O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Maxsus pedagogika

artikulyatsion dispraksiyaning namoyon bo‘lishi hisoblanadi, bu esa 
maqsadli harakatlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradi va 
tovushlarni talaffuz qilishdagi nuqsonlarni yanada og‘irlashtiradi. 
Bolalar serebral falajida logopedik ishlarning asosiy vazifasi artikul-
yatsion holat va harakatlarni his etishni rivojlantirish, artikulyatsion 
dispraksisni oldini olishdir. Artikulyatsion harakatlarni his etishni 
yaxshilash uchun qarshilik ko‘rsatish mashqi, ko‘zgu yordamida 
ko‘rib nazorat qilish mashq va yopiq ko‘zlar bilan nazorat qilish 
mashqlarini almashtirib bajarish ishlari qo‘llaniladi.
Bolalar serebral falajida nutqiy buzilishlarni iloji boricha erta 
aniqlash va korreksion-logopedik ishlarni o‘z vaqtida boshlash juda 
muhim hisoblanadi. Logopedik tekshirish vaqtida bolaning 
artikulyatsion, nafas va ovoz apparatlarining holatini va ishlash 
vaqtidagi hamkorligi darajasini aniqlab olish zarurdir. Buning uchun 
esa quyidagilarga: yuz muskullarining tonusiga; majburiy va keskin 
harakatlar, tonus o‘zgarishining mavjudligiga; harakatlarning 
hajmiga; og‘izning avtomatlashgan harakatlarining mavjudligi yoki 
mavjud emasligiga; logopedning barmog‘i yordamida og‘iz va og‘iz 
atrofi sohalarini stimullash – jalb qilish jarayoniga javob 
reaksiyasining mavjudligiga e’tibor qaratish lozim.
Og‘iz mushaklari tonusi holatini tekshirib ko‘rish muhimdir: 
jag‘larning harakatsiz va harakat vaqtidagi holatini; lablarning 


114 
harakatchanligi, tonusi va o‘zaro simmetriyasini; til muskullari 
tonusi, alohida harakatlarni bajara olishi, bir harakatdan boshqasiga 
o‘ta olishini; qattiq va yumshoq tanglay mushaklarini; nafas ritmi va 
hajmi, nafas va nutq, nafas olish va nafas chiqarish orasidagi 
koordinatsiyani (ovoz reaksiyalarini), bolaning nafas olishi tana yoki 
bosh harakatlari bilan birgalikda kuzatilishini tekshirish. 
Bolaning ichki va tashqi nutqini, uning balandligi va kuchini, 
tovushlarni talaffuz qilishini, fonematik idrokini, nutqning leksiko-
grammatik tomonlarini aniqlab olish kerak bo‘ladi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin