194
Bunday solishtirishlarning natijalari, chegaralarning belgilangan miqdorlari,
hamda bu solishtirishlardan xulosalar va bu xulosalar
asosida qabul qilingan
xarajatlar haqidagi qarorlarning o‘zlari qaror qabul qiluvchi shaxs yoki shaxs lar
guruhi tomonidan ekspert baholari asosida ishlab chiqiladi.
Tashqi evristik strategiya ikkita bo‘lajak vaziyatlardagi bir xil
ko‘rsatkichlarni solishtirishdan iborat bo‘ladi. Bu xarajatlarning ikkita ehtimol
bo‘lgan variantlari oqibatlarini taqqoslash va ulardan
istaganlarini tanlash
imkoniyatini beradi. Tashqi evristik strategiya boshqaruv jarayoni bo‘yicha
xarajatlarning ikkita bo‘lajak variantlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutsa ham, u
taqqoslash
va
tanlash
jarayonini
o‘zining va ularni shakllantirshni
soddalashtirishga olib keladi.
Bunday holatda boshqa teng sharoitlarda bir turdagi ko‘rsatkichlarni
taqqoslash amalga oshiriladi. Masalan, to‘lovlarning hajmlari va muddatlari
boshqaruvning boshqa variantidagi to‘lovlarning hajmlari va muddatlari bilan
xatarning miqdori esa, xatar miqdori bilan va h.k. solishtiriladi. Ikkilamchi darajali
detallar hamda boshqaruv strategiyasining har xil variantlari uchun o‘zgarishsiz
qoluvchi ko‘rsatkichlar uchun ko‘rsatkichlar taqqsolash
jarayonlaridan oldinroq
chiqarib tashlanadi. Ko‘proq obyektivlikka erishish uchun bunday solishtirish va
taklashni ham ekspert usullari tomonidan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Boshqaruvning u yoki bu evristik strategiyasini tanlash nafaqat uni amalga
oshirilishi strategiyasini hisobga olish, balki bu bo‘lajak samaradorlikni unga
erishishning qiyinligi darajasi bilan solishtirish natijasida amalga oshirilishi kerak.
Erishiladigan samaradorlikning amaliy miqdori ko‘proq ishlab vujudga kelgan
ishlab chiqarish sotish vaziyatini baholashning aniqligiga
va ushbu vaziyatdagi
ehtimol bo‘lgan muqobil harakat hisoblab chiqish va baholashning to‘g‘riligiga
bog‘liqdir.
Shunday qilib, samarali logistik boshqaruvni amalga oshirish uchun,
hammadan avval, vujudga kelgan ishlab chiqarish sotish vaziyatini huddi shunday
“bilim olish” zarur.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishni talab qiluvchi
vaziyatlar, ya’ni aralashmasi noqulay rivojlanish tendensiyasiga ega bo‘lishi
mumkin bo‘lgan bunday vaziyatlar quyidagi tartibda tasniflanishlari mumkin.
Joriy vaziyatni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi tendensiyasining darajasiga ko‘ra
(vaziyat ko‘proq va kamroq davomiylik davri davomida doimiy bo‘lib qoladimi
yoki dinamik o‘zgaradimi) barcha vaziyatlarning turg‘un va dinamika ajratish
mumkin.
Ham turg‘un va ham dinamik vaziyatlarni ularni rivojlanishlarning barcha
ehtimol bo‘lgan yo‘llarini to‘liq aniqlik bilan bashoratlash mumkin emas.
Vaziyatni o‘zgarishi yoki rivojlanishi nafaqat hodimning bama’ni
xarajatlar
oqibatida, balki hodisalar va tashqi iqtisodiy va texnologik (yakuniy hisobda esa
– bozor) muhiti holati ta’siri ostida sodir bo‘lishi mumkin. Bu hodisalar va
holatlarni vaqtning qndaydir uzoq davri uchun oldindan aytib berish mumkin
195
emas. Shuning uchun vaziyatlar diterminasiyalangandan (chegaraviy holati) u yoki
bu darajadagi noaniqlikka ega vaziyatgacha o‘zgaradi.
Barcha vaziyatlar, turg‘un yoki dinamik,
diterminatsiyalangan yoki
diterminatsiyalanmaganlar har xil omillarning kichik yoki katta soniga bog‘liq
bo‘lishlari mumkin. Birinchi holda oddiy, ikkinchi holda esa murakkab vaziyatlar
haqida gapiriladi.
U yoki bu turdagi vaziyatni “bilib olgan” pirovardida har xil turdagi – guruhli
yoki (ko‘pincha) yakka tartibdagi ekspertizalar yordamida o‘tkaziladi. Shubhasiz,
bunday turdagi bilib olishni amalga oshirish uchun sodir bo‘layotgan ishlab
chiqarish sotish jarayonlarini modellashtirish va hisoblab chiqish kabi quroldan,
shu jumladan komputer va hozirgi zamon texnikasini qo‘llash bilan foydalanish
mumkin.
Ishlab chiqarish va sotish tizimlaridagi logistik
boshqaruv qarorlarini
qo‘llashni talab qiluvchivaziyatlarni tasniflanishi 41
-chizmada berilgan.
Dostları ilə paylaş: