170
Logistik xususiyatdagi qarorga kelish do‘konlarni loyihalash davridayoq
qabul qilinib, ularning binolari bevosita uzluksiz texnologik jarayonlarni talablariga
javob berishi kerak.
Bevosita uzluksiz texnologik jarayonlarning
manfaatlarini hisobga olib
tanlashda:
ayrim binolarning o‘lchamlari, maydonchalari va texnologik tegralar;
eshiklarning kengligi;
tushiriladigan maydonchalarning balandligi va maydoni;
savdo binolarining joylashishi hisobga olinadi.
Bevosita uzluksiz tovar o‘tkazish tizimiga do‘kon uskunalarining kompleksi
uyg‘unlashgan va joylashishi kerak.
Do‘kon ishlab chiqarish kuchlarining barcha tarkibiy qismi: binolar,
texnologik uskunalar,
xodimlar, axborot, tovarlar va qaytariladigan idishlar
yagona tizimga bog‘lanishi kerak, hamda ular o‘z navbatida tovar harakatlarining
umumiy tizimiga ulanishi kerak.
Tovar harakati logistikasida transport masalasi.
Tovar harakatining ohirgi iste’molchiga bo‘lgan
qiymatlarida sezilarli
darajada ularning taqsimoti jarayonlarida transport ishlarini tashkillashtirish muhim
ahamiyatga egadir. Logistikasi rivojlangan mamlakatlarda yuk tashish bilan odatda
maxsus ixtisoslashtirilgan transport kompaniyalari shug‘ullanadi.
Bozor iqtisodiyoti boshlanishiga qadar mamlakatimizda transport ishlari
asosan ixtisoslashtirilgan transport korxonalari
tomonidan amalga oshirilib
kelingan.
Hozirgi davrda transport ishlarining ulgurji savdoga aloqasi bo‘lmagan
holda mustaqil ravishda bajarilishi ko‘plab uchraydi. Natijada avtomobilda yuk
tashish hollarining ko‘pchiligida yuk tashish koeffitsiyenti 0,5
dan oshmaydi,
transportning yuk tashish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish ta’minlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: