Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Amaliy topshiriq
Stakan yarimigacha suv quying. Og‘zini qog‘oz bilan berkitib, 
qo‘l bilan qog‘ozni tutib stakanni ag‘daring. Stakandagi suv 
to‘kilmaydi. Sababini tushuntiring.
1. Atmosfera bosimi mavjudligini yana qanday tajribalar tasdiqlaydi?
2. Nima sababdan atmosfera bosimi o‘zgarib turadi?
3. Atmosfera bosimi Yerdan yuqoriga ko‘tarilgan sari qanday o‘zgarib boradi?
24-MAVZU
ARXIMED QONUNI VA UNING QO‘LLANILISHI
Suvga mix yoki kichkina tosh tashlansa, cho‘kib ketadi. Lekin katta 
yog‘och g‘o‘la, qayiq va ulkan kemalar suvda suzib yuradi. Bunga sabab 
nima? Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘raylik.
Dinamometrga suvda cho‘ kadigan biror jismni osib, uning og‘irligini 
o‘lchaylik. So‘ngra uni suvli idishga tushiraylik (39-rasm). Bunda 
dinamometr ko‘r satishi ka maygan ligini ko‘ra miz. Agar jism zichligi suvni-
kidan katta bo‘l gan boshqa su yuqlikka botiril sa, dinamometr ko‘rsatishi 
yanada kamayadi.


II bob. Mexanik hodisalar
66
66
39-rasm. 
40-rasm.
Ko‘rilgan tajribadan suyuq 
likka botirilgan jismga uni yuqo 
riga 
ko‘taruvchi kuch ta’sir eti shini bilib olamiz. Demak, jismning suzishi yoki 
cho‘kib ketishi shu ko‘taruvchi kuchning jism og‘irligidan katta yoki kichik 
bo‘lishiga bog‘liq ekan. Xo‘sh, bu kuch kattaligi qanday aniqlanadi. Buning 
uchun navbatdagi tajribani o‘tkazamiz. Zichligi suvdan katta bo‘lgan kub 
shaklidagi jismni dinamometrga osib, havoda og‘irligi aniqlanadi. Idishning 
jo‘mragiga qadar suv to‘ldiriladi (40-rasm). So‘ngra dinamo metrga osilgan 
yukni suvli idishga tushiriladi. Bunda suv toshib, tarozi ustiga qo‘yilgan 
menzurkaga tushadi. Bundan oldin menzurka tarozi ustiga qo‘yilganda, 
tarozining ko‘rsatishi belgilab olinadi. Menzurkaning suv bilan birgalikdagi 
massasidan unga tushgan suv massasi aniqlanadi. Menzurkadan toshib 
chiqqan suv hajmi ham aniqlanadi. Bunda jismning o‘lchamlari chizg‘ich 
bilan aniqlanib, hajmi hisoblansa, toshib chiqqan suv haj miga tengligi kelib 
chiqadi. Shu suvning og‘irligi hisoblansa, aynan suvga botirilgan jismning 
havodagi og‘irligi P
h
bilan suvdagi og‘irligi P
s
orasidagi farq F = P
h
P
s
ga 
tengligi ko‘rinadi.
Demak, yuqoriga ko‘taruvchi kuch jism siqib chiqargan suyuqlik 
og‘irligiga teng bo‘lar ekan.
Bu qonuniyatni birinchi bo‘lib tajriba asosida qadimgi grek olimi, 
fi zik va matematik Arximed (eramizdan oldingi 287–212-yillar) aniqlagan. 


67

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin