Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Logistika va savdodagi ilmiy-texnika rivojlanishi



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

15.6. Logistika va savdodagi ilmiy-texnika rivojlanishi 
Savdoni 
logistik 
tashkillashtirish 
imkoniyatlarining 
muhim 
shart-
sharoitlaridan bo‘lib, ilmiy-texnika taraqqiyoti hisoblanadi, hamda bunda savdoga 
oid masalalarning tegishli ijtimoiy-iqtisodiy sohalari tushunilib, ularning moddiy 
texnika bazalarini takomillashtirish, soha korxonalarida ilg‘or texnologiya 
jarayonlarini joriy qilish va keng ravishda foydalanish, shuningdek bu jarayonlarga 
savdo korxonalariga kelib tushayotgan moddiy vositalar va axborot oqimlarining 
tayyorgarligini oshirishdan iboratdir. Ilmiy-texnika taraqqiyotining (ITT) 
savdodagi asosiy yo‘nalishlarining shakli 35-chizmada berilgan. 
35-chizma. Savdodagi ilmiy-texnika rivojlanishining yo‘nalishlari 
Moddiy vositalar bilan ishlashda texnika jihatdan takomillashgan ko‘tarish-
transport va texnologik uskunalardan foydalanish zarur. Sohani texnik jihatdan 
rivojlantirish siyosati tizim xususiyatini ishlab chiqishga asoslangan bo‘lishi kerak 
Mehnat vositalaridan foydalanishni 
takomillashtirish 
Savdo korxonalarini zamonaviy mehnat 
vositalari bilan ta’minlashni oshirish 
Qo’llanilayotgan texnologiyalarni 
takomillashtirish 
Ishlatilayotgan mehnat vositalarini 
takomillashtirish 
Savdodagi ITT 


174 
(masalan, ulgurji va chakana savdo korxonalar uchun mashinalar tizimini ishlab 
chiqish). 
Ulgurji savdoning ombor fondi keng o‘lchamli bir qavatli baland binolar va 
inshootlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, yuklarni tashish, mexanizatsiyalash va 
transport 
texnologiya 
jarayonlarini 
avtomatlashtirishda 
yuqori 
samarali 
texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini ta’minlashi kerak. 
Savdoda logistikani tashkillashtirishdagi muhim omillardan bo‘lib 
qo‘llanilayotgan mehnat vositalarini takomillashtirish, axborot oqimlari bilan 
ishlash, shu jumladan axborot tizimlarini qo‘llash, moddiy vositalar oqimining 
uzluksiz monitoringini ta’minlashi hisoblanadi. 
Savdo korxonalarining mehnat vositalari bilan ta’minlanishi (logistikani 
qo‘llash shartlari) savdo korxonalarini zarur bo‘lgan ko‘tarish transport, 
texnologik va savdo uskunalari bilan jihozlash, shuningdek mavjud texnikaning 
imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. 
Mehnat buyumlaridan foydalanishni takomillashtirish o‘z ichiga idishlarning 
yangi turlaridan foydalanish, savdo qilishda asosan qadoqlangan tovarlarga 
o‘tish, shuningdek shtrixlangan kod bilan tamg‘alangan (kelajakda shtrix kodlari 
qo‘yilgan yuk to‘plamlari bilan ishlashga o‘tish) idishlarini o‘z ichiga oladi. 
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishning sezilarli ko‘rsatkichlaridan bo‘lib, har bir 
soha bo‘yicha qo‘llaniladigan texnologiya hisoblanadi. Hozirgi bosqichda savdo 
korxonalarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning taraqqiyot darajasi to‘plangan 
yuklarni yuk o‘tkazish bo‘g‘inlari orqali olib borish imkoniyatlari, yuk va tovar 
birliklarining avtomatlashtirilgan uyg‘unlashuv imkoniyatlari, shuningdek tovar 
o‘tkazishdagi ishtirokchilarning axborot almashuvidagi jadalliklar bilan belgilanadi. 
Logistika 
nuqtai nazaridan ilmiy-texnika taraqqiyotining aytib o‘tilgan 
yo‘nalishlari, ulgurji holda, ajralgan holatda rivojlanmasdan balki kelishilgan holda 
rivojlanishi zarurdir: sanoat korxonalarida, ulgurji savdoda, transportda, chakana 
savdoda, ya’ni tovar bozorining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda amalga 
oshirilishi kerak. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin