Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Savdo sohasida logistikaning rivojlanish shart-sharoitlari va



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

15.5. Savdo sohasida logistikaning rivojlanish shart-sharoitlari va 
muammolari 
Moddiy vositalar oqimini boshqarishning logistik usulini joriy etish, odatda, 
jiddiy muammolar bilan bog‘langan bo‘lib, jahon tajribalarining ko‘rsatishicha, 
amalga oshirsa bo‘ladigan ishdir. 
Logistika – bu savdo sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bo‘lib, 
odatda 
shunday 
paytlarda 
foydalana 
boshlaydiki, 
bunda 
rivojlanish 
imkoniyatlarining ekstensiv usullari qo‘l kelmay qolganida foydalaniladi. Masalan, 
Fransiyada logistika sohasidagi keskin burilish hukumat tomonidan yirik yangi 
do‘konlarni qurish imkoniyatlarini cheklash chorasi ko‘rilgandan so‘ng sodir 
etildi. 
Logistika sohasiga bo‘lgan qiziqish ko‘pincha savdo xizmati bozoridagi 
raqobatning rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi. 


172 
Hozirgi davrda tovar turlarining ko‘payib borishi sharoitida tovarlar bilan 
bo‘ladigan zamonaviy texnologik ishlarsiz, yuklarsiz axborotlarsiz samarali 
boshqarish mumkin emas. 
Qattiq, uzluksiz ravishdagi nazorat tizimini joriy etish talab qilinadi, 
shuningdek bozorlarda tez aynib qoladagan, hamda alohida saqlash shart-
sharoitlarini talab etadigan mahsulotlarning paydo bo‘lishi zahiralarni boshqarishni 
taqazo etadi. 
Logistika – bu yuqori darajadagi aniq mexanizm bo‘lib, yomon tashkil 
etilgan kishi shaxsiyati bilan birgalikda nizolarga kiradi. Shu boisdan masalan 
AQSH logistika sohasidagi kishilarning kattagina qismini sobiq harbiylar tashkil 
etadi, ular uchun shaxsiy tashkillanish – kasb mahoratiga oid sifatdir. Yaponiya 
korxonalarida logistika sohasidagi hayratlanarli muvaffaqiyatlarga ega bo‘lishlik 
o‘zlarining tarkiblarida ijrochilar, vijdonan ishiga yondoshuvchilar va intizomli 
hodimlarning bo‘lishliklari bejiz emasdir. Logistika umumiy tizimga ko‘p 
narsalarni beradi, biroq u ayrim ishtirokchining erkin harakatini cheklaydi. Bu 
sohadagi ma’lum darajadagi kelishuvlarga kelishni o‘rganish lozim bo‘ladi. 
Logistikaning keng ravishda tarqalishini faqatgina unga bo‘lgan talabning 
o‘sishi bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Iqtisodda ushbu talablarni qondirish mumkin 
bo‘lgan sharoitlar yuzaga kelishi lozim. Bunday sharoitlar zamonaviy ilmiy-texnika 
taraqqiyoti tomonidan ta’minlanadi. 
Natijada ilmiy-texnika taraqqiyoti tomonidan moddiy vositalar va axborot 
oqimlari bilan ishlash uchun har xil turdagi mehnat vositalari keng ko‘lamda 
yaratiladi va qo‘llanila boshlaydi. Logistika jarayonlarining aniq sharoitlardan 
foydalanish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda logistikaning rivojlanishdagi 
muhim 
ahamiyatlaridan 
biri 
bo‘lib, 
logistik 
jarayonlarni 
boshqarishni 
kompyuterlashtirish muhim ahamiyatga egadir. 
Savdodagi logistik rivojlanish muammolari quyidagilardan iborat: 
tovar harakatlari ishtirokchilari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan logistik 
aloqalarning bo‘lmasligi va birinchi navbatda, ulgurji va chakana savdo 
korxonalari o‘rtasidagi aloqalarning puxta bo‘lmasligidir; 
ulgurji va chakana savdo, transport korxonalarining past texnika 
darajalarining mavjudligidir; 
axborot texnologiyalarining rivojlanganligi. Axborotlarni to‘plash, saqlash, 
ma’lum tartibda ishlash va tovar harakati ishtirokchilari o‘rtasida axborot 
almashishni ta’minlashda axborot tizimining yo‘qligidir. 
logistik vositachilikning yaxshi rivojlanmaganligi, ayrim o‘ziga xos 
bo‘lmagan ishlarning mustaqil ravishda ulgurji va chakana savdo 
korxonalari tomonidan bajarilish amallari (masalan yuklarni transportda 
tashish); 
mamlakat tovar bozorida zamonaviy raqobatbardoshlikning yaxshi 
rivojlanmaganligi, savdo ustamalarining yuksak darajasi, ohir oqibatda, 


173 
logistikani qo‘llash sohasidagi tovar harakati ishtirokchilari tomonidan 
bo‘ladigan qiziqishning bo‘lmasligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
harajatlarini kamaytirishga ta’minlovchi omillarning bo‘lmasligidir; 
idishlarni aylanishini tashkillashtirish bilan bog‘liq muammolar; 
bozor sharoitidagi moddiy vositalarni uzluksiz bevosita o‘tkazishni 
shakllantirishdagi puxta ishlab chiqilgan usullarning bo‘lmasligidir; 
tovar harakatlarini tashkillashtirishdagi logistik sharoitlardagi ulgurji savdo 
tajribalarining yetarli bo‘lmasligi, shuningdek korxona hodimlari tomonidan 
ulgurji va chakana savdo sohasidagi logistik yondoshuvning moddiy 
vositalar oqimini boshqaruv bo‘yicha aniq tushunchalarning yetarli 
bo‘lmasligidir. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin