Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Investitsiyalarni kamaytirish strategiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Investitsiyalarni kamaytirish strategiyasi kiritilgan sarmoyadan ko‘proq 
qaytara olishga imkon beruvchi logistik tizimni tashkil qilishning eng yaxshi 
yo‘llarini qidirish bilan bog‘liqdir. Tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (omborga joylashtirishni chetlab o‘tib) yetkazib berish, umumiy 
foydalanish omborlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va distribyutsiyada JIT 
konsepsiyasini kengroq qo‘llash, logistik tizimda logistik sheriklardan 
foydalanish. 
Iste’mol servisini yaxshilash strategiyasi. Mahsulot sifati va servisni 
yaxshilash sotish bozorini kengayishi va sotishlar hajmini ko‘payishidan firma 
foydasini oshirishga olib kelishga yo‘l qo‘yishga asoslangan. Bundan tashqari 
bunday strategiya firmaning bozordagi holatini mustahkamlaydi va obro‘sini 
oshiradi, bu provardida yalpi foydani o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, bu 
strategiyalarda muhim o‘rin servisning sifatini muvofiqlashtirish muamosiga 
tegishlidir, chunki, iste’molchilarga ular talab qilmagan va ular kutmagan juda 
yuqori darajadagi servisni taqdim etish foyda qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi. 
Logistikada ekspert qarorlari va ekspert tizimlari. Ishlab chiqarish-
sotish tizimlarida jarayonlarni moliyalashtirish, tegishli modellarni amalga oshirish 
va ularni iqtisodiy faoliyatini olib borishning har xil variantlari yordamida hisoblab 
chiqishning bayon qilingan tamoyillari boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga 
intinsif boshqarishni ixtiro qilish, bu qarorlarni obyektivroq qilish maqsadiga ega. 
Boshqaruv jarayonlarining o‘zi esa, shunday qilib, kamroq darajadan san’atdan 
iborat bo‘ladi, ko‘proq darajada esa, ilmiy asoslangan, yaxshi shakllangan va 
muntazam usullarni bajarishga yaqinlashadi. 
Katta va murakkab tizimni bir qator o‘zaro bog‘langan, ammo, soddaroq va 
modellashtirish mumkin bo‘lgan tarkibiy qismlarga bo‘lish notrivial vazifa bo‘ladi. 
Logistikada mutaxassislarning boshqaruv va har xil ishlab chiqarish jarayonlari 
bo‘yicha tajribali, miskam va ijodiy salohiyatiga asoslangan usullar keng 
qo‘llanilmoqdalar. Bu o‘zining mazmuni bo‘yicha turli tuman usullarning barchasi 
ekspert deb ataladi. Bunday usullarni amalga oshirish uchun tegishli tartibda 
tanlab olingan mutaxassislar tomonidan ekspertiza o‘tkaziladi, ular kerakli kasbiy 
malakaga ega bo‘lishlari va o‘z baholarini bir-birlaridan va tashqi ta’sirlardan 
mustaqil ravishda shakllantirishlari kerak. 
Ekspertizalar yakka tartibda va guruhli bo‘lishlari, ochiq yoki sirtdan 
o‘tkazilishlari mumkin. Bu erda jalb qilinayotgan ekspertlarning soni va bu 
guruhga kiruvchi mutaxassislar malakasining darajasi haqidagi masala asosiy 
bo‘lishi kerak. Ma’lumki, jalb qilinayotgan yetarlicha omilkor bo‘lmagan 
odamlarning katta soni bilan ulardaga talab qilinayotgan malakaning o‘rnini 


191 
qoplab bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, ekspertlar guruhi sonini qisqarishi (ekspert 
mulohazasini bir kishi chiqarishi mumkin bo‘lgan chegaragacha) tasodifiy 
omillarnrning rolini oshirishi, sub’ektivizm va yangilash xulosaga olib keladi. 
Shuning uchun ekspertlarni tanlab olish va ulardan guruhlarni tashkil qilishni yakka 
tartibdagi irodali qaror bilan emas, balki, ekspertizaga rahbarlik qiluvchi muxsus 
guruhlarning ishi natijasida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
Ekspertlar guruhlarini shakllantirish bo‘yicha faoliyat ham ekspert usullariga 
kiritish mumkin. 
Eksprtlarni tanlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin