86
foydalanishga bog‘liq. OPT tizimida ishlab chiqarishning bir kunga, haftaga va
hokazo jadvalini shakllantirish amalga oshiriladi, iste’molchilar tomonidan
buyurilgan mahsulotlarni ortib jo‘natishning nazorati muqobil resurslarni qidirib
topish, kerakli materiallar yo‘q bo‘lganda ularni to‘liq holda almashtirish bo‘yicha
tavsiyalar berish masalalari hal qilinadi.
Eng ma’qul jadvalni shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi:
- ishlab chiqarishning boylik manbalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
darajasi;
- boylik manbalaridan foydalanish samaradorligi;
- tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan vositalar;
- jadvalning epchilligi, ya’ni uskunalarni avariya tufayli to‘xtab qolganda
va moddiy boylik manbalari to‘liq yetkazib berilmaganda uni amalga oshirish
imkoniyati.
Dostları ilə paylaş: