“Fikrlarni bashoratlash” usuli. Bu usulda firma xodimlarining
bo‘ladigan tendensiya haqidagi, hamda ba’zida kelajakdagi alohida xizmatlar,
jarayonlar tendensiyalari haqidagi fikrlari va tasavvurlaridan foydalaniladi.
Umumiy holda usul qat’iy ilmiy bo‘lmaydi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va
uzoq muddatli bo‘ladi.
“Tarixiy o‘xshashlik” usuli. Bozorga yangi tovarni qo‘yish va sotishlar
hajmini o‘sishini o‘tmishdagi xuddi shunday bir-birini o‘rnini almashtiruvchi
tovarlarni bashoratlashga asoslangan solishtirma tahlil qilish usuli. Bashoratlash
davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
“Sirg‘aulchan o‘rtacha” usuli. Dastlabki dinamik qatordagi har bir nuqta
mavsumiylik va ma’lumotlarni muntazam emasligi ta’sirini bartaraf etish uchun
arifmetik o‘rtachalash yo‘li bilan bir necha nuqtalar yig‘indisi bilan silliqlantiriladi.
Bashoratlash davri – qisqa muddatli bo‘ladi.
“Eksponensial silliqlash” usuli. Bu usul sirg‘aluvchi o‘rtacha usuliga
o‘xshash, ammo o‘rtachalashtirish dinamik qatorning dastlabki ma’lumotlari
tomonidan berilgan belgilangan og‘irliklar bilan o‘tkaziladi. Har bir keyingi miqdor
oldingidan olinadi. Bashoratlash davri – qisqa muddatli bo‘ladi.
“Boks – Jenkins qatorlaridan foydalanish” usuli. Usul statistic
modellar va vaqt qatorlarini ishlab chiqishdan foydalanadi. Bashoratlash davri –
o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Klassik dinamik qatorlar” usuli. Mavsumiy to‘lqin, trend va
nomuntazam tarkibiy qismni dekompozitsiyalash uchun usul. Logistikada 3 dan
12 oygacha davrga bashoratlash uchun eng yaxshi usullardan biri bo‘ladi.
Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Trendning proeksiyasi” usuli. Trend uchun tahliliy formulani qurish va
uni bashorat davrida davom ettirishdan iborat. Bir necha variantlarga ega: oddiy,
nominal, logarifli va boshqalar. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli
bo‘ladi.