarga nisbatan qayta ishlash biroz qiyinroq. Chunki,
ko’plab plastik turlaridan foydalanilmoqda. Har bir plastik konteynerlarida plastiklarni
ishlashda foydalangan tur ko’rsatiladi va qayta ishlash kodi belgilanadi. Ko’plab plastik
qoplar 2 yoki 4 plastik turidan ishlab chiqariladi. 6 va 7- turlar har doim ham qayta
ishlanmaydi, chunki ular turli xil plastiklar aralashmasidan hosil qilingan. Qayta
ishlashdan avval har bir plastik turi ehtiyotlik bilan ajratilish kerak.
Atmosfera sayyoramizning gazsimon qobig’i hisoblanib, Yeryuzasi xar hil gazlar
aralashmasi va suv bug’lari, changlardan tashkil topgan. Hozirgi yerning atmosfera qobig’i keyin
paydo bo’lgan albatta, Atmosfera erning geologik tarixida yer qobig’ining tarkibiy qismlari bilan
tirik organizmlar faoliyati o’rtasidagi geokimyoviy jarayonlar oqibatida litosferadan ajralib
chiqqan gazsimon moddalardan tarkib topgan.
Atmosferadagi gazlar tarkibi ancha turg’un: unda azot 78,08%,kislorod 20,95%,argon
0,93%,karbonat angidrid 0,032%. Boshqa gazlar (neon, geliy, metan, ksenon, radon va
boshqalar) tahminan 0,01% ni tashkil etadi. Ana shu tarkibning buzilishi, karbonat angidrid
miqdorini ortishi va kislorod miqdorini kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar ko’radi,
ularning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib keladi.
Tabiat uchun atmosfera havosining ahamiyati juda katta. Atmosfera havosi nafas olish
uchun kislorod, fotosintez uchun karbonat angidrid manbai hisoblanib, sayyorada suv bug’larini
tashuvchi hisoblanib, tirik organizmlarni kosmik nurlanishdan saqlab turadi. Havo iqlimni idora
etadi, havo uchib yuruvchi organizmlar uchun muhit bo’lib, tuproq unumdorligiga ta’sir yetadi,
bir qancha kimyoviy jarayonlar roy berishiga imkon beradi.
Havo kishilarga kimyoviy xom ashyo beradi. Undan energiya manbai sifatida
foydalaniladi. Havo kislorodni yonish jarayoniga sabab bo’ladi.
Yersharida kislorodsiz hayot bo’lishi mumkin emas. Kislorod quruqlikdagi o’simliklarning
hayot faoliyati mahsulidir, o’simliklar fotosintez paytida suvni va karbonat angidridni yutib