Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Ish va energiya haqida tushuncha



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Ish va energiya haqida tushuncha
Amaliy topshiriq
1. Uyda qog‘ozdan turli ko‘rinishdagi varrak yasang. Qaysi varrak-
da ko‘taruvchi kuch katta bo‘lishini asoslashga urinib ko‘ring.
2. Jismoniy tarbiya darsida futbol koptogini burchakdan tepib, 
burili shiga erishib ko‘ring.
1. Suyuqlikning dinamik bosimi deganda nimani tushunasiz?
2. Laminar va turbulent oqimlar qanday ta’rifl anadi?
3. O‘zingiz yashaydigan joyda oquvchi suvlar qanday ko‘rinishda oqishini 
ta’rifl ab bering.
26-MAVZU
ISH VA ENERGIYA HAQIDA TUSHUNCHA
Ertalab turib siz maktabga otlansangiz, ota-onangiz «ish»ga boradi. 
Maktabdan qaytib kelib, ota-onangizga uy-ro‘zg‘or «ish»larida qarashasiz. 
Xo‘sh, «ish» deganda nimani tushunamiz o‘zi? Kundalik turmushda «ish 
qilish» deganda, biz «mehnat qilish»ni ko‘zda tutamiz. Fizikada esa «ish» 
tushunchasi «mehnat» bilan hamma vaqt mos kelavermaydi. Mexanik ish 
deb biror-bir jismni kuch ta’sirida ma’lum bir masofaga ko‘chirishga 
aytiladi (48-rasm). Mexanik ishni A harfi bilan belgilanadi. U holda ishni 
hisoblash formulasi
Ish = kuch × yo‘l. A = F · s,
bo‘ladi.
A – ish, F – kuch, s – yo‘l.
Ish birligi [A
 
= 1N · 1 m = 1 Joul. Qisqacha 1 J yoziladi. Bu birlik 
ingliz olimi J. Joul (1818–1889) sharafi ga qo‘yilgan.
Agar jismga ta’sir etayotgan kuch yo‘nalishi, ko‘chish bilan o‘zaro tik 
bo‘lsa, bunday kuch ish bajarmaydi. Masalan, mashina ustiga ortilgan 
yuk o‘z og‘irligi bilan uni bosadi. Mashina esa bu paytda yukni ma’lum 
masofaga olib boradi. Yukning og‘irlik kuchi ko‘chishga tik yo‘nalganligi 
uchun ish bajarmaydi. Bunda mashina dvigatelining tortish kuchi ko‘chish 
bilan mos tushib ish bajaradi (49-rasm).



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin