Shamol energiyasi
Shamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun
foydalanish mumkin. Bu energiya esa, bevosita shamol tezligiga bog‘liq. Shamol generatorining
standart turbinasi quvursimon po‘lat tirgakda joylashgan uch parrakli rotordan iboratdir. Burilish
mexanizmi rotorni shamol esayotgan tomonga yo‘naltirib turadi. Rotor reduktor va asinxron
generatorni ishga tushiradi. Shamol generatori sekundiga 3-4 metrdan yuqori tezlikda ishlaydi.
Uning maksimal ishlash tezligi sekundiga 25-30 metrni tashkil etadi.
Biomassa energiyasi
Biogaz moslamalarida foydalaniladigan biomassaning 80-90 foizi go‘ngdan - sutchilik
fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo‘shilgan holda tayyorlanadi. Biogaz ishlab
chiqarishda go‘ng yig‘ish uchun, odatda, qoramollarni fermalarda boqish talab etiladi.
2050- yilgacha yer yuzi aholisi 9-mlrd ga yetishi mumkin. Aholi o’sishi bilan bog’liq jarayonda
transportlarning yo’lda tig’izligi, yer osti yo’llarini odamlar bilan to’lishi, avtobuslarning tig’iz
ketishi, ozuqa resurslarining kamayishi kabi parametrlar yuzaga keladi. Aholi zichligi ortadi,
oziqa topish mushkullashadi, infektsion kasalliklar tarqalishi kuchayadi. Tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish talab etiladi.
Foydali kazilmalarga rudali va rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer osti suvlari
kiradi. Foydali qazilmalar insoniyat va uning xo’jaligi, taraqiyoti uchun energiya va ekilgi
manbai bulib, yildan- yilga undan foydalanish ortib bormoqda.
Fan texnikaning rivojlanishi, olimlarni yana hom yangi mineral konlarni kashf qilishga
majbur qilmoqda. Masalan, Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, okean tagidagi metall
konsentrasiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan 2000 yil, nikel
bilan 70 000 yil marganes bilan 14 000 yil ta’minlash mumkin. Bu boyliklardan dunyo sanoati
extiyoj uchun 1% dan 20 % gacha foydalanilmoqda. Bundan tashkari yer osti minerallari
ko’pchilik hollarda 1 yoki 2 metall hisobga qazib olinib qolgan qismi atrof muxitga tashlab
yuboriladi.
Isrofgarchilik ayniksa neft, ko’mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari kora va rangli metallar,
tog’ kimiyoviy hom ashyolarni qazib olishda ko’plab roybermoqda. Dunyoda juda ko’p neft
konlaridan neftning 50-60%i qazib olinib qolgan qisimi olib ketmokda.
Shunday qilib hozirgi kunda yersharining litosferasidan har yili 150 mlrd.t. ruda qazib
olinadi va undan kerakli elementlar ajratib olinib qolgan 95-98% atrof muxitga tashlanadi.
Shamol generatorlari. Shamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasini ishlab
chiqarish uchun foydalanish mumkin. Bu energiya esa, bevosita shamol tezligiga bog‘liq.
Shamol generatorining standart turbinasi quvursimon po‘lat tirgakda joylashgan uch parrakli
rotordan iboratdir. Burilish mexanizmi rotorni shamol esayotgan tomonga yo‘naltirib turadi.
Rotor reduktor va asinxron generatorni ishga tushiradi. Shamol generatori sekundiga 3-4
metrdan yuqori tezlikda ishlaydi. Uning maksimal ishlash tezligi sekundiga 25-30 metrni tashkil
etadi.Shamol generatorlaridan foydalanishning afzalliklari:
1. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg‘i narxlarining o‘zgarishiga bog‘liq
emas.
2. Foydalanish xarajatlari past.
3. Zararli chiqindilar chiqarmaydi.
Shamol generatorlaridan foydalanishning kamchiliklari:
1. Mustaqil ishlashi uchun zahira ta’minot manbai kerak bo‘ladi, ya’ni energiya ishlab
chiqarish shamolning kuchiga bog‘liq.
2. Boshlang‘ich kapital sarflanishi darajasi yuqori.
3. Shovqin chiqarishi va vizual ta’siri katta.
Biomassadan foydalanish. Chorvachilik va oziq-ovqat sanoatining organik chiqindilari
biogaz ishlab chiqarish xom ashyosi hisoblanadi. Biomassani anaerob qayta ishlash paytida
biogaz qurilmasida maishiy iste’molchilar tomonidan tabiiy yoki suyultirilgan neft gazi (LPG)
o‘rniga foydalaniladi yoxud uni issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ishlab
chiqarilgan biogaz tarkibida 60-70 foiz metan (CH4), 30-40 foiz uglerod oksidi (CO2) va 500
ppm (promill) vodorod sulfid (H2S) bor. Biogaz moslamalarida foydalaniladigan biomassaning
80-90 foizi go‘ngdan - sutchilik fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo‘shilgan holda
tayyorlanadi. Qoramollarning bir tonna go‘ngidan 25 m3 , parrandachilik go‘ngidan 190 m3 ,
sanoat chiqindilaridan 130 m3 biogaz ishlab chiqarilishi mumkin. Biogaz ishlab chiqarishda
go‘ng yig‘ish uchun, odatda, qoramollarni fermalarda boqish talab etiladi. Biogaz
moslamalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:
1. Biogaz CO2 ga qaraganda neytral yoqilg‘i hisoblanadi, undan foydalanish esa,
atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan metan gazi miqdorining
ko‘payishini oldini oladi.
2. Achitilgan biomassadan olinadigan o‘g‘itlarning qiymati miqdori boshlang‘ich
xomashyonikidan anchayuqori.
3. Fermerlarga qarashli yerlarda oziqa moddalarini ekologik xavfsiz va iqtisodiy foydali
uslubda, ikkilamchi qayta ishlash - qattiq biomassani biogaz olish uchun achitishning afzalligi
hisoblanadi.
Tabiiy resurslar
Tugaydigan
Tugamaydigan
Tiklanmay-
digan
Tiklanadigan
Iqlim
Yer,
o’simliklar,
hayvonot, bir
necha mineral
hom ashyo
Kosmik
Atmosfera
havosi, shamol
energiyasi
Yer osti
boyliklari
Quyosh
radiatsiyasi,
dengiz oqimi
Foydali kazilmalarga rudali va rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer osti suvlari
kiradi. Foydali qazilmalar insoniyat va uning xo’jaligi, taraqiyoti uchun energiya va ekilgi
manbai bulib, yildan- yilga undan foydalanish ortib bormoqda. Agar so’nggi 25 yil ichida
dunyoda ko’mirga bo’lgan talab 2 marta, temir rudasiga 3 marotaba, neft va gazga bo’lgan talab
6 marotaba, marganes, kaliy, fosfor,tuzlariga talab 2-3 marotaba oshgan bo’lsa shu davrga
aholining ulushi 40% tashkil kildi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd. t. mineral hom ashyo qazib
olinmoqda. Tabiiy kurash oqibatida daryolar orqali dengiz, okeanlariga har yili 15 mlrd. t. tog’
jinslarini oqizib ketmoqda, 3-4 mlrd. t. atmosfera havosiga ko’tarilmoqda. Inson kerakli
qazilmalarni o’zlashtirish oqibatida 1500-2000 mlrd. t. tog’ jinslari bir joydan ikkinchi joyga
joylashtiriladi.
BMT ning ma’lumotiga qaraganda, dunyoda yiliga 32 mlrd. t. ko’mir 2.6 mlrd. t. neft, 6
mlrd. t. temir rudasi, 3.6 mln. t. xrom rudasi, 7.3mln.t. mis rudasi, 3-4mln.t. qo’rg’oshin rudasi,
159 mln. t. tuz, 120 mln. t. fosfotlar, 1.2mln. t. uran, simob, molebdan, nikel, kumush, oltin,
platina rudalari kazib olinmokda.
Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, agar qazilma boyligidan hozirgi
sur’atdan foydalanilsa, oltin 30-35yilda, rux 36: surma -70: kaliy-40: uran-47: mis -66: simob-
70: ko’mir, neft, gaz, 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shu sababli ko’pgina rivojlangan
mamlakatlar: Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va boshka
mamlakatlarda hom ashyo, yer osti boyliklari yetishmasligi oqibatida ikkilamchi chikindilarni
kayta ishlash va boshka mamlakatlarning boyliklaridan foydalanilmoqdalar. Fan texnikaning
rivojlanishi, olimlarni yana hom yangi mineral konlarni kashf qilishga majbur qilmoqda.
Masalan, Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, okean tagidagi metall konsentrasiyalari
hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil
marganes bilan 14 000 yil ta’minlash mumkin. Bu boyliklardan dunyo sanoati extiyoj uchun
1% dan 20 % gacha foydalanilmoqda. Bundan tashkari yer osti minerallari ko’pchilik hollarda
1 yoki 2 metall hisobga qazib olinib qolgan qismi atrof muxitga tashlab yuboriladi.
Masalan, 100t. granitdan 8.alyuminiy, 5t. rux, 0.5 t.titan, 80 kg. marganes, 30 kg. xrom, 17
kg, nikel, 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin.
Isrofgarchilik ayniksa neft, ko’mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari kora va rangli metallar,
tog’ kimiyoviy hom ashyolarni qazib olishda ko’plab ro’y bermoqda. Dunyoda juda ko’p neft
konlaridan neftning 50-60%i qazib olinib qolgan qisimi olib ketmokda.
Shunday qilib hozirgi kunda yer sharining litosferasidan har yili 150 mlrd.t. ruda qazib
olinadi va undan kerakli elementlar ajratib olinib qolgan 95-98% atrof muxitga tashlanadi.
Qazilma boyliklarni qidirib topish, qayta ishlash va tashish jarayonida yer yuzasi
strukturasi buziladi xosildor maydonlar qiskaradi, o’simliklar nobud bo’ladi, tuproq eroziyasi
tezlashadi, oqibatda yaroqsiz yerlar maydoni oshadi. Shunday qilib yerlar hozir dunyoda 10
mln. gektarni tashkil qilsa, 2 000 yilga borib 5-6 barobar oshadi. Masalan, 1 t. temir olish
uchun 5-6 t. ruda, 1 t. qo’rgoshin olish uchun 60-90 t, 1 t. rux olish uchun 80-100 t. 1 tn. mis
olish uchun 100-140 t, 1 t. mis olish uchun esa 60 000-80000 t. ruda ishlatiladi. hozir yer
yuzasida millionlab tonna metallurgiya shakllari, issiklik elektr stansiyalaridan chiqqan ko’plab
tog’ uyumlarini tashkil qilgan. Hisoblarga ko’ra so’nggi 100 yil ichida dunyoda 20 mlrd.t. dan
ortiq shpak, 3mlrd.t. kul, 17 mln. t. mish’yak, 1 mln. t. nikel, 1 mln. t. kobot va boshqa
foydali elementlar chikarib tashlangan. Zarafshon shaxridagi Muruntov oltin konidan qazib
olinayotgan chigitdan qazib olinayotgan chigitlar tashlanadigan maydoncha 5 200 ga maydonni
tashkil qilib, hozirgi kunda bu maydon to’lib bitgan. Ikkinchisini maydoni 6 200 ga ni tashkil
qiladi. Chiqindining tarkibida natriy seonidi 150 mg/l, temir birikmasi 9 mg/l, mis 5.5 nikel-
17 :: kobot-0. 25 sink-0.5: molebdan-17: mish’yak-2.5: alyuminiy-25: qo’rgoshin 3mg/l tashkil
qiladi.
O’zbekiston zaminida mavjud bo’lgan boyliklarda ega davlatlar jahon haritasida ko’p
emas. Bu boyliklarning kuchiligi ham ishga solinmagan. Bu esa butun dunyoga mashhur chet el
komponentlari va banklarining e’tiborini jalb etishi aniq.
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan faxrlanadi. Bu yerda mashhur Mendeleev davriy
sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali
qazilma zaxiralari va madan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100ga yaqin
mineral-hom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb
etilgan. 900dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlr. AQSH
dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral hom-ashyo potensial 3,3 trilion AQSH
dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak. G’oyat muhim strategik manbalar-
neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155ta istiqbolli kon, qimmat baho metallar bo’yicha-
40dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar bo’yicha – 40, kon chilik-kimyo hom ashyosi
bo’yicha 15ta kon qidirib topilgan. Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u
bilan bog’liq holda qimmat baho, rangli va nodir metallar, barcha turdagi yonilg’i zaxiralari –
neft va gaz kondensati, tabiiy gaz, ko’pgina mineral-hom ashyo va qurilish materiallari
xillarining g’oyat boy konlarini o’zlashtirish respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash
imkonini bermoqda.
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlr. Dollarlik miqdorda foydali qazilmalar
olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 mlr. Dollarlik yangi zaxiralar qo’shilmokda. Bir qator foydali
qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kalshe tuzlari, fosforitlar, kaolinlar
bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDXdagina emas,
balki butun dunyoda ham yetakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo’yicha
respublika dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish buyicha 4-o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-11
o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8-o’rinda turadi.
O’zbekiston noyob yonilg’i – energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2
trilion m
3
ga yaqin, ko’mir – 2 mlr. tonnadan ortiq. 160dan ortiq neft koni mavjud. Neft, gaz va
kondensat zaxiralari o’z extiyojlarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, shu bilan birga energiya
manbaalarini eksport qilish imkonini ham beradi. Hozir kapital mablag sarflashning eng foydali
soxalaridan biri bo’lib qoldi. Mutaxasislar baxolashiga, O’zbekistonning yer ostiga juda katta
neft va gaz qatlamlari bor. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxandaryo, Fargona mintaqalaridir.
Neft va gaz resurslarining zaxiralari bir trilion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda.
O’zbekistonda ko’mir Angren, Shargun va Baysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning
umumiy zaxirasi – 2 mlr. tonna. Ko’mir bilan birga juda qimmat baho mineral-hom ashyo
zaxiralari: kaolinlar, ohaktoshlar, kvars quzimlar, tosh qotishmalar va kam uchraydigan boshqa
elementlar ham qazib olinmoqda. Ular hozirgi ishlab chiqarishlarning ko’pgina turlarini
rivojlantirish uchun kuchli xam ashyo bazasi bo’lib hizmat qiladi. O’zbekiston dunyodagi juda
katta oltin, kumush va boshqa qimmat baho hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar
zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar jumlasiga kiradi.
Navoi azot kombinati o’zining zaxarli chigitlarini (570000m.) 50 ga maydonga ega
bo’lgan xavzalariga oqizmokda.
Uning asosini polimerlar 25% rodonitlar-10%, qattiq aralashmalar tashkil qiladi. Tarikbida
seonit -50 mg/l, ammiak-150, sul’fat tuzlari 15000, mis-2500mg/l tashkil qiladi.
Navoiy elektrokimyo zavodining chiqindisi 7 mln. 800 000 m. kubni tashkil qilib 125
ga maydonni egallab turibdi. Tarkibi o’ta murakkab organik birikmalardan iborat. Atrof muxitni
toza saqlash maqsadida va tabiiy yoqilgi resurslarini tejash borasida so’nggi yillarda vodoroddan
foydalanish muammosi yuzaga keldi. Uning afzalligi shundaki, birinchidan zapasi
cheklanmagan sanoat miqyosida ishlab chiqarish tobora oshib bormoqda. Ikkinchidan u
universal yoqilg’i hisoblanib elektr ishlab chiqarishda, avtotranstport, aviatsiya, dengiz
transportida suyuk, gaz holida ishlatish mumkin. Keyingi paytlarda bioenergetikaga ham katta
e’tibor berilmoqda. Bioenergetikada chorvachilik, parrandachilik, cho’chqachilik
korxonalaridan chiqayotgan go’ng, axlatxona mikroorganizmlar, bakteriyalar, chuvalchanglar
yordamida chiritilib tabiiy gaz va biogumus olinadi.
1 tonna quruq bo’lgan go’ngdan 400-6 m.kub biogaz ajratib olish mumkin.
O’zbekistonda har yili 19mln. t. go’ng vujudga keladi. 1 tonna quruq barg, o’simlik
qoldiqlari 300-500 m. kub. biogaz beradi.
50-100 kg biogumus hosil bo’ladi.
O’zbekiston zaminida 94 dan ortiq mineral hom ashyolarining 850 konlari qidirib topilib
ishga tushirilgan. Qidirib aniqlangan yoqilgi energetika, tog’ rudalari va kimyo hom ashyolari,
qurilish ashyolari, yer osti ichimlik suv konlarida 370 ta neft-gaz va 290 ta yer osti suv
konlaridan foydalanilmoqda. Birgina kuy dumaloq gaz konlarining sanoat ahamiyatiga ega
bo’lgan zaxirasiz 143.7 mlrd/m kub. Neft 54.2 mln/tn. kondenit-67.4 mln.tn.
Respublikaning umumiy uglevodorod hom ashyo zaxirasi quyidagicha:-gaz-1828mlrd/m.
kub. (taxminiy xisoblar-2970 mlrd/m.kub)- kondensat-136mln/t. (taxminiy xisob-175 mln.tn.) -
neft 103mln. t. (taxminiy xisob-435 mln.t) Respublikamizning 20 dan ortik maskanlarida
toshko’mir zaxiralari yuzasidan biologik qidiruv ishlari o’tqazilgan va uning zaxirasi 3500
mln. t. deb taxmin qilinmoqda. Bu konlarning katta zaxirasi Angren, Shartun, Boysunda
joylashgan.
Angren toshko’mir konining zaxirasi 1885 mln. t. bo’lib, har yili 5 mln. t. qazib
olinmoqda. Ochiq holda qazib olish 10 mln. t. ga teng yetkazish tadbir choralari ko’rilmoqda.
Shortun, Boysun konlarining zaxirasi 60 mln. t. deb baholanadi. Fargona vodiysida topilgan qora
ko’mir zaxirasi esa 30-35mln. t. deb taxmin qilinmoqda. Mamlakatimizda 32 tur rangli
metallarning 33 ta koni ishga tushirilib 16ta tog’ mutallurgiya korxonalari faoliyat kursatmoqda.
27 ta oltin zaxiralari mavjud konlardan 16 tasida qidiruv ishlari olib borilib 7 tasi ishlatilmoqda.
Respublikamizda fosforidlarning zaxirasi 100 mln. t. deb baholanmoqda. Fosfor o’g’itlari
ishlab chiqaruvchi zavodlar Qozog’istondan keltirilayotgan hom ashyo hisobiga ishlamoqda. 5
dan ortiq volfram konlarida qidiruv ishlari o’tqazilib, shundan 2tasi foydalanilmoqda.
Respublika xududida 32 ta mineral shifobaxsh suv konlari aniqlangan bo’lib shundan12
tasida shifoxonalar, kurortlar tashkil qilingan va 9 ta zavodda qadoklanmoqda.
Yer osti boyliklarini qazib olishda juda katta nobudgarchilikka yo’l quyilmoqda. Shortun
ko’mir konidan olinayotgan hom ashyoning 25% muhitga tog’ jinslari bilan chiqib ketadi. Qattiq
chiqitlar 100 mln. t. bo’lib, shundan 60 mln. t. si fosforgips, suyuk chiqindilar, 10 mln. m. kub.
Bu chiqindilar bir necha o’n ming ga maydonni tashkil qiladi. Har yili birgina Angren ko’mir
konidan 6 mln. t. kaolin ham qazib olinadi, shuning 10-15% ishlab chiqarishga yuborilib,
qolgan qismi tog’ jinslari bilan qo’shilib chiqarib tashlanmoqda.
Shifobaxsh yer osti mineral suvlarining isrofgarchiligi xanuzgacha yuqoriligicha
qolmoqda. 27 ta shifo maskanlarida shifobaxsh mineral suvlaridan foydalaniladi. Shifobaxsh
suvlarni isrofgarchiligi (shifoxonalarda) 50%ni tashkil qiladi, o’zi oqar quduqlarda esa 30% dan
yuqoridir.
Shunday qilib, Respublikamizda tabiiy boyliklarni qo’riqlash tejab tergash, unumli
foydalanish isrofgarchilikka chek qo’yish, hamda chiqimsiz texnologiyaga o’tish konsepsiyasi
to’liqligicha ishlab chiqilganicha yo’q.
Dostları ilə paylaş: |