Rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalarning
ijtimoiy-maishiy moslashuvi
Ijtimoiy moslashuv (adaptatsiya) – individni ijtimoiy muhit
sharoitlariga doimiy, faol moslashuvi, hamda bu jarayon natijasi.
Garchi ijtimoiy adaptatsiya muntazam kechsa da, bu jarayon odatda
vaqti – vaqti bilan individ va uni atrofidagilar hayotida va faoliyatida
eng ahamiyatli o‘zgartirishlar bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy adap-
tatsiyadagi markaziy aspekt-individning ijtimoiy rolini qabul qilishi
hisoblanadi. Ijtimoiy adaptatsiyada kompleks reabilitatsiyalar tizimi
119
imkon qadar yuqori darajadagi tayyorgarlikni ta’minlaydi. U taqdim
etilgan uchta ko‘rinishdagi asosiy bosqichlarda bo‘lishi mumkin:
adaptatsion – diagnostic, korreksion va integratsion, ularning har biri
o‘ziga xos vazifalarni amalga oshiradi.
Birinchi bosqichda bola shaxsining rivojlanishiga tashxis
qo‘yiladi, va u bilan reabilitatsion imkoniyati va eng maqbul
korreksion – tarbiyaviy ishlari aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda bola bilan reabilitatsiya tadbirlari tashkil
etiladi va o‘tkaziladi, hamda ota-onasi yoki tarbiyachi reabilitatsion
texnologiyalarga o‘qitiladi.
Uchinchi bosqichda ijtimoiy jamiyatda bolani integratsiyalash
yollari aniqlanadi va ma’lum davr orasida jami kompleks reabili-
tatsiya olib boriladi.
Alohida yordamga muhtoj bolani kompleks reabilitatsiyalash
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: “ tibbiy, psixologik, pedagogik va ijti-
moiy – iqtisodiy qabul qilingan tizim va jarayon, bartaraf etish, kor-
reksiyalashga yo‘naltirilgan yoki to‘liq kompensatsiya”. Uning maq-
sadi “alohida yordamga muhtoj bolaning ijtimoiy mavqeini, moddiy
jihatdan mustaqilligini va uning ijtimoiy moslashishini reabili-
tatsiyalash” .
Maxsus o‘quv muassasalarida yoki internat turidagi muassa-
salarda tibbiy – ijtimoiy reabilitatsiya ishlari alohida yordamga
muhtoj bolalar uchun o‘quv jarayonini tashkil qilishda, ularning
ijtimoiy-maishiy moslashuvini amalga oshirish jarayonida, o‘ziga
xos tomonlarini aniqlashda amalga oshiriladi.
Ijtimoiy reabilitatsiya orqali bola shaxsining o‘ziga xos psixo-
logik xususiyatlari rivojlantiriladi. Jarayon davomida rivojlanishida
murakkab ko‘p nuqsonli bola bilan vujudga keladigan g‘oyat katta
miqdordagi ichki va tashqi omillar bilan bog‘liq bir qator muammolar
bola rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.Ushbu jarayonni samarali
boshlash uchun ularning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, ijobiy va
salbiy tomonlarini, ta’sir etish natijalarini oldindan ko‘rish va
korreksiyalashni o‘z vaqtida boshlash kerak.
V.A.Slasteninning fikriga ko‘ra, ijtimoiylashuvi (sotsializa-
tsiya) jarayonida inson shaxsi tiklanadi, u ijtimoiy funksiyalarni
bajarish qobiliyatini egallaydi, ya’ni uni rivojlanishini, o‘z mavqeini
belgilab olishi va o‘zi amalga oshirishini nazarda tutadi. Bu vazifalar
120
izchillik bilan, aniq maqsadga qarab hal qilinadi. Bu aniq maqsadga
qarab uyushgan ijtimoiy jarayonni boshqarish - ta’lim deb nomlanadi.
Ta’lim tushunchasidan (“qiyofa” so‘zidan) shaxsning yagona
jismoniy va ma’anaviy jarayoni tushuniladi, sotsializatsiya jarayoni
ayrim benuqson qiyofalar, tarixiy bog‘liqlikda, jamoat ongida ortiq-
roq yoki kamroq ijtimoiy aniq o‘lchamlarda tushuniladi (masalan,
o‘zaro mos rivojlangan shaxs va boshqalar).
Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonida
korreksion ishlarning ahamiyati katta. Bu ishlar qanchalik sifatli
amalga oshirilsa, bolaning shunchalik bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘zlashtirishi oson kechadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi
uzluksiz ta’lim tizimidagi maktabgacha va maktab yoshdagi jismoniy
yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan turli toifadagi bolalar bilan
ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari hamda ixtisos-
lashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayoni
korreksion yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. O‘qituvchi, defektolog
va tarbiyachilar har bir mashg‘ulotda korreksion ishlarini turli usullar
bilan amalga oshirishga harakat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
etish vazirligi tasarrufidagi internat turidagi bolalar “Muruvvat” uyla-
rida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar bilan korreksion rivojlantiruvchi
ishlarning olib borilishi muhim ahamiyatga ega.
Bolalar “Muruvvat” uyida rivojlanishida murakkab ko‘p
nuqsonli bolalar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar ushbu
toifadagi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda
yaratilgan tizim asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, jamiyat
taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga qodir, jismoniy va ma'naviy
yetuk avlodni kamolotga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqillik yillarida millatlar va elatlar, aholining ijtimoiy qat-
lamlarini huquqiy muhofaza qilish uchun mustahkam zamin yaratildi.
Mamlakatimizda bolalarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish,
onalik va bolalikni muhofaza etish masalalari davlat siyosati dara-
jasida ko‘rilmoqda.
121
Jumladan: O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
a'zo bo‘lishi, “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyaning ratifi-
katsiya qilinishi va “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunning qabul qilinishi yoshlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘r-
likning yorqin namunasidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning
zamirida eng avvalo kelajak avlodning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi,
hech kimdan kam bo‘lmay dunyo arenalarini zabt etishga qodir
farzandlar bo‘lib yetishishi muhimdir. Ayniqsa, yetim va ota-ona
qaramog‘isiz qolgan, nogiron, rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli
bolalarning ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va jamiyatning ustuvor
vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida
O‘zbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan kishilar-
ning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta’minlash,
turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, ta’limni
tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va
samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun
ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash borasida talaygina
ishlar amalga oshirib borilmoqda.
Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli
ta’sirlanadi. O‘sib kelayotgan bola organizmi, uning miya tuzilishi-
ning ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda tashkil
etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar
bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarni
oldini olishga yordam beradi. Bularning hammasi bolani mustaqil,
hech kimga qaram bo‘lmagan holda hayot kechirishga tayyorlash
omillaridir.
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Sog‘liqni
saqlash vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turli mintaqa-
larida – Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Farg‘ona vodiysida uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning
salomatligi va rivojlanishida majmuaviy baholash o‘tkazildi.
Monitoring Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi
standartlari asosida amalga oshirildi. Bu tadqiqotlarning xulosalari
asosida aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, erta tashxis va
barvaqt aralashuv muammolari hal etildi. Toshkent shaxridagi ikkita
oilaviy poliklinikada “Barvaqt aralashuv xizmati” ish boshladi.
122
“Barvaqt aralashuv xizmatini yaratish to‘g‘risidagi nizom”ga
muvofiq alohida ehtiyojli bolalarga barvaqt majmuaviy korreksion
psixologik yordamning uslubiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqildi.
Bola rivojlanishidagi buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni,
zaruriyat bo‘lganida, bolalar nogironligi va rivojlanishdagi ikkilam-
chi buzilishlarni oldini olish uchun chuqur tibbiyy va psixologik-
pedagogik tekshiruvga yo‘llashda yordamlashadi. Bola rivojlani-
shidagi kamchilik qancha erta aniqlansa, uni hal qilish shunchalik
oson kechadi.
Internat turidagi bolalar “Muruvvat” uylari tarbiyalanuv-
chilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va psixologik-pedagogik kuza-
tib borish yuzasidan ishlab chiqilgan va amalda qo‘llanilayotgan
shakllari ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanishning yana bir
namunasi hisoblanadi. Bu toifadagi bolalar uchun Respublika bolalar
ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlari individual korreksion-
rivojlantiruvchi dasturlar, abilitatsiya va reabilitatsiya dasturlarini
tuzdilar. Endilikda internat turidagi muassasalarda bolalarni
mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan ijtimoiy-maishiy hamda
kasbiy tayyorgarlikni amalga oshiruvchi ishlar maxsus ishlab
chiqilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tizimi bo‘yicha olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |