sho‘ba tarzida yozilgan.
Bizningcha, shu’ba leksemasining bu tarzda ikki xil yozilishiga sabab uning
asli talaffuzi va yozilishini bilmaslikdir. Shu’ba asli arabcha so‘z bo‘lib, uning
o‘zbek tilida dastlab qo‘llangan davrida arab yozuvi iste’molda bo‘lgan (20-asrning
30-yillarigacha). Arab yozuvida «u» va «o‘» tovushlari uchun bitta harf – «vov»
harfi qo‘llanishi ma’lum. Shu boisdan ham shu’ba so‘zining yozilishidagi ikki
xillik uning talaffuzini yaxshi bilmaslik oqibatida kelib chiqqan deb hisoblaymiz.
Xulosa qilib aytish mumkinki, izohli lug‘atlarda ijtimoiy-siyosiy terminlar
izohida ma’no jihatdan yaqinroq terminlar termin ma’nosini yaqqolroq tasavvur
qilish uchun keltirilsa-da, ular ko‘pincha mutlaq sinonim bo‘lavermaydilar. Shu
bilan birga shuni qayd etish kerakki, bunday lug‘atlarda ijtimoiy-siyosiy terminlar
ma’nolari izohi, pometalar qaydi hamda yozilishida ayrim kamchiliklarning
mavjudligi izohli lug‘atlarda ham soha terminlarida kamchiliklar borligidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: |