ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR REABILITASYASIDA FOYDALANILADIGAN ATAMALAR LUG‘ATI Abilitatsiya –nuqsonlar mavjudligi tabiiy ravishda jamiyatda
shaxs sifatida shakllanishini qiyinlashtirgani sababli individ
qobilyatlari va organizmni funksional tizimini rivojlantirish va
shakllantirishga qaratilgan kompleks chora tadbirlardir.
Abuliya –iroda va faoliyat nuqsonlari hamda shaxs motiva-
tsiyasi sohasidagi buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs nuqsonlari.
Agressivlik – boshqa odamlarga nisbatan negativ va urushqoq-
likda namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyati.
Adaptatsiya– atrof - muhit o‘zgarishlariga organizm yoki
shaxsning moslashuvi.
Adaptivlik – ontogenezda turli xil moslashish mexanizmlar
yordamida organizmning tashqi va ichki muhit o‘zgarishlariga
moslashuv qobilyati.
Adaptik xulq-atvor – bu insonning hayotda ro‘y beradigan turli
voqealarga moslashishga yordam beradigan xulq-atvori.
Psixik adaptatsiya - atrof muhit talablariga mos ravishda inson
psixikasining streotiplar dinamikasini qayta qurish xususiyati.
Ijtimoiy adaptatsiya – bu individning jamiyatda qabul qilingan
qonun va normalar, qadriyatlarni o‘zlashtirgan holda ijtimoiy
muhitga aktiv moslashuvi.
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya - shaxs va gruppaning o‘zaro
munosabatlarini optimallashtirish, ularni faoliyat maqsadlarini
yaqinlashtirish.
Akseleratsiya – bu bolalar va o‘smirlarning somatik va fizio-
logik jihatdan tez yetilishi bo‘lib, bu jarayon ularning qomat va tana
og‘irligini o‘zgarishi jinsiy jihatdan erta yetilishlarida ko‘rinadi.
Shaxsning faolligi – bu shaxsning muloqotda, irodaviy aktlarda
moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish asosida ijtimoiy muhim
bo‘lgan o‘zgarishlarni yarata olish qobiliyati.