Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-chizma. Ishlab chiqarish, sotish tizimi bo‘linmalarini to‘liqlikning har xil



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

37-chizma. Ishlab chiqarish, sotish tizimi bo‘linmalarini to‘liqlikning har xil
darajasidagi logistik tizimchalar bilan qamrab olinishi 
Tarkibiy qismlarni qamrab olish to‘liqligining birinchi darajali logistik 
tizimlari uchun jo‘natishga tayyor mahsulotlarni omborga joylashtirish, ularni 
iste’molchilarga tashishni tashkil qilish vazifalarini bajarish xosdir. Bunday logistik 
tizim chiqishda iste’molchilar talabnomalaridagi kundalik cho‘qqilar va 
o‘zgarishlar ta’minlanadi. 
Tarkibiy qismlarni qamrab olish to‘liqligining ikkinchi darajali logistik 
tizimlari uchun ular huquq doiralarini shaxsiy ishlab chiqarishlarini chiqishlargacha 
tarqalishi xosdir.Bunday tizimlar to‘liqlikning birinchi darajasiga xos bo‘lgan 
jo‘natishga tayyor mahsulotlarni iste’molchilar va omborlarga tashish bilan bir 
qatorda yana tayyor mahsulotlarning korxona ichidagi omborlarini ham qamrab 
oladilar. Bunday tizimlarning vazifalariga buyurtmalarni ishlab chiqish, 
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, tayyor mahsulotlarni korxonada saqlash va 
tayyor mahsulotlarning korxona ichidagi zahiralarini boshqarish ham kiradi.


182 
Tarkibiy qismlarni qamrab olish to‘liqligining uchinchi darajasidagi logistik 
tiizmlar uchun ularning huquq doiralarini qo‘shimcha kirish omborlari, dastlabki 
materiallarni yetkazib berish tizimi, harid qilishlar va ta’minlash sohasi hamda 
materiallarni ishlab chiqarish jarayoni vaqtida harakatlanishga ham yoyiladi. Bu 
kengaytirilgan huquq doirasiga muvofiq oldingi ko‘rib chiqilganga qo‘shimcha 
sifatida, bunday tizimlar xom-ashyo va butlovchilarni harid qilish, xom-ashyo va 
butlovchilarni yyetkazib berishni boshqarish, xom-ashyo va butlovchilar 
zahiralarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarish darajasini boshqarish vazifalarini 
bajaradilar. Bunday darajadagi logistik tizimning ishi odatda amaldagi yillik rejadan 
foydalanish bilan amalga oshiriladi. Uchinchi darajadagi tizimlarni logistik 
boshqarish oldindan bo‘ladigan ta’sirlarni silliqlashdan iborat bo‘ladi, ichki 
sharoitdan kelib chiqib chetga chiqishlarga javob qaytarish bilan cheklanib 
qolmaydi. 
Tarkibiy qismlarni qamrab olish to‘liqligining to‘rtinchi darajasi logistik 
tizimlari o‘z huquq doiralarini ishlab chiqarish, sotish jarayoning barcha 
elementlari va bosqichlariga, shu jumladan shaxsiy ishlab chiqarishni rejalashtirish 
va boshqarishgacha tarqatadi. Bu marketing tadqiqotlari natijalarini rejalashtirish, 
ishlab chiqarish, ta’minot va moliya operatsiyalari bilan bog‘lashga imkon beradi. 
Bunday logistik boshqaruv integratsiyalash tamiyilidan foydalanadi va iqtisodiy 
murosaning oldin eslatib o‘tilgan g‘oyalariga asoslanadi. Bunday darajadagi 
logistik tizimning ishi odatda uzoq muddatli rejalardan foydalanish bilan amalga 
oshiriladi. 
Ishlab chiqarish, sotish tizim bo‘linmalarini qamrab olish to‘liqligining har 
xil darajadagi logistik tizimlar bilan qamrab olish mavjud. 
Aniq ishlab chiqarish, sotish tizimiga logistik boshqaruvni tadbiq etishning 
maqsadga muvofiqligi har biri alohida holda maxsus ko‘rib chiqishni talab qiladi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin