Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix06.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#60821
1   2   3   4   5   6
badiiy-asar-matni-tahlili-orqali-oquvchilarning-nutqini-ostirish

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-322-326 
Academic Research, Uzbekistan 324 www.ares.uz 
Boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning asarning g’oyaviy asoslari va 
mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig’i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini 
tushunishlarini, bog’lanishli nutqining o’sishi (lug’atining boyishi va faollashishi)ni, 
tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy jozibasini va asar mazmunini ongli 
idrok etishlarini ta’minlash, muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay
o`quvchini muallif hayajonlangan voqeadan hayajonga solish asar tahlilida amal 
qiladigan muhim metodik qoidalar sanaladi. 
O’quvchilarning nutqini o’stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy 
tushunchalarni shakllantirish ham muhim o’rin tutadi. O’quvchilar adabiy 
tushunchalarni o’rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning 
hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. 
Boshlang’ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, o’xshatish, 
jonlantirish, mubolag’a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, she’r, doston, 
maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi. 
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o’quvchilarda o’z ona tiliga muhabbat hissi, 
badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi o’stiriladi, asar g’oyasini chuqur idrok etishga 
zamin hozirlanadi, o’quvchilar nutqi rivojlantiriladi. 
Qudrat Hikmatning «Ayamajiz» (3-sinf «O’qish kitobi») she’rida “Bo`ralar 
qor kapalak”, “Bog`lar sokin mizg`ishar Misoli oq kapalak”, “Muz oynalar sovuq 
yeb” misralarida o`xshatish, jonlantirish; “Saxiy ona tabiat”, “quchog`ida havo sof” 
misralarida metafora, “Ayamajiz izg`iydi, Ko`chalarda tutoqib, Shox-shabbani 
tortqilar, Yalmog`izdek yutoqib” kabi misralarda o’xshatish, jonlantirishlar 
qo`llangan.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin