127
kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularni oldini
olish, bolani to‘g‘ri tarbiyalash, unga bilim berish yo‘llari va usul-
larini to‘g‘ri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar haqi-
dagi bilimlar to‘g‘ri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini
ularga o‘xshash boshqa alohida yordamga muhtojlardan ajratish,
alohida yordamga muhtoj bolalarni tegishli muassasalarga to‘g‘ri
saralash imkonini beradi.
Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad – vazifani hal etishda til-
shunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib
ish ko‘radi.
Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo‘lgan
nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi.
Nutqning asosiy tarkibiy qismlari: tovush, so‘z, so‘z birikmasi
va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikrni og‘zaki yoki yozma ra-
vishda ifodalash uchun xizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslik-
ning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug‘at va
stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan
birga, ifodali o‘qiy olish va to‘g‘ri so‘zlay olish qobiliyatiga ham ega.
Tabiiyki, logopedning o‘zi imloni yaxshi bilmay turib, o‘quvchilarga
hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun
og‘zaki nutq, nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped
so‘z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqtda
nutqida kamchiligi bo‘lgan bolani tarbiyalaydi, tarbiyalanuvchilar
yo‘lini yoritadi ham.
Dostları ilə paylaş: