O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
Maxsus pedagogika

 
Sistemali nutq buzilishlari 
 
Alaliya (grekcha a-yo‘q, lali-nutq, gapiraman)-umumiy nutq 
rivojlanishining kattagina kamchiligi, fiziologik eshitish qobilyati 
saqlangan holda gapira olmaslik, soqov bo‘lish.Bu nuqson nutqning 
batamom yo‘qligi yoki uning kam taraqqiy etganligi bilan xarak-
terlanadi. 


140 
Olimlarning ta’kidlashicha, alaliya bosh miyaning chap yarim 
sharidagi nutqni idora etuvchi zonalarning homiladorlik davrida yoki 
bolaning ilk yoshida jarohatlanishi, kam taraqqiy etganligi natijasida 
vujudga keladi, analizatorlarning faoliyati sekinlashadi. Alalik 
bolalarning butun nutq sistemasi, ya’ni barcha tomonlari: fonetik-
fonematik, leksik va grammatik komponentlari rivojlanmagan 
bo‘ladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, alalik bolalarning ba’zilarida 
jismoniy va aqliy rivojlanish ham sekinlashadi.Bu hol ularni boshqa 
kamchiliklari bor bolalardan ajratib olishda qiyinchiliklarni tug‘di-
radi. Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar ikkilamchi hodisa 
sifatida vujudga keladi.Gapira olmaslik serjahillikka, odamlarga 
aralashmaslik, parishonxotirlikka, ruhan qiynalish va boshqa noxush 
fazilatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Alaliya barham topib, nutq tiklanadigan bo‘lsa, ulardagi 
ikkilamchi hodisalar kamayadi yoki batamom yo‘qolib ketadi. Alalik 
bolalar oligofren bolalardan o‘zining ongi, idrokliligi bilan ajralib 
turadi. 
Logopediya fanida alaliyaning turli xil tasniflari mavjud.Shartli 
ravishda alaliya motor va sensor turga bo‘linadi.
Afaziya (grekcha a-yo‘q, fazis-ovoz, nutq)-ovoz chiqmasligi, 
gapira olmaslikdan iborat nutq buzilishidir. Bu nuqson markaziy nerv 
sistemasi nutqini idora etuvchi zonalarning zararlanishi natijasida 
vujudga keladi. 
Ko‘p hollarda afaziya keksa yoshdagi kishilarda, gipertonik-
larda (qon bosimi baland kishilarda) miyaga qon quyilishi natijasida 
paydo bo‘ladi. Biroq bu nuqson bolalarda ham kuzatilishi mumkin. 
Psixolog A.R.Luriya va safdoshlarining asarlarida katta miya 
yarim sharlari jarohatlanishi, kasallikka uchrashi natijasida paydo 
bo‘ladigan nutq kamchiliklarining hammasi afaziya qatoriga 
kiritiladi. Ular afaziyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadilar: 
1) Dinamik afaziya 
2) Efferent motor afaziya 
3) Afferent motor afaziya 
4) Semantik afaziya 
5) Sensor afaziya 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin