192
Texnologika jarayonning variantlarini baholash va tanlash uchun silliqlash
kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasida texnologik ekspertizalarning mavjud
amaliyotida quyidagilar taqdim etiladi:
-
foydalanayotgan uskunalarga nisbatan ko‘rsatkichlar (uskunalar
birliklarining soni, ularning avtomatlashtirilganligi va ixtisoslanganligi darajasi,
yoshli tuzilishi, foydalanish koeffitsienti);
-
hodimlarga nisbatan ko‘rsatkichlar (umumiy soni, oliy va o‘rta maxsus
ma’lumotga
ega hodimlar, yuqori malakali ishchilar, maxsus qayta tayyorlashdan
o‘tganlar va boshqalarning ulushi);
-
jarayonning yangiligi darajasiga tegishli ko‘rsatkichlar (“nau-xau”
ning barcha turlarining umuiy hajmi, bitta ishlovchi va ishlab chiqarish fondlari
qiymatining birligiga “nau-xau”ning salmog‘i, komputerlashtirish va marketing
boshqaruv, injenerlik tayyorgarlik va ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha
ishlar qiymati ulushi);
-
mahsulot sifatiga tegishli ko‘rsatkichlar (ITI va TKIga xarajatlari
ulushi, jahon standartlarini qnoatlantiruvchi mahsulotlarning ulushi, importning
ulushi,
poligonlar va laboratoriya bazalarining
jihozlanganligi darajasi,
mahsulotlarning yoshli tuzilishi);
-
energiyani iste’mol qilishga nisbatan ko‘rsatkichlar, uskuna birligiga
ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga, energiyaning alohida turlari bo‘yicha
energiyani sarflanishi, texnologik zaruriyatlarga energiya xarajatlarining ulushi,
umumiy energiyani iste’mol qilish).
Agar bunday turdagi ko‘rsatkichlar taqdim qilingandan va ular ekspertlar
guruhi tomonidan silliqlangandan keyin konkordatsiyalash koeffitsiyentining
qoniqarli hisoblash miqdori (0 dan ancha katta, ammo 1 dan ancha kichik) olinsa,
unda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Ushba masala bo‘yicha ekspertlar fikrlarining
katta qismini mos kelishini
tasodifiy deb bo‘lmaydi, ya’ni ekspertlar guruhi to‘g‘ri shakllangan va ularning
fikricha ishonish mumkin.
2. Ekspertlarning fikriga ko‘ra ko‘rsatkichlarning taklif qilinayotgan
majmuasi texnologik jarayonni tanlash uchun to‘liq va ancha muhim bo‘ladi.
Ekspert guruhlari shakllangan, teshirilgan va tasdiqlangandan keyin ularni
haqiqiy ishlab chiqarish sotish tizimida vujudga kelgan vaziyatni baholash
bo‘yicha jalb qilish mumkin. Bu yerda tahlil qilinayotgan vaziyat uchun xos
ekspertga taklif qilish mmkin. Quyidagi usullar ma’lum va qo‘llaniladigan bevosita
baholash, shu jumladan ballar bo‘yicha
juftga taqqoslash, izchil taqqoslash,
silliqlash.
Keyin ekspert guruhiga kiruvchi ekspertlarning fikrlarini aniqlash va
ro‘yxatga olish tadbirlari belgilanadi. U yoki bu aniq holda bunday turdagi
quyidagi tadbirlar ma’lum va ulardan foydalanish mumkin: bir bosqichli anketa
so‘rovini o‘tkazish, ko‘p bosqichli anketa so‘rovini o‘tkazish, teskari aloqaga
ega anketa so‘rovini o‘tkazish, munozaralarni o‘tkazish.
193
Shundan keyin ekspertlar tomonidan baholanayotgan vaziyatning mohiyati
bo‘yicha o‘z fikrlarini aks ettirish natijalarini ishlab
chiqarish usulini belgilash
kerak. Bunday vaziyatlar uchun matematik statistikada qabul qilingan tasodifiy
miqdorlarni ishlab chiqarishning mlanhur usullaridan foydalaniladi. Statistik ishlab
chiqarish natijasida olingan baholar miqdorlarini farqlanishida qaror odatda “ovoz
berish” bilan qabul qilinadi. Ammo shuni esda tutish kerakki, ko‘pchilik hamma
vaqt ham haq emas. Shuning uchun bunday “ovoz berish” asosida olingan
xulosalar albatta sog‘lom fikrga mos kelishi kerak. Umuman vaziyatni
baholashning tavsiya qilinayotgan ekspert usullari “Delfi” usuli nomi ostidagi
ekspert baholari sifatiga kiradi. Bunday turdagi usullarning mohiyati har xil
sohalardan ekspert guruhiga taklif qilingan mutaxassislar fikrlarini ko‘p martalar
izchil ravishda anketa so‘rovini o‘tkazishdan ibortdir.
Har bir anketada oldingi
anketada bo‘lgan axborotlar aks ettiriladi. Dars bo‘yicha bir necha kirishlar
bo‘lishi mumkin.
Logistikada ekspert usullari uchun ishlab chiqarilgan – sotish tizimining u
yoki bu tarkibiy qismlaridagi joriy vaziyatni baholashga qaraganda qo‘llashning
ancha kengroq maydonlari mavjud. Gap boshqaruv qarorlarini qabul qilishning
evristik strategiyalarini shakllantirish ekspert usullari, ya’ni bunday qarorlarni
ishlab chiqishning evristik qoidalari haqida ketayapti.
Boshqaruv qarorining qabul qiluvchi odam yoki shaxslari bu qarorni
qandaydir asoslangan mulohozalar asosida qabul qila olishlari uchun dastlabki va
bashorat qilinayotgan vaziyatni his etish va tahlil qilish mumin bo‘lgan ba’zi bir
ko‘rsatkichlar majmuasi asosida taqdim etish zarur (vaziyatni
omilli tasavvur
etish).
Yutishning
ehtimoli,
yutushning
miqdori,
yutqazishning
ehtimoli,
yutqazishning miqdori, hamda xatarning kattaligini huddi shunday omillar deb
hisoblash qabul qilingan. Bu aytib o‘tilgan omillarni qanday baholash – bu
ekspert guruhlari uchun savol bo‘ladi.
Vaziyat omillari bilan turlicha ish olib borish mumkin. Suunga ko‘ra tashqi
va ichki evristik strategiyalar ajratiladi.
Ichki evristik strategiya har bir vaziyatni omillar intensivligi miqdorlarini
yagona bir yo‘l bilan tahlil qilish kabi ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ladi, ular bu
omillarni ushbu aniq vaziyatdan oladilar. Ichki evristik strategiya ikkita variantda
amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: