14.2. Logistik xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish Xaridor tovar yetkazib beruvchini tanlaganida uning logistik xizmat
ko‘rsatish
sohasidagi
imkoniyatlariga
e’tibor
beradi,
ya’ni
uning
raqobatbardoshligiga qo‘yilayotgan tovarning ro‘yxati va taklif qilinayotgan
xizmatning sifati ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa tomondan esa, xizmat doirasini
kengaytirish qo‘shimcha harajatlar bilan bo‘g‘langandir.
Logistik xizmatlarning keng ko‘lamdagi turlari va uning doirasida ularning
sifatlari o‘zgarishi, xizmatlarning firma raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatish va
harajatlar miqdoriga, shuningdek qator boshqa omillarga ta’sir etishi uchun aniq
belgilangan ravishda iste’molchilarga logistik xizmat ko‘rsatish sohasidagi
zaruratlarni ta’kidlaydi.
Iste’mol bozorini mustahkamlash geografik omillar bo‘yicha amalga
oshiriladi, shuningdek xizmat ko‘rsatish xususiyatlari yoki boshqa belgilar
bo‘yicha bajariladi. Haridorlar uchun ahamiyatli bo‘lgan xizmatlarni tanlash, ularni
tabaqalarga ajratish xizmar ko‘rsatish standartlarini aniqlashni turli xildagi
so‘rovlarni o‘tkazish bilan amalga oshirish mumkin.
Ko‘rsatiladigan xizmatlarni turli usullar bilan baholash mumkin. Masalan,
qo‘yiladigan tovarlarni ishonchlilik darajasini o‘z vaqtida yetkazib berilgan
to‘plamning hissasi bilan o‘lchanishi mumkin.
Logistik xizmat ko‘rsatishning integral baholash usuli keyingi boblarda
ko‘rib chiqiladi.
Kompaniyaning resurslarini ixchamlashtirish haridorlarga ular aniqlangan va
qulay bo‘lgan xizmatlarni taqdim etishdan iboratdir.
14.3. Logistik xizmat ko‘rsatish darajasi Xizmat ko‘rsatish tizimini baholashning muhim ko‘rsatkichlaridan bo‘lib,
Tovar yetkazib beruvchi, shuningdek xizmatlardan foydalanuvchi uchun ham
logistik xizmat ko‘rsatish darajasi hisoblanadi.
Ushbu ko‘rsatkichning hisob-kitobini quyidagi formula bo‘yicha bajariladi: