II bob. Mexanik hodisalar 60
60
22-MAVZU TINCH HOLATDAGI GAZ VA SUYUQLIKDA BOSIM Oldingi mavzuda suyuqlik va gazlarda ichki bosim mavjudligi aytilgan
edi. Bu bosimni tinch holatdagi bosim deb ham aytiladi. Suyuqlik yoki
gazni tashkil etgan zarralar o‘z og‘irliklariga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
har bir qatlam o‘z og‘irligi bilan pastdagi qatlamni bosadi. Ular to‘planib
idish tubiga beriladi. Bu bosimni, shu ningdek, gidrostatik bosim deb ham
yuritiladi. Uni hisoblab ko‘raylik.
30-rasm.
Suyuqlik ichida qalinligi Δh bo‘lgan qatlam olaylik (30-
rasm). Bu qatlam o‘z og‘irligi bilan pastki qatlamga bosim
beradi. Idish yuzasi S butun balandlik bo‘yicha o‘zgarmas
bo‘lsin. U holda qatlamning bergan bosimi
bo‘ladi.
ΔF – Δh qatlam og‘irligi. ΔF = Δ mg = ρ · ΔV · g = ρ · S · Δh · g dan
= = ρ g · Δh bo‘ladi. Idish tubiga berilgan bosim
qatlamlar bergan bosimlar yig‘indisiga teng:
p = ρgh. Unga ko‘ra, suyuqlikning idish tubiga bergan bosimi, yuzaga bog‘liq
bo‘lmasdan, faqat suyuqlik balandligiga bog‘liq bo‘lar ekan. Buning
isbotini quyidagi tajribada ko‘rish mumkin. 31-rasmda shakli va idish
tubining yuzasi turlicha bo‘lgan shisha naylar keltirilgan. 1 nayga ma’lum
bir balandlikkacha suv quyilsa, qolgan naylardagi suv sathi ham shu nay-
dagi suv sathi bilan bir xil bo‘lishi kuzatiladi. Tublari tu tashtirilgan idish lar sistemasigatutash idishlardeyiladi. Tutash idishlarga choynak, vodo provod tizimini misol sifatida keltirish
mumkin (32-rasm). Quyidagi tajri bani o‘tkazaylik.
Ikkita shisha nay olib, ularni rezina shlang yordamida ulaylik (33-
rasm). Rezina shlang o‘rtasini qisqich bilan mahkam siqib, bir tomoniga
suv quyaylik. So‘ngra qisqichni olib qo‘ysak, suv bir tomondan ikkinchi
tomonga oqib, ikkala tomonda bir xil sathda qolganligini ko‘ramiz.
Naylardan birini o‘z holida qoldirib, ikkinchi tomonini pastga yoki
yuqoriga siljitsak, suyuqliklar sathi bir xilligicha qoladi.