Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


l )  v) logistika yutuqlarini harakatdagi tizimda ishlatish xarajatlari (E



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

l

v) logistika yutuqlarini harakatdagi tizimda ishlatish xarajatlari (E
li



156 
Quyidagi 3 turdagi xarajatlarni logistik qayta shakllanish samaradorligi 
ko‘rsatkichi sifatida tuzatamiz. Erishilgan logistizatsiya sharoitidagi iqtisodiy 
samarani quyidagi formula bilan aniqlash mumkin. 
Eq E
tr
- E
li
Harakatdagi xo‘jalik tizimini logistizatsiyasi jarayonining samaradorligi 
quyidagi ko‘rinishni oladi 
Eq (E
tr
- E
li
)/ E
l
Logistik xarajat va logistizatsiya obyekti xarajatlari munosabatlari birinchi 
o‘rinda maqsadning mutanosibligiga va boshqarish vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Jismoniy taqsimlash, logistik, moliyaviy, axborot ta’minoti va ular xususiyatlarini 
oshirish qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi. Masalan, transport vositalarini 
ko‘paytirishni olsak, bu paytda mutaxasislarni qayta tayyorlash yoki mutaxassis 
chaqirish xarajatlari kelib chiqadi, 
Logistik xarajatlar tavsifining afzalligi. Iqtisodiy subyektning xo‘jalik 
faoliyatini logistizatsiyalash jarayonida axborotga talabning sifat va son 
ko‘rsatkichlari oshadi. 
Logistizatsiya xarajatlari haqidagi ma’lumot logistik usullarni singdirish 
uchun kerak. Obyekt logistizatsiya xarajatlarini qoplanishi, tizim xarajatlarini tahlili 
va hisobi, hisob-kitob shaklini birinchi o‘rinda amaliy xususiyatga ega. K.Druri 
xarajatlar hisobini 3 ta maqsadini aniqlaydi - zaxira narxini baholash uchun, qaror 
qabul qilish uchun va nazorat uchun. D.Foster va G.Xorngrep hisob maqsadiga 
yana bir qator boshqaruv vazifasida uchraydigan bir nechtasini qo‘shadi. 
Tavsiflash belgilarining ko‘pligi va uzviyli yo‘qligi xarajatlarning tavsiflash 
muammosi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun haqiqatdan logistik xarajatlarni turli 
guruhlarga ajratish logistik tizimga bog‘liq bo‘ladi. 
Logistik xarajatlarni ajratuvchi birinchi darajasi maqsad bu uning 
pankulyatsiyasi. Logistik xarajatlar va logistik tizim xarajatlari haqida axborot 
yig‘ish o‘ziga yarasha qiyinchiliklarga ega. Obyektning logistik xarajatlarini hisobi 
birinchi o‘rinda zaxiralar boshqarish uchun kerak. Xarajatlar hisobi maqsadida 
tavsiflash qiymati omillar asosida amalga oshadi: 
funksional tegishliligiga qarab 
shakllanish manbasiga qarab 
shakllanish oqimiga qarab 
tashuvchi ko‘rinishga qarab 
xarajat turiga ko‘ra 
Aniqlashning shakllanishiga ko‘ra obyektni logistizatsiyalash xarajatlarini 
tavsiflar zarur. Buning uchun birinchidan bosqich va operatsiyalarni tavsiflash 
kerak; ikkinchidan, xarajatlarni va paydo bo‘lishini aniqlash kerak; uchinchidan, 
operatsiya o‘tkazish joyini aniqlash kerak. 
Ishlab chiqarish tijorat faoliyatini shartli 3 bosqichga bo‘lamiz: 


157 
1-bosqich - omborxona-tayyorlov faoliyati. Tayyorlash faoliyatidan farqli 
ravishda bu kategoriya o‘z tarkibiga funksiya va prosedura, bosqich va 
operatsiyani oladi.
2-bosqich - ishlab chiqarish faoliyati. Ichki ishlab chiqarishni boshqarish 
oqimini tugallanmagan mahsulotni saqlash va tayyorlash jarayonlari biriktiradi. 
3-bosqich – taqsimlovchi -sotuvchi faoliyatini kengaytirilgan funksiyalar 
tashkil qiladi, ya’ni ta’minlash faoliyatini boshqarish, tayyor mahsulotni saqlash, 
tayyor mahsulotni tashish. 
 
Logistik faoliyatni material-texnik ta’minot va sotishdan logistik 
ma’muriylashtirish funksiyasi ajratib turadi. Korxonada yagona logistik markaz 
ishlayotgan jarayonda logistizatsiyadan qat’iy nazar u logistik konsepsiyani 
amalga oshirishi mumkin. Boshqarish funksiyasini amalga oshiruvchi xarajatlarga 
quyidagilar kiradi: binoni omil bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va aylanma kapital 
xarajatlari logistik faoliyatni tashkil qiluvchi administratsiyaga xarajatlar. Axborot 
bilan ta’minlovchi tashkilotlarga xarajat, logistik xizmat ishchilarning yo‘l 
xarajatlari, boshqarish operatsiyasi usul va metodlarini ishlab chiqish xo‘jalik 
tizimidagi zaxirani saqlash va tashkil qilish bilan bog‘liq. Mavjud operatsiyalarni 
bajarish xarajatlari obyektning logistizatsiya xarajatlari qoplanish va mahsulot 
tannarxiga ta’sir qiladi. 
V.Dibskaya zahiralarni saqlash va yaratish bo‘yicha logistik xarajatni 4 
guruhga bo‘ladi: kapital xarajatlar, zaxirani saqlash xarajatlari, joriy xizmatlar 
bo‘yicha to‘lovlar va zaxira bilan bog‘liq sug‘urta xarajatlari. Zaxiralarni saqlash 
va tashkil qilish xarajatlarini katta qismini kapital xarajatlar tashkil qiladi. Bu 
xarajatlar zaxira vositalarining ko‘chirilishi bilan bog‘liq. Zaxiralarni saqlash 
xarajatlariga yuk ortish operatsiyasi, arenda to‘lovi va asbob-uskuna to‘lovi, 
ishchi personalining ish haqi xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari kiradi. Zahiraga 
joriy xizmat ko‘rsatish xarajatlariga asosan soliq va sug‘urta to‘lovlari kiradi. 
Zaxiralarni omborda saqlashdan ko‘riladigan zarar bu tovarning jismoniy va 
ma’nan eskirishdan keladigan zar xolos. Mahsulotni ishlab chiqaruvchidan ohirgi 
iste’molchiga yetkazishigacha bo‘lgan harakatda transport vositalaridan 
foydalanish operatsiyasi butun operatsiyani katta qismini tashkil qiladi. 
Transportirovka jarayoni nafaqat tovarni iste’molchiga yetkazish, balki korxona 
ichidagi ishlarga ham ishlatiladi. 
 
Bu xarajatlar guruhiga transport-tayyorlov xarajatlari: buyurtma va sotish 
tashkiloti bilan bog‘liq xarajatlar, tovar-material buyumlarini tayyorlash va 
yetkazish xarajatlari, tabiiy yo‘qotish va kamchiliklarni qoplash xarajatlar, kerakli 
transport, bino va uni ta’mirlash vositalarni olish bilan bog‘liq xarajatlar, 
jo‘natish stansiyasiga yetkazib berish xarajatlari, mahsulot transportirovkasi 
xarajatlari va xokozolar. 
Keltirilgan obyektlar logistizatsiya xorijlari tavsifida ularning funksional 
tegishligi aniq ko‘rib chiqilgan. 


158 
V.I.Sergeev logistik harakatlarni o‘zgacha tavsifini taklif qiladi. Uning 
fikricha umumiy logistik xarajatlarni elementar va kompleks operatsiyalar, zaxira 
vositalarini ko‘chirishdagi xarajatlar, logistik menejment va xizmat sifatining 
etmaslikdan zarar, logistikani ma’muriylashtirish xarajatlaridan tashkil topadi. 
Taklif qilingan tavsifni ko‘rib chiqib quyidagi xulosaga kelamiz: avtor so‘zsiz 
logistik xarajatlarni logistik operatsiya xarajatlari deb aniqlagan. Xarajatlarning 
bunday tavsifi an’anaviy jarajatlarga qo‘lanilishi mumkin, shuningdek obyekt
logistizatsiya xarajati deb xam aniqlanishi mumkin. 
Xarajatlarning shakllanish manbaasiga ko‘ra yetkazib beruvchi xarajatlari, 
transport, vositachi tashkilotlar va iste’molchilar xarajatlariga bo‘lish mumkin. 
Xarajatlarni boshqaruvchi tizim yangi daromadlarni talab qiladi. Obyekt 
logistizatsiya xarajatlari boshqaruvi tushunchasi ostida kompleks jarayon yotadi. 
Obyekt logistizatsiya xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish maqsadida 
javobgarlik markazida ko‘p darajali hisob tizimini ko‘rish kerak, keyinchalik 
xarajat, daromadlar va ohirida operatsiyalar markazlari bo‘yicha. Xarajatlarni 
hisoblash yo‘li bilan ularni funksional qobiq va tashuvchilarga taqsimlash orqali 
ular ustidan nazorat va boshqaruvni o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu muammo aniq shaxs 
faoliyatidagi daromad va xarajatlarning o‘zaro bog‘liqligida aniqlanadi. Xarajatlar 
hisobiga bunday yondoshish ko‘pincha, javobgarlik markazi bo‘yicha xarajatlari 
hisobi nomi bilan ma’lum. U logistik zanjir va korxona tashkiliy tizimi afzalliklari 
asosida javobgarlik zonalariga ajratish prinsipiga asoslangan. Bu zona javobgarlik 
markazi deb ataladi va u materiallarni harakatlanish maydoni ham deb aniqlash 
mumkin. 
Xarajatlar rejasi tuzish zarurligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlik markazi bilan 
bog‘liq. Qaror qabul qilish va reja tuzishning muhim bosqichi rejalashtirilgan va 
aniq natijalarni solishtirib ko‘rishdir. 
Xarajatlar nazorati tizimining harakati ta’minlash uchun javobgarlik markazi 
menejeri 
nazorati 
darajasi 
guruhlanadi. 
Xarajatlar 
boshqariladigan 
va 
boshqarilmaydiganga bo‘linadi. Biroq hamma xarajatlar boshqaruvining past 
darajasiga tartibga solinishi mumkin, shuning uchun buxgalter javobgarlik markazi 
bo‘yicha smeta bajarilishi hisobotini tuzib xarajatlarni boshqariladigan va 
boshqarilmaydigan ajratadi. Undan tashqari menejerlar ishi xarajatlar darajasi 
bo‘yicha aniqlanadi, agar ular boshqarilmaydigan xarajatlarga ham bog‘liqligini 
bilsalar o‘z ishlarini yomon bajarishlari mumkin. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin