Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


II bob. Mexanik hodisalar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

II bob. Mexanik hodisalar
64
64
shisha naydagi simobning bir qismi to‘kiladi. Nayning yuqori qismida 
havosiz bo‘shliq qolib, to‘kilmagan qismining balandligi taxminan 760 mm 
bo‘ladi (pastki idishdagi simob sathidan o‘lchanganda). Bunda ham naydagi 
simobning to‘kilmasligiga sabab, simob ustunining idishdagi simobga 
bergan bosimining atmosfera bosimi bilan muvozanatlashishidir. Demak, 
atmosfera bosimini naychadagi simob ustuni bergan bosim bilan o‘lchash 
mumkin ekan. Hozirgi kunda 0°C da turgan balandligi 760 mm bo‘lgan 
simob ustunining bosimini normal atmosfera bosimi sifatida qabul 
qilingan. Radio yoki televideniyeda ob-havo ma’lumotlari berilganda, 
atmosfera bosimini mm. sim. ust. larida ifodalab aytiladi. p = ρgh 
formuladan foydalanib, normal atmosfera bosimini paskallarda ifodalash 
mumkin. p = 13595,1
· 9,8
· 0,76 m ≈ 101360 Pa. 1 atm = 760 mm sim.
ust = 101360 Pa.
Torrichelli o‘z tajribasida naychadagi simob ustunining ob-havo 
o‘zgarishi bilan o‘zgarishiga e’tibor bergan. Bundan tashqari, atmosfera 
bosimi balandlik ortishi bilan ham kamayib boradi. Uncha katta bo‘lmagan 
balandliklarda har 12 m ko‘tarilganda, bosim 1 mm sim. ust. ga kamayishi 
aniqlangan.
Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbobga barometr deyiladi. Torri-
chelli tajribasini simob o‘rniga boshqa suyuqlik bilan o‘tkazilsa nima 
bo‘ladi? Boshqa suyuqliklarning zichligi simobnikidan ancha kichik 
bo‘lganligidan, suyuqlik ustunining balandligi katta bo‘ladi. Shunday suvli 
barometrda suyuqlik ustunining balandligi 10 m dan ko‘p bo‘ladi.
37-rasm. 
38-rasm.


65
Arximed qonuni va uning qo‘llanilishi
Atmosfera bosimiga nisbatan kattaroq yoki kichikroq bo 
simlarni 
o‘lchashda manometrdan foydalaniladi. Mano metrlar suyuqlikli va metalli 
bo‘ladi.
Suyuqlikda ishlaydigan oddiy manometr U ko‘rinishdagi naydan iborat 
bo‘lib, uning yarmigacha suyuqlik quyiladi (37-rasm). Nayning bir uchi 
ochiq, ikkinchisi esa bosimi o‘lchanadigan idishga rezina shlang orqali 
ulanadi. Shlang uchiga silindr shaklida idish kiydirilib yupqa rezina 
plyonka qoplanishi ham mumkin. Plyonkaga bosilsa, naylardagi suyuqlik 
ustunlari farqi hosil bo‘ladi.
Metall manometrning asosiy elementi (1) yoy shaklidagi nay bo‘lib, bir 
uchi berk (38-rasm). Ikkinchi uchi (4) jo‘mrak orqali bosim o‘lchanadigan 
idishga tutashtirilgan. Jo‘mrak ochilganda nay ichidagi bosim ortib egiladi. 
Egilish richag (5) va tishli g‘ildiraklar (3) orqali strelkaga (2) beriladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin