Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


“Kirish – chiqish modeli” usuli



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

“Kirish – chiqish modeli” usuli. Belgilangan iqtisodiy obyekt yoki 
iqtisodiyot sektoridagi tovarlarning ichki va tashqi oqimlari haqidagi axborotlarga 
asoslangan tahlil usuli. Belgilangan chiqishga erishish uchun kiruvchi moddiy 
oqim qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Biznesning o‘ziga xos sohalarida 
qo‘llaniladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha muddatli bo‘ladi. 
“Kirish – chiqishning iqtisodiy modeli” usuli. Ekonometrik modellar va 
kirish-chiqish modellarining kombinatsiyasidan iborat. Kirish-chiqish modeli 
ekonimetrik modeldagi uzoq muddatli tendensiyalarni bashoratlash uchun 
foydalaniladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha muddatli bo‘ladi. 
“Yetakchi indikatorlar” usuli. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamik 
qatorlaridan foydalaniladi, Ularni o‘zgarishi qidirilayotgan ko‘rsatkichni 
bashoratlash uchun tendensiyani aks ettirishga imkon beradi. Bashoratlash davri – 
o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi. 
“Hayotiy davrning tahlili” usuli. Bu usul talab va sotishlar hajmini 
bashoratlash uchun yangi tovarlarning egri hayotiy davridan foydalaniladi. 
Hayotiy davrning pallalari tegishli tahliliy bog‘liqliklar bilan belgilanadi. 
Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi. 
“Dinamik modellashtirish” usuli. Chakana savdo shohobchalari va 
distribyutorlik markazlarida sotishlarning yakuniy hajmini imitatsion dinamik 


187 
modellashtirish uchun EHM dan foydalaniladi. Modellashtirishning dastlabki 
parametrlari zahiralarni boshqarish siyosati, ishlab chiqarish jadvali va moddiy 
resurslarni harid qilish siyosati tomonidan beriladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha 
va uzoq muddatli bo‘ladi. 
Logistik rejalashtirishning asosiy nuqtai nazarlari.
Logistik strategiyani ishlab chiqish firmada marketingli va ishlab chiqarish 
strategiyalari va missiyasini belgilash bilan bir qatorda markaziy o‘rinni egallaydi. 
Logistik strategiya firmaning korporativ strategiyasiga zid bo‘lmaydi va uning 
missiyasi o‘zanida oqishi kerak. Logistik strategiyani ishlab chiqishda quyidagi 
asosiy savollarga javob berish kerak: 
1. Biz hozir kompaniyalarning qanday turidan iboratmiz? 
2. Kelajakda kompaniyalarning qanday turi bo‘lishni istaymiz? 
3. Bizning iste’molchilarimiz kimlar? 
4. Bizning biznesimizning tabiati va xususiyatlari qanday? 
5. Bizning biznesimiz rivojlanishining muqobil imkoniyatlari qanday? 
6. Bizning raqiblarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlarimiz qanday? 
7. Biz qanday korporativ strategiyani belgilamoqchimiz? 
8. Qanday marketingli strategiya bizga to‘g‘ri keladi? 
9. Marketingli strategiyani belgilashda logistik strategiya qanday bo‘lishi 
kerak? 
10. Logistik strategiyaning asosiy maqsadlari va vazifalari qanday? 
11. Strategik logistik reja nimadan iborat bo‘lishi kerak? 
12. Strategik rejani amalga oshirish uchun qanday byudjet zarur? 
13. Strategik rejaning monitoringini bajarishning qanday tashkil qilish mumkin? 
14. Qanday logistik faollik rejada ustivor bo‘lishi kerak? 
15. Logistik faollikning integratsiyalash darajasi qanday bo‘lishi kerak? 
16. Logistik rejaning birligi nimadan iborat? 
17. Tashqi atrof-muhitning tabiati qanday? 
18. Bozorning tabiati, darajasi, xususiyati qanday? 
19. Bizning bozordagi asosiy raqiblarimiz qanday va har bir raqib bizning 
firmaga nisbatan nimadan iborat? 
20. Bizning oldingi logistik strategiyamiz qanday edi va ular hozirga vaqtda 
qanday o‘zgargan. 
21. Oldingi logistik strategiyalarni amalga oshirishga moliyaviy kiritmalar 
qanday edi va yangi investitsiyalarni qayerdan olish mumkin? 
22. Tashqi atrof-muhit asosiy omillari o‘zgarishining bashorati qanday? 
23. Bizning strategic logistik rejamizning poydevori nimadan iborat bo‘lishi 
kerak? 
24. Logistik strategiyaning maqsadlariga erishish uchun eng dolzarbroq 
dasturlar qanday bo‘lishi kerak? 
25. Logistik strategiyani bajarish bilan bog‘liq hatarlar qanday? 
26. Logistik strategiyaning bajarilishini qanday miqdiriy baholash mumkin? 


188 
Firmaning logistik strategiyasini ishlab chiqishni yiriklashtirilgan holda 
quyidagi chizmada tasavvur qilish mumkin.
39-chizma. Firmaning logistik tizimini ishlab chiqish ko‘rsatkichi 
Chizmada fizmaning korporativ strategic maqsadlari, marketing va ishlab 
chiqarish strategiyalarini bog‘lovchi logistik strategiya quyidagi asosiy tarkibiy 
qismlardan tashkil topadi: 
logistik tarmoqning konfiguratsiyasi;
logistik sotishning tashkiliy tuzilishini muvofiqlashtirish va ishlab chiqish; 
mahsulotning sifati va iste’mol servisiga strategik talablarni belgilash; 
zahiralarni boshqarishning integratsiyalangan tizimlari; 
logistik axborot tizimi. 
Logistik tarmoqning konfiguratsiyasi bo‘yicha strategik qarorlar o‘z ichiga 
sifatni belgilash, logistik zanjirlar, kanallar, omborlar, terminallar, dispetcherlik 
markazlari, yukni qayta ishlash shohobchalari va boshqalarni oladi. Ular tayyor 
mahsulotlarni sotish bozorlarini iqtisodiy qoplanishini ta’minlaydilar. 
Muvofiqlashtirish va tashkil qilish strategiyasi logistik tizimning tashkiliy-
vazifaviy tuzilishi, logistik tiizm bo‘g‘inlarining soni, ustivor asosiy logistik faollik 
va logistik tizimdagi logistik vositachilar o‘rtasidagi o‘zaro strategik 
munosabatlarni belgilab beradi. 
Iste’mol servisining strategiyasining mahsulot sifati va logistik servisning 
asosiy parametrlari identifikatsiyalashtiradi, ular firma mahsulotlari iste’molchilari 


189 
talablari va bo‘ladigan kutishlarga mos kelishlari kerak. Zahiralarni boshqarishning 
integratsiyalangan strategiyasi moddiy resurslarni yyetkazib beruvchilardan 
yakuniy iste’molchilargacha to‘liq logistik zanjirda zahiralarni aniqlash, nazorat 
qilish, tartibga solish vazifalaini keng yoyishni ko‘zda tutadi. 
Logistik strategiyaning asosiy tashkil qiluvchilardan biri logistik axborot 
tizimi bo‘lib, u asosiy bazisli va majmuaviy logistik faollik va biznes sohasini 
axborot va telekommunikatsoin kanallar va axborot komputerli texnologiyalar 
bilan bog‘laydi. Logistik axborot tizimi tashqi muhit bilan marketing strategiyasi, 
firmaning ichki mikromuhiti bilan ishlab chiqarish strategiyasi orqali interfeysni 
ta’minlaydi. 
Ko‘rib chiqilgan strategiyaga ko‘ra, logistik strategiyani ishlab chiqish 
to‘rtta bosqichda amalga oshiriladi: baholash, imkoniyatlarni tahlil qilish, 
ustivorliklarni o‘rnatish, bajarish. 
Birinchi bosqichda logistik strategiya firmaning bozordagi missiyasi va 
korporativ strategiyasiga nisbatan pozitsiyalanadi. Umumiy iqtisodiy va siyosiy 
vaziyat sinchiklab tahlil qilib chiqilishi va 5-15 yilga uni o‘zgarishining ko‘zda 
tutiladigan tendensiyasi belgilanishi kerak. Logistik strategiyaning marketing va 
ishlab chiqarish strategiyasi bilan interfeysi batafsilroq baholanadi. Xususan, 
tashqi atrof logistik muhitiga nisbatan iqtisodiy tendensiyalar, makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning dinamikasi, demografik tendensiyalar, tegishli sohalardagi 
texnologik va ilmiy daraja, sotish bozorlarining rivojlanishi tendensiyasi, 
raqiblarning ehtimol bo‘lgan guruhlari, qonunchilik va boshqalar baholanishi 
kerak. 
Ikkinchi bosqichda, umuman korporatsiya va alohida tarkibiy bo‘linmalar 
darajasidagi ehtimol bo‘lgan strategik qarorlar tanlab olinadi va tahlil qilinadi, 
Logistik strategiyaning tarkibiy qismlariga nisbatan bazaviy talablar belgilanadi. 
Uchinchi bosqichda ustivorliklarni belgilash va ehtimol bo‘lgan muqobillar 
majmuasidan ustivorlik qiluvchi logistik strategiyalardan birini tanlashdan 
iboratdir. Bunda strategiyani bajarish ularni olish manbalari uchun ehtiyoj 
resurslarini erta identifikatsiyalanishi muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchi bosqichda ham umumiy logistik tizim va han menejmentning 
alohida darajalari uchun antigratsiyalangan ko‘rsatkichlarni belgilash bilan bevosita 
strategik logistik tizimni ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu bosqichda logistik 
tizimning tashkiliy tuzilishi tasdiqlanadi, bazaviy logistik axborot tizimi, strategik 
vazifalarni bajarilishini baholash va monitoring tizimi belgilanadi. 
Xorijiy firmalar tomonidan ishlab chiqilgan logistik strategiyalarning asosiy 
maqsadlari odatda quyidagilardan iborat: xarajatlarni kamaytirish; logistik tizimda 
investitsiyalarni kamaytirish; logistik servisni yaxshilash. 
Xarajatlarni 
kamaytirish 
strategiyasi 
asosan 
moddiy 
resurslarni 
harakatlanishi, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar va mahsulotlar 
zahiralari bilan bog‘liq operatsion tashkil qiluvchi xarajatlarni kamaytirishga 
qaratilgan. Eng yaxshi strategiya “omborga joylashtirish-tashish” tizimining 


190 
ehtimol bo‘lgan variantlari orasidan omborlarni yaxshiroq joylashtirish, zahiralar 
darajasini muvofiqlashtirish, topish va yo‘nalishlarning muvofiq usullari tanlab 
olish yo‘li bilan muqobil tanlov natijasida shakllantiriladi. Servisning darajasi 
odatda muvofiq umumiy xarajatlar topilguncha qaror cheklanadi, bunda foydani 
ko‘paytirish ustuvor vazifa bo‘ladi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin