197
Ijtimoiy-psixologik jihat. Logistik boshqaruv qarorlarini shakllantirishda
odatda “inson omili” deb ataluvchi omilni hisobga olish zarur. Bunga ishlab
chiqarish, sotish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarni undovchi sabablarining
psixologik tomoni kiradi.
Ushbu vaziyatda shu jarayonning umid qilsa bo‘ladigan ishtirokchisining
hulqi tashkiliy-texnologik tuzilma va insonning undagi roli,
hamda ijtimoiy-
psixologik jihatlar bilan belgilanadi. Inson ushbu masalada ham bir qator rasmiy
belgilangan rollarni va ham norasmiy munosabatlarning vujudga kelgan tizimida
ba’zi bir rollarni o‘ynashi mumkin. Inson tomonidan ikkala turdagi o‘z rollarini
muvoffaqiyatli bajarilishi u yoki bu rolning o‘ziga xosligini qanchalik tushunishi,
bu o‘ziga xoslik u tomonidan qanchalik qabul qilinishi va o‘zlashtirilishiga
bog‘liq.
Axborotlilik mehnat faoliyatining eng muhim rag‘batlaridan biri bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Rag‘barning faoliyati axborotlarni uzatish harakatlarining
zanjirijdan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda u odamlar, bo‘linmalar va
korxonalar o‘rtasidagi aloqa harakatlarida ishtirok etadi va ularni tashkil qiladi.
Rahbarning “yuqoridan pastga” uzatayotgan axborotlari
nafaqat ishlab chiqarish
zarurati bilan belgilanadi, balki yana mehnat uning axborotliligini oshirish yo‘li
bilan undaligi xizmat qilishi mumkin. Xuddi shunday “pastdan yuqoriga” kelib
tushuvchi axborotlar ham ikki vazifani bajarishlari mumkin. Rahbarlar uning
yordamida o‘zlari berayotgan farmoyishlariga tuzatishlar kiritish uchun ishlab
chiqarish jarayoni haqidagi teskari aloqani olishlari mumkin. Bundan tashqari,
ushbu axborotlarda rahbar qarorlarini ijro etishga nisbatan munosabat aks
ettiriladi.
Ko‘pincha qaror ko‘proq yoki kamroq
uzaqroq istiqbolga hisoblab
chiqilganda, ularning samaradorligi haqida faqat bevosita erishilgan ishlab
chiqarish natijalari bo‘yicha xulosa chiqarish yetarli emas. Bu erda yana bu
qarorlarning ishlab chiqarish-sotish jarayoni ishtirokchilarining ongiga ta’siri va
olingan axborotlardan ularni qanoatlanganligi darajasi ham muhimdir.
Logistik boshqaruvning texnologik-tashkiliy jihatlari moddiy axborot va
moliyaviy oqimlarni tashkil qilishdan iborat bo‘ladi. Moddiy oqimlarni boshqarish
ularning intensivligi va yo‘nalishlarini qabul qilingan logistik qarorlarga ko‘ra
o‘zgarishidan iboratdi. Bu boshqaruv ham bevosita va ham bilvosita amalga
oshirilishi mumkin.
Bevosita boshqaruv ma’muriy boshqaruv yordamida amalga oshiriladi.
Bilvosita boshqaruv moliyaviy oqimlarga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga
oshiriladi, ularning o‘zgarishlari oddiy oqimlarda tegishli o‘zgarishlarni keltirib
chiqaradilar.
Ma’muriy boshqaruv farmoishi boshqaruvdan iborat bo‘ladi.
Logistik
tizimlar holida bu shuni bildiradiki, yuqori rahbarlar moddiy oqimlarning yetkazib
beruvchilar va foizlardan ishlab chiqarish tizimining kirish omborlariga
xarakatining hajmlari intensivligi va yo‘nalishini, tarkibiy qismlarning ishlab
198
chiqarish jarayonidagi harakatini hamda moddiy oqimlarning taqsimlash
sohasidagi
chiqaruvchi
ishlab
chiqarish omborlaridan istemolchilarning
o‘zlarigacha xarakatlarining intensivligi va yo‘nalishini belgilab beradilar.
Ko‘ramizki,
bu
yiriklashtirilgan
ishlab
chiqarish
zanjirining
barcha
ishtirokchilarilogichtik boshqaruvni amalga oshiruvchi shaxsga bo‘ysunadilar.
Shuning uchun ularning barchasiga nisbatan ma’muriy boshqarish usullari
qo‘llanishi mumkin, buni bundan keyin batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Logistik
tamoyillariga ko‘ra qaror qabul qiluvchi shaxsga bo‘ysunuvchilar
uchun
ma’muriy ta’sir ierarxiya tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday
ta’sirning shakllari har xil bo‘lishlari mumkin, ammo quyidagi asosiy turlardan
iborat bo‘ladilar: buyruq, farmoyish, yo‘riqnoma, qoidalar, me’yorlar.
Boshqaruvning tashkiliy-huquqiy usullari huquqiy boshqaruv va boshqa
usullar bilan o‘zaro hamkorlikda qo‘llaniladigan ta’sirning qo‘shimcha choralari
bo‘ladilar. Bu usullar boshqaruv tizilmasini tashkil qilish, hodilarni tanlash,
o‘qitish, qayta tayyorlash va joy joyiga qo‘yish, ijro nazarotini
tashkil qilish va
amalga oshirishni o‘z ichiga oladilar.
Mas’ul ijrochilar va ixtisoslashgan bo‘linmalar yoki konrtagent firmalar
logistik tamoillariga rahbarlik qiluvchi shaxslarning ma’muriy bo‘sunishida
bo‘lmagan hollarda, ular tomonidan boshqaruv moliyaviy oqimlar orqali yana
mulkchilikning har xil shakllaridagi tizilmalarning o‘zaro hamkorligi ham amalga
oshiriladi.
Moliyalarning harakati ularning aylanish tezligi, vaqtning qandaydir oralig‘i
uchun summalarning integral (jamlangan) oqimi, harakatning teng emasligi, hamda
talab qilingan summalarni kelishilgan muddatlarda kelib tushishidagi kechga
qolishlar bilan belgilanadi. Moliyaviy oqimlarning bu parametrlaridagi o‘zgarishlar
ishlab chiqarish-sotish jarayonining borishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
moliyaviy oqimning tezligi va intensivligini jami ishlab chiqarish davrini uzunligini
kamayishiga va zahiralarning talab qilinayotgan darajasini qisqarishiga olib kelishi
mumkin. Va, aksincha ishlab chiqarish davri uzunligini yoki zahiralarning haqiqiy
darajasini qisqarishi moliyaviy oqimning quvvati (tezligi va intensivligini)
huddi
shunday ko‘payishini talab qiladi.
Moliyaviy oqimlarni tartibga solish moliyalash manbalari va mablag‘larni
qayerga va qanday kiritishni belgilashdan iborat bo‘ladi.
Yo shahaniy, yoki qarzga olingan mablag‘lar moliyalashtirishning manbalari
bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: