II bob. Mexanik hodisalar
66
66
39-rasm.
40-rasm.
Ko‘rilgan tajribadan suyuq
likka botirilgan jismga uni yuqo
riga
ko‘taruvchi kuch ta’sir eti shini bilib olamiz. Demak, jismning suzishi yoki
cho‘kib ketishi shu ko‘taruvchi kuchning jism og‘irligidan katta
yoki kichik
bo‘lishiga bog‘liq ekan. Xo‘sh, bu kuch kattaligi qanday aniqlanadi. Buning
uchun navbatdagi tajribani o‘tkazamiz. Zichligi suvdan katta bo‘lgan kub
shaklidagi jismni dinamometrga osib, havoda og‘irligi aniqlanadi. Idishning
jo‘mragiga qadar suv to‘ldiriladi (40-rasm). So‘ngra
dinamo metrga osilgan
yukni suvli idishga tushiriladi. Bunda suv toshib, tarozi ustiga qo‘yilgan
menzurkaga tushadi. Bundan oldin menzurka tarozi ustiga qo‘yilganda,
tarozining ko‘rsatishi belgilab olinadi. Menzurkaning suv bilan birgalikdagi
massasidan unga tushgan suv massasi aniqlanadi. Menzurkadan toshib
chiqqan suv hajmi ham aniqlanadi. Bunda jismning o‘lchamlari chizg‘ich
bilan
aniqlanib, hajmi
hisoblansa, toshib chiqqan suv haj miga tengligi kelib
chiqadi. Shu suvning og‘irligi hisoblansa, aynan suvga botirilgan jismning
havodagi og‘irligi
P
h
bilan suvdagi og‘irligi
P
s
orasidagi farq
F =
P
h
−
P
s
ga
tengligi ko‘rinadi.
Demak, yuqoriga ko‘taruvchi kuch jism siqib chiqargan suyuqlik
og‘irligiga teng bo‘lar ekan.
Bu qonuniyatni birinchi bo‘lib tajriba
asosida qadimgi grek olimi,
fi zik va matematik Arximed (eramizdan oldingi 287–212-yillar) aniqlagan.