O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
Maxsus pedagogika

Logopediya maxsus pedagogika – korreksion pedagogika 
fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o‘qituvchilari kabi 
ta’lim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, 
usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda 
qo‘llay olishi kerak. 
Logoped bolalarning psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi 
kerak. Bolalarni o‘z kuchiga ishontirishi, mashg‘ulotlarga havasini 
uyg‘ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning diqqatini to‘la jalb 
qila olish, materialni esda saqlab qolish yo‘llarini (mashq, ko‘r-
gazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, grammatik 
o‘yin kabi vositalarni) qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini yanada 
oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. 
Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshitib, yozganlarini 


128 
ko‘rib, kuzatib, mushohada yo‘li bilan o‘zlari fikr yuritadilar va 
berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab o‘zlashtirib boradilar. 
Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, 
bularning in’ikosi so‘z shaklida ifodalanadi, til hodisalari vositasida 
namoyon bo‘ladi. Inson o‘zi ko‘rgan va ta’sirlangan buyum yoki 
voqealarni so‘z yordamida nomlab, ularning mazmuni haqidagi 
taassurotlarni obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasavvurlar ko‘rinishida 
anglash, ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har qanday hodisaning 
miyada aks etishi va ongda mustahkam o‘rnashib qolishida nutq 
yetakchi vosita hisoblaadi. Modomiki shunday ekan, nutq aloqa 
bog‘lash jarayonida tafakkur kuragi bo‘lib xizmat qiladi.Shu bilan 
birga aloqa jarayonida nutq – ifodalash, biror narsani bildirish, 
anglatish va ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Fikrlash 
qobiliyati nutq negizida paydo bo‘ladi. Nutq kishi tafakkurining 
rivojlanish darajasini ham belgilab beradi. Nutqdagi kamchilik 
bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Og‘ir nutqiy kamchiligi bo‘lgan 
bolalarda intellektual kamchiliklar bo‘lishi, yuzaga kelishi mumkin 
va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy 
kamchiliklar kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning 
birlamchi va ikkilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. 
Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur o‘rganib nutq 
kamchiligi tufayli ruhiyatida paydo bo‘lgan ikkilamchi asoratlarni 
ajrata bilishi kerak. Agar aql idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli 
orqada qolgan bo‘lsa, bunday bola nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar 
uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar 
bog‘chasiga yuborilishi kerak. Bilish faoliyatining turg‘un buzulishi 
natijasida bola nutqi rivojlanmagan bo‘lsa, bu bolani oligofren 
bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar 
bog‘chasiga yuborish talab etiladi. 
Ma’lumki, nutq murakkab funksional sistemani o‘z ichiga 
oluvchi jarayondir. Bu sistemaning har bir tarkibiy qismi boshqa 
qismlari bilan mahkam bog‘langan. R.E.Levina va shogirdlari 
L.S.Vigotskiyning nutq va tafakkur haqidagi ma’lumotiga asoslanib 
turib, nutqni uch tarkibiy qismga bo‘lib: fonetiko-fonematik, leksik 
va grammatik nutqqa ajratib o‘rganishni tavsiya etadi. Ana shu 
uchchala qism kishining yaxlit nutq sistemasini tashkil etadi. Nutqida 


129 
kamchiligi bo‘lmagan va kamchiligi bo‘lgan bolalarda nutq sistemasi 
har xil darajada rivojlanadi. Nutq sistemasining fonetiko-fonematik 
qismi tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq ma’romi, sur’ati, ravonligidan, 
shuningdek idrok qobiliyatidan tashkil topadi. Leksik va grammatik 
qismlari tilning lug‘at boyligi va grammatik qurilishini o‘z ichiga 
oladi. Nutq sistemasida leksik qism yetakchi o‘rinni egallaydi. Bola 
nutqida so‘zlar soni kam, ya’ni nutqning leksik qismi rivojlanmagan 
bo‘lsa, fonetiko-fonematik, grammatik qismlarida ham, ma’lum 
kamchiliklar yuzaga keladi, butun nutq sistemasida yetishmov-
chiliklar kuzatiladi. Fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, 
masalan tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish tufayli so‘zlar 
leksikaning o‘zgarishi, nutqning grammatik tuzumiga ta’sir etadi. 
Sistemalilik prinsipi nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, 
oldini olish yo‘llari, usullarni to‘g‘ri belgilashga yordam beradi. 
Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondoshish asosida 
tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondoshish - bolaga har 
tomonlama ta’sir ko‘rsatishini ko‘zlab ta’lim-tarbiya jarayonida ham 
pedagogik, ham psixologik, ham meditsina metodlarini ishlatishdir. 
Rivojlanish prinsipi nutq kamchiligining kelib chiqish yo‘lini, 
uning rivojlanishini tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Bunda kam-
chilikning kelib chiqish sababalarini rivojlanish jarayonida qanday 
o‘zgarishlar natijasi ekanligini ko‘rsatish – asosiy vazifadir. 
Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga 
albatta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‘ir ruhiy 
kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ayrim 
so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib 
qo‘yishi bilan birga, uni atrofdagilar bilan muomala qilishida qiynab 
qo‘yadi, u gapirganda o‘z fikrini to‘la anglata olmaydi. Nutq 
kamchiliklarining og‘ir turlari (alaliya, rinolaliya, tutilib gapirsh va 
boshqalar) maktab dasturini o‘zlashtirishga, keyinchalik, kasb 
tanlashga, ba’zan, umuman o‘qishga to‘sqinlik qiladi, bilish faoliyati 
rivojlanishini susaytiradi, ba’zilarida intellektual yetishmovchiliklar 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu nuqtayi nazarda, nutqdagi 
kamchiliklarni boshqa ruhiy jarayonlar bilan bog‘langan holda 
o‘rganish prinsipiga amal qilish nihoyatda zarur. 
Nutq kamchiliklari ko‘p hollarda biologik va ijtimoiy 
omillarning birgalashib ta’sir o‘tkazishi natijasida paydo bo‘ladi. 


130 
Logopedik ishning samarodorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish 
sabablari, mexanizmlari, turlarini to‘g‘ri aniqlashga bog‘liqdir. Bu 
o‘rinda ontogenetik, etiopatogenetik prinsiplarni ahamiyati katta. 
Nutq kamchiliklarini o‘rganish, aniqlash, ularni bartaraf etishda 
logoped barcha didaktik prinsiplarga tayangan holda ish tutadi. 
Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga xos xususiyatlarni 
hisobga olish, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirish, 
ta’limning o‘quvchilarga xos bo‘lishi, ta’lim va tarbiyaning birligi 
prinsipiga amal qilish, onglilik, aktivlik va mustaqillik kabi 
prinsiplarning ahamiyati ayniqsa katta. 
Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yorlaridan 
chetga chiqish deb ta’riflanadi. O.V.Pravdina o‘zining «Logopediya» 
kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha harakterlagan: 
– Nutq nuqsoni o‘z-o‘zidan barham topmaydi, balki vaqt o‘tgan 
sari yanada mustahkamlanib, zo‘rayib boradi. 
– Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi. 
– Nutqiy nuqsonlari bo‘lgan kishilar logopedik yordamga 
muhtoj bo‘ladi. 
– Og‘ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy 
rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Yuqoridagi ko‘rsatilgan nutq nuqsonlari o‘z xususiyatlari 
jihatidan bolalarda va katta yoshdagi kishilarda ba’zan vaqtincha uch-
rab turadigan nutqiy kamchiliklardan farq qiladi. Yosh bolalarda, 
keyinchalik o‘zidan-o‘zi to‘g‘rilanib, barham topib ketadi. Kattalarda 
esa bunday hodisalar asosan charchash, hayajonlanish, asabiylashish 
natijasida uchrab turadi. Ular ko‘pincha o‘z xatolarini sezib, bularni 
tuzatishga harakat qiladilar. Goho esa sezmasliklari ham mumkin. 
Lekin vaqti bilan bunday xatolar ham o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanib ketadi. 
Nutqiy nuqsonlar ajnabiylarda, boshqa millatli kishilarda ham 
kuzatilishi mumkin. Ular tilni o‘rganib borganlari sari, nutqdagi 
kamchiliklar barham topib boraveradi. 
Nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablariga ko‘ra logopediya 
fanida organik va funksional xillarga bo‘linadi. Organik nutq 
nuqsonlari nutqiy analizatorning tuzilishidagi kamchiliklarga 
aloqador bo‘lib, bu analizatorning qaysi bo‘limida shikastlanganiga 
qarab markaziy yoki periferik turlarga bo‘linadi. Funksional nutq 


131 
nuqsonlarida analizator tuzilishida o‘zgarishlar kuzatilmaydi. No-
to‘g‘ri tarbiya ota-ona, tarbiyachi yoki o‘qituvchi nutqidagi kamchi-
liklarga taqlid etish natijasida yoki noo‘rin reflekslarning mustah-
kamlanib qolishi funksional nutq nuqsonlariga sabab bo‘lishi 
mumkin. Funksional nuqsonlar nerv jarayonlari o‘rtasidagi muvoza-
natning buzilishi, analizator faoliyatidagi boshqa kamchiliklardan 
kelib chiqishi ham mumkin. 
Nutq analizatori qaysi bo‘limining o‘zgarib qolganiga qarab 
funksional nutq nuqsonlari ham markaziy yoki periferik xarakterda 
bo‘ladi. 
Logopediya fani surdopedagogika va tiflopedagogikalar ichidan 
ajralib, X1X asrning ikkinchi yarmida tibbiy fanlarning alohida bir 
oqimi bo‘lib vujudga keldi. Nutq nuqsonlarini asosan shifokorlar 
tuzatishar edi, biroq «davolash» ishlari yaxshi natija bermas edi. 
Nutqiy kamchiliklarning ayrim belgilari nuqson sifatida o‘rga-
nilar edi. Nutq komponentlari, nutqning sistemali tuzilishi haqidagi 
ma’lumotlar o‘sha davrlarda hali bo‘lmaganligi tufayli, nutq kamchi-
liklarini o‘rganish, aniqlash, bartaraf etish usullari ham noto‘g‘ri 
belgilangan. Asosan mexanik mashqlardan foydalanilar edi. 
Hozirgi kunda logopediya fani pedagogik va psixologik, tibbiy, 
lingvistik fanlar asosida, shularga tayangan holda rivojlanib bor-
moqda.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin