139
Bradilaliyaning boshlanishida tarbiya, taqlid qilish, intoksikatsiya va
astenizatsiya kabi omillar ham ahamiyatga ega.
Bradilaliya ichki va tashqi nutq tezligi va maromining buzilishi,
ovozning bir xil, monoton bo‘lishi, so‘zlar
orasidagi pauzalarni
uzaytirib yuborish-so‘zlarni cho‘zib gapirish, tovushlar orasidagi
pauzalarni uzaytirib yuborish bilan namoyon bo‘ladi va hokazo.
Bradilaliya aksari asabiy yoki ruhiy kasallikka aloqador bo‘ladi.
Bradilaliya markaziy nerv sistemasining
organik kasalliklari, bosh
miya shikastlanishi, unda o‘sma paydo bo‘lishi natijasida ham uchrab
turadi.Bunday hollarda nutq sur’atining buzilishi, aynishi, umumiy
motorikaning sekinlashuvi,
susayishi, tormozlanish umumiy
loqaydlik bilan birga uchraydi.
Taxilaliya- (tezlashgan nutq) nutq sur’atining patologik
tezlashishi,
haddan tashqari bidirlab, tez gapirish taxilaliya deb
yuritiladi. Taxilaliyaga, odatda, tashqi va ichki nutqning tezlashuvi-
dan tashqari umumiy motorikaning va boshqa ruhiy jarayonlarning
tezlashishi, odatdan tashqari faollik, jonsaraklik ham xos bo‘ladi.
Gapda
tutilib qolish, iboralarni qaytarish, qo‘shimchalar o‘rnini
almashtirib yuborish, gapni buzib gapirish
va fikrlarni noaniq
ifodalash kabi kamchiliklar ko‘p uchraydi.
Taxilaliya nutq tezligi buzilishining mustaqil shakli ekanligini
birinchi marta Yu.A.Florenskaya 1933 yilda isbotlab bergan.
Taxilaliya ba’zan tashqi muhit omillariga (tarbiyaning noto‘g‘ri
bo‘lishi, taqlid qilishga) ham bog‘liq bo‘ladi. Olimlar tomonidan
taxilaliyaning nasldan-naslga o‘tishi ham isbotlangan.
Shunday qilib, nutq sur’ati, ravonligidagi nuqsonlar-bradilaliya
va taxilaliya murakkab, bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir
etuvchi nuqsonlar bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: