63
Atmosfera bosimi. Torrichelli tajribasi
Masalan, Yer yuzidan 5,4 km balandlikda havoning
zichligi uning Yer yuzidagi zichligidan 2
marta
kichik, 11 km balandlikda 4 marta kichik bo‘ladi.
Yuqorilashgan sari havo siyraklasha borib, asta-sekin
havosiz fazoga o‘tadi. Atmosferaning aniq chegarasi
yo‘q. Havoni tashkil etgan zarralar og‘irlikka ega
bo‘lsa, nima sababdan ularning hammasi Yer sirtiga
tushib qolmaydi? Sababi shundaki, ular to‘xtovsiz
harakatda bo‘ladi. Unda
nima sababdan raketa kabi
ochiq kosmosga uchib ketmaydi? Gap shundaki, havo
zarralarining tezligi Yer tortish kuchini yengish
ga
yetmaydi. Buning uchun ularning tezligi 11,2
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Atmosfera bosimining mavjudligiga quyidagi tajriba
larni o‘tkazib
ishonch hosil qilish mumkin.
36-rasm.
Ishlatilgan tibbiyot shprisini olib,
porshenini eng quyi holatga
keltirib, igna uchini suvga tushi ramiz. Porshen yuqoriga ko‘tarilsa,
suv ham porshen ortidan ko‘ tariladi (35-rasm). Suv nima sababdan
ko‘tari
ladi? Ko‘zga dori tomizishda ishlatila
digan tomizgich (pipetka)
uchini suvga tushirib, orqa rezinasini bir
siqib olinsa, pipetka ichiga suv
kiradi. Pipet
ka suvdan olinganda, undagi suv to‘kil
masdan
turadi. Nega suvning og‘irligi bo‘lsa ham suv to‘kilmaydi?
Bularning sababi, atmosfera bosimining ta’siridir. Shpris
porsheni ko‘taril ganda, suv ko‘tarilmasa,
porshen va suv orasida
bo‘shliq paydo bo‘lar edi. Bo‘shliq suvga hech qanday ta’sir
ko‘rsatmaydi. Pastdagi idishdagi suvga atmosfera bosimi ta’sir
ko‘rsatib, suvni porshen orqasidan ko‘tarilishga majbur qiladi.
Pipetkadagi suv ham atmosfera bosimi tufayli to‘kilmaydi.
Atmosfera bosimini birinchi marta italiyalik olim E.
Torrichelli (1608–1647) o‘lchagan. Buning uchun uzunligi
1 m bo‘lgan bir uchi berk shisha nay olinib, uni simob bilan
to‘ldiriladi. So‘ngra ochiq uchini qo‘l bilan berkitib, to‘nkarilgan
holda, simobli idishga tushiriladi (36-rasm). Barmoq
olinganda
35-rasm.