40
voqeani bosh gapda ifodalagan denotativ voqea ichiga olib kiradi. Ta’kidlash
kerakki, aniqlovchi bo‘lagining gapning konstruktiv bo‘lagi bo‘la
olmagani uchun
ham bosh gapning mazmuni sifatidagi denotativ voqea hozirgacha ko‘rib o‘tilgan
ergash gapli qo‘shma gaplardagidan farqli o‘laroq chala bo‘lmaydi. Denotativ
voqealarning o‘zaro zich aloqasini ta’minlaydigan mazmuniy jihatlardan yana biri
munosabatga kirishayotgan denotativ voqealar muayyan tarkibiy-uzvlarga ko‘ra
umumiylikka ega bo‘ladi, bu aksar hollarda shaklan ham ifodalanadi. Mazkur
qo‘shma gapda
bosh gapdagi voqea subyekti, ya’ni ega aniqlanmoqda, ergash
gapda ifodalangan denotativ voqeaning subyekti ham bosh gapdagi subyektning
aynan o‘zi
so‘zlar va
ular so‘zlari orqali ifodalangan va
tegishli gaplarning egasi
sifatida kelgan. Demak, bosh gapdagi havola bo‘lakdan iborat aniqlovchiga ega
bo‘lgan so‘z ergash gapda mazmunan u yoki bu tarzda takrorlanishi mumkin.
Havola bo‘lakdan iborat aniqlovchi bosh gapning ot kesimini aniqlab
kelishi ham mumkin. Bunda bosh gapdagi denotativ voqeaning subyekti bir
narsadan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan,
Sevgi shunday navbahorki, u tikandan
gul qilur (Erkin Vohidov) gapida bosh gapning kesimi (navbahor)
shunday havola
bo‘lagi bilan aniqlangan. Navbahor so‘zining ham, u olmoshining ham ayni
matndagi denotati bitta narsa ikki denotativ voqea tarkibiga ikki xil uzv sifatida –
predikat va subyekt sifatida kirgan. Bu umumiylik mazkur qo‘shma gapdagi
mazmuniy munosabatni ta’min etgan. Ammo bu ya’ni
bosh gapdagi predikatning
ergash gapdagi subyekt bilan denotativ bir xillikka ega bo‘lishi mumkin. Ergash
gapdagi bosh gap predikati bilan denotativ bir xil bo‘lgan bo‘lak tushib qolishi
ham mumkin. Bunda mazmuniy munosabatda o‘zgarish bo‘lmaydi. Misollar:
Uning xo‘jaligi bir maktabki, unda mana man degan xo‘jalik rahbarlari o‘qisa
arziydi (Said Ahmad).
U shunday ibliski, boylikka xirs qo‘ygan har qanday
odamni yo‘ldan ozdiradi (O. Yusupov)
Qisqasi, bir havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda
mazmuniy – funksional va mazmuniy – sintaktik muvofiqlik mavjud bo‘ladi,
ulardagi mazmun ikki (yoki undan ortiq) denotativ voqea o‘rtasidagi
munosabatdan iborat. Bu munosabatning yuzaga
kelishida voqealar uzvlari
41
o‘rtasidagi denotativ umumiylik muhim rol o‘ynaydi. Bosh gapda havola bo‘lak
qaysi bo‘lakni aniqlasa, shu bo‘lakning denotati ergash gapda ham muayyan
bo‘lakning denotati sifatida mavjud bo‘ladi. Bunday gaplardagi shakliy bog’lovchi
vosita
–ki uzvidir.
Dostları ilə paylaş: