166
zaxiralar qayta taqsimlanadi, qo‘chimcha olinadigan daromadni taqsimlash tartibi
aniqlanadi.
Boshqacha
qilib
aytganda
moddiy
oqimni
bevosita
uzluksiz
boshqarishning yagona vazifasi ajtariladi va ular bilan bog‘liq axborotlar hamda
moliyaviy oqimlar bog‘lanadi.
Natijada tovar o‘tkazuvchi zanjirning ayrim bog‘inlari raqobatbardosh
tizimiga birlashadi, hamda bevosita uzluksiz moddiy vositalar oqimini samarali
boshqarish ta’minlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz tadbirkorlari yetarli ravishda aniq tovar
harakatidagi ishtirokchilarning birlashuvi zarurligini chuqur his etmoqdalar.
Bunday yo‘nalishdagi harakatlarning misollariga ayrim mamlakatlarda barpo
etilayotgan vertikal taqsimot savdo markazlarini TSM kiritish mumkin bo‘lib, ular
tovarlar haqidagi axborotlarni va mintaqalardagi talablarni to‘playdilar.
Kontragentlarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, TSM supermarketlarga ko‘p
ro‘yxatli tovarlarni yetkazib beruvchilarni izlab topish zaruratlaridan xalos etadi.
Tovar yetkazib beruvchilar esa o‘zlarining sotish yuzasidan muammolarini hal
etadilar.
Bunday holatda talabnomalar berish soddalashadi, hujjat aylanishlari keskin
kamayadi, zaxiralarning aylanishi tezlashadi. TSM ning rivojlanishi natijasida
firmali transport xizmati barpo etiladi.
Axborot, savdo, transport va ishlab chiqarish jarayonlarining birlashish
bo‘yicha muqimligiga qaramasdan ligistikani tovar harakatlarini boshqarishning
avtomatlashtirilishi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Axborot tizimlari logistik tizimning
bir qismi bo‘lib, axborot bilan birgalikda, texnika, texnologiya, rejalashtirish va
tovar harakatidagi ishtirokchilarning iqtisodiyotini ham bog‘laydi.
Tovar bo‘yicha uzluksiz bevosita ishlar texnologiyasi, axborot, bir-biriga
bog‘langan texnologiya, muvofiqlashtirilgan rejalashtirish, bularning hammasi
tovarni iste’molchiga kam harajatlar bilan, ularni aylanish va zararlarga yo‘l
qo‘ymasdan, o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi.
Masalan, hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, agar tovar bilan ta’minlashda
an’anaviy yashiklar o‘rniga idish uskunalari qo‘llanilsa, u holda ulgurgi-chakana
savdo bo‘g‘inlarida 1 tonna o‘rab-bog‘langan tovarning mehnat harajatlari 6
tonna jarayonidan 1,75 ga tushadi.
Shuningdek transportning bekor turib qolishi keskin kamayadi. Biroq shuni
aytish kerakki, aytilgan texnologiyani turg‘un ravishda qo‘llash uchun, logistik
ravishda tashkillashtirilgan tovar harakati lozim bo‘ladi. Virtual tovar savdo
markazlarining kuchu bilan esa, bu narsani hal etib bo‘lmaydi.
Tayyor mahsulotlarni tayyorlovchilardan ohirgi iste’molchiga qadar
yetkazishni
birlashtirish
jarayonlarining
texnika-texnologik
tomonlarining
masalalari mamlakatimiz tadbirkorlarining nazaridan hozircha uzoqroqda
qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: