186
spekrtli qalinliklar bilan cheklangan geometrik figuralardan iborat bo‘ladi. Bu
tarkibiy qismlarni navlarga ajratish trendning matematik ifodalanishini beradi.
Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Regression modellar” usuli. Logistik ko‘rsatkichlar, masalan talabni
regressiv modelning bir necha o‘zgaruvchanlari bilan bog‘lashga asoslangan.
Omillarni modelga tanlab olish statistikaning ma’lum
usullari bilan amalga
oshiriladi. Regressiv tahlil dasturlari EHM ning standart matematik ta’minlanishiga
kiradi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Ekonometrik modellar” usuli. Ekonometrik model – bu tayyor
mahsulotni sotish sohasidagi iqtisodiy faollikning
belgilangan sektorini bayon
qiluvchi mustaqil regressiv tenglamalar tizimidir. Regressiv tenglamalarning
parametrlari odatda yyetarlicha tez baholanadi. Qoidaga ko‘ra,
bu modellar
istiqbolda nisbatan mustaqildirlar. Ammo majmuada ular baholanayotgan
ko‘rsatkichning tendensiyasini yakka regressiv modellar
va trendlar bashoratiga
qaraganda yaxshiroq aks ettiradilar. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa
muddatli bo‘ladi.
“Tijorat takliflari asosida bashoratlash” usuli.
Bu bozorlar
belgilangan mahsulotni xarid qilish istaklari haqidagi tijorat axborotlari va
ommoviy axborot vositalaridagi sotish haqidagi takliflarni tahlil qilish yo‘li
bilan
amalga oshiriladi. Sotishlar haqidagi respektiv axborotlar asosida mo‘ljallangan
talabning o‘sishining o‘rtacha indekslari hisoblab chiqiladi. Odatda tahliliy
modellar qo‘shiladi va ularga tuzatishlar kiritiladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha
muddatli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: