Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Logistikani savdoda qo‘llashning samaradorligi



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

15.7. Logistikani savdoda qo‘llashning samaradorligi 
Jahon va mamlakat tajribasi shuni ko‘rsatadiki, logistikani qo‘llash 
savdoning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. 
Samarani tarkib topishining asosiy tomonlarini ko‘rib chiqaylik. 
1. Tovar harakati bo‘g‘inlaridagi zahiralarni quyidagilar hisobiga qisqartirish: 
zahiralarni ulgurji va chakana savdolar o‘rtasida qayta taqsimlash va 
zahiralarni ulgurji bo‘g‘inlarda to‘plash; 
zahira holatlarini nazorat qilishning zamonaviy texnologiyasini qo‘llash; 
ishtirokchilarning zahiralarni o‘z vaqtida to‘ldirib borish masalasida yuksak 
darajada muvofiqlashib borishi. 


175 
Joriy zahiralar ham, sug‘urta zahiralari ham qisqarib boradi. 
Joriy zahiralar – qulay o‘lchamdagi to‘plamlarning belgilangan muddatida 
yetkazib berilishi hisobiga amalga oshiriladi. 
Sug‘urta zahiralari – tovarlarning yagona taqsimot omborida to‘planishi 
hisobiga kamaytiriladi. 
Masalan, agar 100 ta do‘konni bitta taqsimot ombori atrofida birlashtirilsa 
va bu yerda sug‘urta zahiralari to‘plansa, u holda kvadrat ildiz qonuniga ko‘ra, 
zahiralarning umumiy hajmi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barqarorlikka zarar 
yetkazmagani holda 10 marta kamayadi. 
2. Ulgurji va chakana savdo korxonalarining maydonlari va hajmidan yuqori 
darajada foydalanish. Masalan, tovar o‘tkazish bo‘g‘inlarining logistik qulayligi 
do‘konlar maydonlarining tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirib, savdo 
maydonchalari hisobiga ko‘paytiradi. Bularga ushbu hisoblarga ko‘ra erishiladi: 
umumiy zahiralar miqdorining keskin qisqartirilishi va ularning kattagina 
qismi do‘konlardan ulgurji bo‘g‘inlarga ko‘chirish hisobiga;
tayyorlov jarayonlarining bir qismini – shularda qadoqlash, tamg‘alash, 
narxlarini qo‘yish va boshqalar tovar harakatini oldingi bosqichlariga 
ko‘chirish; 
3. Sarmoyalarning aylanishini tezlashtirish. Bular talablarni bevosita joylashtirish 
va ularni bajarish jarayonlarini vaqti bo‘yicha nazorat qilish hisobiga erishiladi. 
4. Transport harajatlarini qisqartirish, ishtirokchilarni yuqori darajada transportdan 
foydalanish masalasida muvofiqlashuvlari hisobiga erishiladi. 
5. Yuklarni ishlash, shu jumladan qo‘l mehnati harajatlarini kamaytirish. 
Logistikadan foydalanishdagi samaralar to‘plami, odatda, sanab o‘tilgan 
ko‘rsatkichlar samaralarining yig‘indisidan ortib tushadi. Bu shu bilan 
izohlanadiki, logistik tashkillashtirilgan tizimlarda vujudga kelgan bozor uchun 
kerakli bo‘lgan yukni yetkazib berishni ta’minlash qobiliyati, zarur sifatda, kerakli 
miqdorda, belgilangan muddatda, kerakli joyga, eng oz miqdordagi harajatlar 
bilan yetkazib berishning vujudga kelishi bilan tushuntiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdodagi logistik qulaylik – bu tabiiy 
sohaning rivojlanishidagi muhim yo‘ldir. 
Logistikani qo‘llash – bugungi kun savdo korxonasining raqobatbardoshlik 
garovidir. 
Ertangi kunda – bu uning asosiy resurslaridan biri bo‘ladi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin