МАВЗУ-2.
EKONOMETRIK MODELLARNING
AXBOROT TA’MINOTI VA ULARGA
QO’YILADIGAN ASOSIY
TALABLAR
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
РЕЖА
1. Иктисодий маълумотлар ва уларни кайта
ишлаш
2. Эконометрикада кулланиладиган
узгарувчилар ва уларнинг турлари
3. Эконометрик моделлар тузишда унда
катнашадиган маъдумотларга куйиладиган
талаблар
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Асосий таянч иборалар
1.Ekonometrika
2.Korrelyatsiya
3.Regressiya
4.Ekonomika
5.Metrika
6.Trend
7.Avtokorrelyatsiya
8.Identifikatsiya
9.Komponenta
10.Usullar
11.Qonuniyat
12.Statistika
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Маълумот нима?
Ma’lumot biror narsa haqidagi xabar. Bu xabar
statistik kuzatuvlar natijasida olinadi. Agar biz
iqtisodiy jarayonni kuzatayotgan bo’lsak, u holda
olingan xabar yoki ma’lumot iqtisodiy ma’lumot
bo’ladi, ya’ni iqtisodiy jarayonning qaysidir
tomoni haqidagi ma’lumotni beradi. Kuzatuv
natijasida to’plangan iqtisodiy ma’lumotlar qayta
ishlanadi va olingan natijalar iqtisodiy jarayonni
tadqiq qilishda asos bo’lib xizmat qiladi
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Iqtisodiy ma’lumotlar
Iqtisodiy ma'lumotlar statistik tabiatga ega bo’lib iqtisodiy
jarayonlarni vaqt davomida o’zgarishini o’rganishda
muqim aqamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar
va hodisalar vaqt davomida o’zgaruvchan bo’ladi.
Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-
statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu
iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi
o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash
mumkin bo’ladi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Iqtisodiy-statistic modellashtirish
Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy
ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari
o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik
bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub'ektlar
faoliyatini statistik modellashtirish zamon va
makonda ularning rivojlanish jarayonini
o’rganishda asosiy o’rin egallaydi. Bu modellar
ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini
aniqlash uchun moslashgandir.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq
bo’lishligining sabablari quyidagi hollarda
sodir bo’lishi mumkin:
1. Axborotli ( axborotning xatoligi, uning
ko’rsatkichlari, omillar va ob'ektlar majmuining
noaniqligi.
2. Tarkibiy ( aniqlanmagan xilma-xilliklarning
mavjudligi.
3. Modelli ( ko’rsatkichlar va dalillar o’rtasida
bog’lanish shakllaridan noto’g’ri foydalanish.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash.
Iqtisodiy ma’lumotlar bir necha turdagi statistik
kuzatuvlar natijasida olinadi. Statistik kuzatish deganda
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur
bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik
kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy
ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning
ma’lumotlari aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun
kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini
qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqarishdir.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Statistik kuzatish ma’lumot yetkazib beruvchi
sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi
shakllarga bo’linadi:
Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar statistika
organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan
vaqtda etkazib berishga majburdirlar.
Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan
barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik
hisobotlar orqali to’planadi.
Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy
xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi,
aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan
ma’lumot.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Statistik kuzatish tashkil etilishiga
qarab:
statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik
kuzatishlarga (tekshirishlarga) bo’linadi.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri –
kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab
olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham
zamon chegarasida to’g’ri hal etilishi maqsadga
muvofiqdir.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Ma’lumotlarning aniqligi:
To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va
ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak.
Agarda qandaydir bir shubha tug’ilsa (uni hajmidan qat’iy
nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich mustaqil
ekspertlar tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu erda
gap nafaqat arifmetik hisob-kitob ustida ketmayapti, balki
har bir birlikni ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi ustida
bormoqda.
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha)
dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks
holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Statistik svodkalash
Statistik svodkalash deganda to’plangan
ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan
maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta
ishlash tushuniladi. Statistik kuzatish
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning
keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir.
Statistikada guruhlash deb to’plam birliklarini eng
muhim belgilari bo’yicha bir xil guruh va
guruhchalarga ajratib o’rganishga aytiladi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
MISOL
aholining qaysi bir qismi mehnat resursi ekanligini aniqlash
maqsadida ular quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganiladi:
15 yoshgacha – ishga layoqatsiz kishilar
16 - 55 yosh – ishlash yoshidagi ayollar
16 – 60 yosh – ishlash yoshidagi erkaklar
55 yosh va undan yuqori – nafaqa yoshidagi ayollar
60 yosh va undan yuqori – nafaqa yoshidagi erkaklar.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Guruhlash
Guruhlash metodi statistikada ko’p yillardan (XVIII
asr) beri qo’llanib kelinmoqda. Bu metodni
qo’llashdan maqsad, to’plam birliklarini
qandaydir bo’laklarga bo’lish emas, balki faqat
shu hodisaga xos xususiyatlarni ochib berish,
undagi mavjud tendentsiya va qonuniyatni
baholash, miqdor o’zgarishlardan sifat
o’zgarishlarga, sifat o’zgarishlardan miqdor
o’zgarishlarga o’tish jarayonlarini aniqlash va
baholashdir.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Ikkilamchi guruhlantirish
Umumiy qonuniyat yaqqol ko’rinuvchi yirik oraliqli
guruhlarni hosil qilish maqsadida statistikada ikkilamchi
Dostları ilə paylaş: |