169
Ushbu tizimlar doirasida tovar oqimlarini boshqarishga nisbatan logistik
yondoshuvning qo‘llash ulgurji bo‘g‘inning samarali faoliyat ko‘rsatishida muhim
tarkibiy qismlar hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ulgurji savdoda ichki omborlar logistikasi bozor
o‘zgarishlarining boshlarida keng ko‘lamda rivojlanmadi. Yuklash-tushirish va
transport ombor ishlarini mexanizatsiyalash darajasi 11 %dan (oziq-ovqat
mahsulotlari) oshmas edi.
Faqatgina oz miqdordagi ulgurji bazalarda ichki ombor ishlari
mexanizatsiyalashgan bo‘lib, elektroyuklagich va to‘plab bo‘g‘langan yuklar
texnologiyasi bo‘yicha ish qilinar edi.
Hozirgi davrda ommaviy iste’moldagi yuklarni olib kelish bo‘yicha ombor-
transport harajarlari yuklar qiymatining 40 %dan ortig‘ini tashkil etadi. Logistika
rivojlangan mamlakatlarda bu harajatlar 15 %dan oshmaydi.
Tovarlarni sotish jarayonlarida ulgurji korxonalar logistik xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha ishlarni bajarishlari mumkin: tovarlarni saqlash, transportlarda tashish,
yuklarni kuzatib borish, o‘rab-bog‘lash, ishlash, sortlarga ajratish, tovarlarni
idishlarga joylash, mashinalar kodiga moslashtirib tamg‘alash va boshqalar.
Xorijiy manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan bozor sharoitlarida
ulgurji korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan pul to‘lanadigan xizmatlar ichida
birinchi o‘rinda transport, undan keyin saqlash bo‘yicha xizmatlar, tamg‘alash,
sortlarga ajratish va tovarlarni o‘rab-bog‘lash turadi.
Mamlakatimiz korxonalarida yuqorida sanab o‘tilgan xizmat turlari,
saqlashdan
tashqari
keng
ko‘lamda
rivojlangan
emas.
O‘zbekiston
Respublikasining ulgurji savdosida samaradorlikni oshirishning muhim rizervlari
axborot tizimlari va texnologiyalarni takomillashtirish, tovar harakatlari
jarayonlariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liqdir.
Hozirgi paytda yuk birliklarini kodlashtirish va shtrixlangan mashinada
o‘qish kodlarini, binobarin, bu kodlarning avtomatlashgan holdagi
uyg‘unlashtirilishi qo‘llanilmaydi. Shuningdek yuk to‘plamlari uchun EAN
tizimining standart yozuvlari hali qo‘llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: