163
Xizmat ro‘yxatlarini barpo etish bo‘yicha harajatlar, haridorlarning xizmat
yuzasidan
qiziqishlarining kamayishi, binobarin, sotish hajmining pasayishi
natijasida o‘zini qoplamasligi mumkin.
14.8. Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifatini baholash uchun quyidagi
ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
tovar yetkazib berishning ishonchliligi;
talabni olinganidan keyin tovarlar to‘plamini
yetkazib berishga qadar
bo‘lgan to‘liq vaqt;
tovar yetkazib berishning ixchamliligi;
tovar yetkazib beruvchining omboridagi zaxiralarning mavjudligi;
kreditlarni berish imkoniyatlari shuningdek boshqa imkoniyatlar.
Tovar yetkazib berishning ishonchlilik deyilganida tizimning kompleks
xususiyatlari tushunilib, uning belgilangan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlaridan
iborat bo‘lib, ularning xususiyatlarini belgilangan doirada saqlab qoladi.
Tovar yetkazib berishning ishonchliligi –
bu yetkazib beruvchining
belgilangan tarzda shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarga amal qilib berish
xususiyatlarini bildiradi. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi ayrim ish turlari
bo‘yicha bajarish muddatlarini saqlashning ishonchliligi bilan belgilanib,
tovar
yetkazib berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Tovar yetkazib berishning to‘liq ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim
omillardan biri bo‘lib, shartnomada belgilangan majburiyatlarning mavjudligi
(kafolati) hisoblanib, uning natijasida tovar yetkazib
beruvchi yetkazib berish
muddatlari buzilganda mas’uliyatli bo‘ladi.
Tovarlar talabini bajarish uchun talabnima olingandan boshlab, tovar
to‘plamlarini yetkazib berishga qadar bo‘lgan davr o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
talablarni rasmiylashtirish uchun ketgan vaqt;
tovarni tayyorlash uchun ketadigan vaqt (bu vaqt tovarni yetkazib berish
muddatiga qoshiladi, agar
talab qilinadigan tovar avvalo, tayyorlanishi
lozim bo‘lsa);
o‘rash bog‘lash uchun sarflanadigan vaqt;
jo‘natish uchun sarflanadigan vaqt;
yetkazib berish uchun sarflanadigan vaqt.
Tovarni yetkazib berish muddatining shartnomada ko‘rsatilgan muddatiga
amal qilish shunga bog‘liqki, ushbu muddatni tashkil etuvchi tarkibiy qismning
sanab o‘tilganlariga qanchalik aniq amal qilinishiga bog‘liqdir. Masalan, shunday
holat ham bo‘lishi
mumkinki, olingan talab harakatsiz qolishi ham mumkin.
Tovarlarni tayyorlashning belgilangan muddatlariga e’tibor berilmasligi yoki
164
ekspeditor tomonidan e’lon qilingan transportda olib kelish muddatlari
saqlanmasligi yoki amal qilinmasligi ham mumkin.
Tovar yetkazib berishning ixchamligi – bu tovar yetkazib beruvchi
tizimning mijozlar bo‘yicha alohida qoidalarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Bular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
talablar shaklining o‘zgarish imkoniyatlarini;
talablarni berish usulining o‘zgarish imkoniyatlarini;
idishlar va o‘rash, bog‘lash turlarining o‘zgarish imkoniyatlarini;
mijoz tomonidan uning talabi qaysi holatda ekanligi haqida axborotni olish
imkoniyatlarini;
butlanmagan
tovarlar
yetkazib
berilgan
taqdirda
e’tirozlarga
munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Ayrim ko‘rsatkichlar ahamiyatlarining nisbatlari o‘zgarib borishi mumkin.
Masalan, to‘lov vositalarining tanqisligi sharoitida O‘zbekiston
Respublikasi
sharoitida kreditlar berish yuqori ahamiyatga egadir.
Shu bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotlari turlicha bo‘lgan mamlakatlarda
muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib tovar yetkazib berishning ishonchli bo‘lishi
muhim ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: