Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarning jismga ta’sirI
45-rasm.
25-MAVZU
HARAKATLANUVCHI SUYUQLIK
VA GAZLARNING JISMGA TA’SIRI
43-rasm.
44-rasm.
Siz tinch holatda turgan suyuqlik va
gazlarning idish devoriga bosim berishi haqida
bilib oldingiz. Tabiatda va tur mushda suyuqlik
tinch holatdan tashqari harakatda ham
bo‘ladi. Ariq, kanal, daryolar va vodoprovod
quvurlarida oqayot gan suvda qanday kuchlar
vujudga keladi? Buni o‘rganish uchun ariqda
oqayotgan suv yuzasi holatini bir eslab
ko‘raylik. Suvi mo‘l, keng kanalda sekin
oqayotgan suvning o‘rta qismi bir tekisda,
taxminan bitta chiziq bo‘ylab, harakat qiladi.
Buni suvda birga oqib kelayotgan cho‘plar
harakatini kuzatib ishonch hosil qilish mumkin (43-rasm). Bunday oqim
qatlamli yoki laminar oqim deyiladi. Tog‘dan tushib kelayot gan ariq suvi
tez oqadi. Unga tashlangan mayda cho‘plar, barglar harakati kuzatilsa,
ko‘pchilik joylarida girdob, ya’ni uyurma ko‘rinishidagi harakatlar hosil
bo‘ladi (44-rasm.) Bunday oqimga turbulent oqim deyiladi. Demak,
suyuqlik biror-bir nayda oqqanda suyuqlikning nay devorlariga ishqalanishi
tufayli qatlamlarning siljishi nayning o‘rta qismida tezroq, chetki
qismlarida sekinroq bo‘lar ekan. Suyuqlik tinch holatda turganiga nisbatan
harakat holatida qo‘shimcha bosim hosil bo‘ladi. Bu bosimga dinamik
bosim deyiladi. Bosim suyuqlik yoki gazning tezligiga qanday bog‘liq
bo‘ladi?
Buning uchun quyidagicha tajriba
o‘tkazaylik. Ikki varaq qog‘oz olib, tik
holatda ushlaylik. So‘ngra qo g‘oz orasiga
pufl ay lik (45-rasm). Shunda qog‘ozlar bir-biriga
tomon intilib yaqinlashadi. Buning sababi
II bob. Mexanik hodisalar
70
70
shundaki, qog‘ozlar ora
sidagi havo pufl ash
natijasida harakatga keladi va u joydagi bosim
kamayadi. Qo
g‘ozlarning tashqi tomonidagi
bosim, ichki qismida
gidan katta bo‘lib
qolganligi tufayli, qog‘ozlarni siquv
chi kuch
paydo bo‘ladi. Bahor paytida uchiriladigan
varraklarin gizning os monga ko‘tarilishining
sababi ham bosimlar farqi hosil bo‘lishidadir.
Bunda var rak osti va ustki qismidan o‘tuvchi
shamol tezligi turlicha bo‘lganligidan ko‘ta-
ruvchi kuch paydo bo‘ladi (46-rasm). Bir
tomonga hara katlanayotgan ikkita kema ba’zan
hech qanday sababsiz to‘qnashib ketganligi
kuzatilgan. Buning sababini ham xuddi ikkita qog‘oz varag‘i orasiga
pufl
anganida bosimlar farqi hosil bo‘lishi bilan tushun
tiriladi.
Samolyotlarning parvozi ham aynan shu hodisani o‘rganish tufayli amalga
oshirildi. Buni samolyot qanotining maxsus tuzilishi bilan tushun tiriladi
(47-rasm).
Samolyot qanotiga kelib urilayotgan shamol, qanotning ostki va ustki
tomo nidan o‘tadi. Ustki qismida shamol o‘ti shi kerak bo‘lgan yo‘l pastki
qismidan ko‘proq. Shu sababli ustki qismida sha mol tezligi pastkisidan
kattaroq bo‘lishi kerak. Demak, shamol tezligi katta bo‘lgan joydagi bosim
p
1
shamol tezligi kichik bo‘lgan ostki qismidagi bosim p
2
dan kichik
bo‘ladi. Natijada pastdan yuqoriga yo‘nalgan bosimlar farqi p = p
2
− p
1
hosil
bo‘ladi. Oqim turbulent bo‘lsa, bosimlar farqi shuncha katta bo‘ladi. Bunga
samolyot qanotini ko‘taruvchi kuch deyiladi.
Futbol maydonida burchakdan tepilgan to‘ping burilib darvozaga
kirganini televizorda yoki stadionda kuzatganlar ko‘p. Тo‘pning burilishiga
nima majbur qiladi? Bunga sabab shuki, to‘pning o‘rtasiga emas, balki
biroz chetrog‘iga tepgan usta futbolchi uni to‘g‘ri harakati davomida
aylanishiga majbur qiladi. Natijada to‘pning chap va o‘ng tomonidagi havo
oqimining tezligi o‘zgaradi va bosimlar farqi hosil bo‘lib, to‘pni darvoza
tomonga buradi.
46-rasm.
47-rasm.
|