Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Birinchi bosqich. Tizimni faoliyat yuritishining maqsadlari belgilanadi va 
shakllantiriladi. 
Ikkinchi bosqich. Tizimni faoliyat yuritishining maqsadlari va tashqi 
muhitning cheklashlari tahlili asosida tizim qanoatlantirishi kerak bo‘lgan talablar 
aniqlanadi. 
Uchinchi bosqich. Ushbu talablar asosida, mo‘ljalga ko‘ra, ba’zi bir 
tizimchalar shakllantiriladi. 
To‘rtinchi bosqich. Tizimni sintez qilishning eng murakkab bosqichi: har 
xil variantlarni tahlil qilish va tizimchalarni tanlash, ularni yagona tizimda tashkil 
qilish, bunda tanlov mezonlaridan foydalaniladi. Logistikada tizimlarni sintez 
qilishning asosiy usullaridan biri – modellashtirishdir. 
Ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarishga an’anaviy va logistik 
yondoshishlar 36-chizma
da ko‘rsatilgan. 


179 
36-chizma. Boshqaruvga yondoshishlar.
a) an’anaviy b) logistik 
Makrodarajadgi logistik boshqaruv uchun alohida korxonalar va firmalar 
logistik zanjirning bo‘g‘inlari bo‘ladilar, mikrodarajada esa bitta korxonaning 
ta’minot xizmatlari, ishlab chiqarish, moliya – sotish bo‘limlari kabi faoliyat 
yurituvchi bo‘linmalari bo‘ladi. 
Logistik boshqaruv ishlab chiqarish, sotish faoliyatiga tizimli yondoshishni 
amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. 
Iqtisodiyotda tizimli yondoshish iqtisodiy tizimni tizimli tahlil nuqtai 
nazaridan butun bir yaxlit sifatida o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy tizim 
ochiq tizim bo‘lgan holda, bir tomondan, umumiy ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi 
sifatida, boshqa tomondan esa – jamiyat iste’moli resurslari tizimining bir qismi 
bo‘ladi. Iqtisodiy tizim maqsadga qaratilgan va tizimi obyektlarning vazifalari, 
ularning xususiyatlari va ular o‘rtasidagi aloqalar bilan belgilanadi. Tizimli 
obyektlar – bu kirish, jarayon, maqsad, chiqish, teskari aloqalar va cheklashlar. 
Iqtisodiy tizimni o‘rganishga tiizmli yondoshish iqtisodiyotning barcha 
kategoriyalari va qonunlarini ularning birliklari va o‘zaro asoslanganliklarida 
o‘rganishni taqazo etadi. Qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligi tizimli 
yondoshishni o‘lchovi bo‘ladi.


180 
Shunday qilib, tizimli yondoshish har bir tizim hatto ayrim, tarqoq 
tiizmchalardan tashkil topgan vaqtda ham integratsiyalangan yaxlit ekanligini 
bildiradi. Tizimli yondoshish o‘rganilayotgan obyektni umumiy maqsad bilan 
birlashtirilgan o‘zaro bog‘liq tizimchalarining majmuasi sifatida ko‘rishga, uning 
intagratsiyalangan xiussiyatlari, ichki va tashqi aloqalarini ochib borishga imkon 
beradi. 
Alohida elementlar (bo‘g‘inlar) ning xususiy maqsadlarini butun tizimning 
yagona maqsadina tahlil qilish asosida qo‘yish va erishishga asoslangan tizimli 
yondoshishni deduktivli deb atash mumkin.
Butun tizim faoliyatining har biri o‘zining xususiy maqsadini ko‘zlovchi 
alohid elementlar faoliyatini birlashtirish natijasi sifatida olinadigan an’anaviy 
yondoshishni indektivli deb atash mumkin.
Boshqaruv logistik tizimlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, 
bunday tizim avval atrof muhit bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish maqsadida tahlil 
qilinishi, keyin esa shakllanayotgan tizim ichidagi o‘zaro aloqani belgilashi kerak.
Boshqaruvning logistik tizimlari, haqiqatdagi har bir tizim kabi 
rivojlanishning har xil bosqichlarida bo‘lishi va ishlab chiqarish hamda sotishning 
har xil tarkibiy Qismlarini qamrab olishning to‘liqligi darajasi bilan farqlanishlari 
mumkin. 
Boshqaruvning logistik tizimlarini qo‘llash uchun rivojlanishning to‘rtta 
darajasi yoki ishlab chiqarish, sotish tizimi tarkib qismlarini qamrab olish 
to‘liqligining to‘rtta darajasi xosdir. 


181 
1 – birinchi daraja 
2 – ikkinchi daraja 
3 – uchinchi daraja 
4 – to‘rtinchi daraja 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin