167
15.2. Logistika va savdodagi birlashish harakatlari
Logistika tovar harakatidagi ishtirokchilar o‘rtasidagi turg‘un xo‘jalik
aloqalarining mavjudligini nazarda tutadi.
Biznes bo‘yicha doimiy ravishdagi sheriklar o‘rtasidagina zarur bo‘lgan
harajatlarni hisobga olish tizimining ravshanligi yuzasidan yuklarni va axborotlarni
qayta ishlash texnologiyalarining birgalikda ishlab chiqish
va kelishilgan holda
qo‘llash imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
90 yillarning ohirlarida vujudga kelgan markazdan qochish kayfiyatlari
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish istiqbolidan kelib chiqilgani holda, endilikda
turli xildagi savdo tarkiblarining umumiy tashkiliy shakllaridagi xo‘jalik
faoliyatlarini ongli ravishda birlashishga intilish kuchayib bormoqda.
Savdoga
nisbatan soha bo‘yicha birlashtirishning tashqi va ichki omillarini ajratiladi.
Savdo uchun tashqi omillar, soha bo‘yicha birlashtirish jarayonlarining
rivojlanishini rag‘batlantiruvchi narsalar quyidagilardir:
bozorning noaniqligi;
turli sabablarga ko‘ra tushib borayotgan talablar;
tovarlarni sotish muammolarining keskinlashuvi;
savdo faoliyatidagi infratuzilmalarning rivojlanmaganligi
sababli vujudga
kelgan tovar harakati yo‘lidagi ko‘p sonli murakkab harakatlardir.
Savdodagi birlashtirishning ichki omillaridan ya’ni asosiy ichki sohalar
maqomi bo‘lib raqobatning kuchayishi, uning rivojlanmagn shakllarida bo‘lsa
ham hisoblanadi.
Jahon savdo amaliyotini
nazarda tutish kerakki, savdodagi birlashtirish
jarayonlari birlashishning shunday turlaridan bo‘lgan holatlarda vujudga keladi:
zanjirli savdo tashkilotlari;
savdo tarkibidagi kooperativ – shirkat birlashmalari;
ixtiyoriy ravishda tarkib topgan ulgurji-chakana bo‘g‘imlar.
Shuni ta’kidlash zarurki, logistik imkoniyatlardagi yuksak birlashtirish
(tarmoqli) tarkiblarning qulayligini aytish lozim.
Masalan, yirik amerikalik va yevropalik chakana
va ulgurji savdo axborot
tizimidagi birlashishlik xizmat ko‘rsatilayotgan do‘konlardagi peshtaxtalarda tovar
miqdorining kamayganligini avtovatika yordamida tovar yetkazib beruvchini
xabardor qiladi. Shveytsatiya savdo tizimi Migrozning misoli diqqatga sazovordir,
u milliy iste’mol bozorining 46 %ini o‘z ichiga olgandir.
Bu yerda do‘konlarning talabnomalari avtomatik ravishda markaziy ulgurji
omborlarga yoki tez ayniydigan mahsulotlar bo‘yicha
esa ishlab chiqaradigan
zavodga beriladi. Tizim bo‘yicha savdo jarayonlarini avtomatlashritish shunchalik
darajada yuqoriki ko‘pchilik do‘konlarda tovar yetkazib berish va uning sifatini
nazorat qilish yuzasidan menejerlar bo‘lmaydi.
168
Xizmat ko‘rsatish hududida tarmoq tarkiblari bir necha taqsimot
markazlarini barpo etishlari mumkin va yuk tashishni amalga ochirish va yuklarni
kuzatib borish yuzasida tashqaridagi ixtisoslashgan
logistik kompaniya bilan
shartnomalar tuzish mumkin.
Savdodagi birlashish, hamda uning obyektiv qonuniy rivojlanishlari so‘zsiz
mamlakatimizda ham o‘zning namoyon etadi. Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan
savdo
korxonalarining
birlashishlaridagi
turli
shakllarining
rivojlanishi
quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
markazlashtirilgan boshqarish xizmatlarini joriy qilish, ta’minot, transport
va hisobot faoliyatlarini markazlashtirish hisobiga
ustama harajatlarini
kamaytirish;
qulay to‘lash va tovar yetkazib berish sharoitlari asosida yirik tovar
to‘plamlarini sotib olishni amalga oshirish, ular
natijasida narx darajasi va
haridorlarning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish;
tarmoqni boshqarishni amalga ochirish uchun zamonaviy axborot
texnologiyasidan foydalanish hamda sotiladigan mahsulotlar ro‘yxati
bo‘yicha axborotlar to‘plamini barpo etish;
tovar yetkazib berishda mamlakat ishlab chiqaruvchilarini har tomonlama
qo‘llab quvvatlash;
savdo tashkilotlarini qo‘shimcha xizmatlarini
kichik nonvoyxonalarini
tashkil etish, go‘shtlarni yarim mahsulot sifatida qayta ishlash sexlarini va
boshqalarni tashkil etish.
G‘arbning ayrim mamlakatlaridagi savdosida logistik tizimning
rivojlanishida tarmoqlarning mavjudligini natijasida shart-sharoitlar vujudga kelgan
bo‘lib ularning hissasiga savdo aylanishining 90 % miqdori to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: