O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Nafas va tovushning artikulyatsion xususiyatlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Maxsus pedagogika

 
Nafas va tovushning artikulyatsion xususiyatlari 
Ilk yoshdagi falaj bolalarning artikulyatsiya a’zolari lab, til 
mushaklarining pay tortishi, passivligi giperkinez holati deb 
izohlanadi. Bunda lab va tilning to‘g‘ri va faol harakatlanishi buziladi 
va bu so‘rish va yutish kabi holatlar qiyinlashishiga olib keladi. Yuz 
ifodasidagi mimik holatlar yo‘qoladi. Ba’zan nafas olish faoliyati 
buziladi: noritmiy, tez tez va tutilib hamda yutinib nafas olish kabi 
holatlar kuzatiladi 
Til mushaklarining buzilishi til a’zosining patologik shakli 
o‘zgarishiga olib keladi. Artikulatsiya organlarining tonus o‘zgarishi 
turli notabiiy holatlarda o‘z aksini topadi. Bolalarning ovozi va holati 
past hamda nimjonroq qiyofada gavdalanadi 12 oylik. Biror narsa 
yoki o‘yinchoqlarni ushlab turishda qiynaladi va ularni qo‘lidan tez-


116 
tez tushirib yuboradi. Oyoqlari bukilmaydi, emaklay olmaydi, 
tanasining faqat bir qismidan foydalanadi. 
18 oylik. Tik turganda muvozanatni yaxshi tutib turolmaydi. 
O‘ynaganda faqat bitta qo‘lidan foydalanadi. Bir oyog‘i qotib qolgan 
bo‘lishi mumkin. Tana og‘irligini faqat bir tomonga tashlagan holda 
o‘tiradi.
Ovqatlantirish paytida ovoz tovushida va nafas olishda salbiy 
o‘zgarishlar kuzatiladi. Til va lab faol harakatida cheklanishlar 
yuzaga keladi. Bu holat asosan bola tili chiqqunigacha bo‘lgan davrda 
sodir bo‘ladi 
 
Tayanch harakat a’zolarining rivojlanish hususiyatlari 
Bolalar maxsus stulda o‘tirishadi. Boshini ushlash, qo‘lida 
o‘yinchoqni o‘ynay olish kabi holatlarda faollikning susayishi 
kuzatiladi. Kattalar yordamida oyoqda tik turishi va harakatlanishi 
mumkin, lekin oyoqni bukishda turli murakkabliklar kuzatilishi 
mumkin. Ayrim bolalar mustaqil o‘tira olishadi 
Lab va til mushaklarining patologik holatining buzilishi og‘iz 
bo‘shlig‘i a’zolarining harakati susayishiga va qiyinlashishiga olib 
keladi. Deyarli, barcha bolalarda fikrini so‘z bilan ifodalashda va 
so‘zlarni talaffuz qilishda qiynalish kabi holatlar yuzaga keladi. 
Bundan tashqari, ular biror narsani tishlash va chaynashga qiyna-
lishadi Tayanch-harakat a’zolari falajlangan bolalardagi nuqson 
shaklini va darajasini erta aniqlash asosida ikkilamchi nuqsonlarni 
oldini olish, nuqsonlarni samarali korreksiyalash maqsadida ilk 
yoshdan yordam berish lozim. Bolaga ilk yosh davrdan berilgan 
kompleks (mujassam) chora tadbirlar ularni kelajakda umumta’lim 
tizimida samarali ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlaydi, ya’ni inklyu-
ziv ta’lim tizimiga jalb etish imkoniyatining kengayishiga olib keladi. 
Bolalardagi nuqson turi va darajasini hisobga olib erta reabilita-
tsiya qilish, ya’ni davolov chora-tadbirlarning uchta turi farqlanadi: 
- Tibbiy-pedagogik reabilitatsiya. Bunda tayanch harakat 
a’zolari falajlangan bolaning tibbiyot xodimlari tomonidan jismoniy 
holatidagi kamchiliklarni tiklash bilan barobar korreksion pedagogik 
ishlar ham olib boriladi. Reabilitatsiyaning bu turi bolani jismoniy va 
pedagogik jihatdan rivojlantiradi. 


117 
- Kasbiy reabilitasiyaning maqsadi tayanch harakat a’zolari 
falajlangan bolalarni mutaxassis defektologlar, pedagog va boshqalar 
tomonidan maxsus korreksion ishlarni olib borilishini ko‘zlaydi. 
- Psixologik reabilitasiya. Reabilitatsiyaning bu turi tayanch 
harakat a’zolari falajlangan bolalarning psixologik rivojlanishdagi 
nuqsonlarni oldini olishga, emotsional doirasini, individual shaxsiy 
xususiyatlarini yaxshilashga, ijtimoiy moslashuvini samaradorligini 
oshirishga qaratiladi.
Quyida serebral falaj bolani ilk yoshidan ya’ni nutqini 
rivojlanishgacha bo‘lgan davrda oilada ota-onalar tomonidan va 
maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’lim-tarbiya jarayonida olib 
boriladigan korreksion-pedagogik ishlar, yoritilgan.
Serebral falajlangan bolalar bilan ilk yosh davrda olib boriladi-
gan reabilitatsion ishlarni oilada va maktabgacha tarbiya muassa-
salarida uzviy bog‘langan holda olib borish lozim. Davolov-korrek-
sion-rivojlantiruvchi, reabilitatsion ish tizimi fizioterapevt, davolov-
chi jismoniy tarbiya mutaxassisi, nevropatolog, logoped va oligofre-
nopedagogning hamkorlikdagi kompleks ishi asosida amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin