Ekonometrik modellarning



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix20.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#61886
1   2   3   4   5
Ekonometrik modellarning axborot taminoti va ularga qoyiladigan

Bog’liq va bog’liq bo’lmagan 
o’zgaruvchilarni tanlash 

Hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish 
ekonometrika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda 
ikki xil belgilar yoki ko’rsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli 
o’zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o’zgaruvchilar hisoblanadi. 
Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, 
ularning o’zgarishiga sababchi bo’ladi. shuning uchun ular 
omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa 
natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bug’doyga 
suv, mineral o’g’itlar va ishlov berish natijasida ularning 
hosildorligi oshadi. Bu bog’lanishda hosildorlik natijaviy 
belgi, unga ta’sir etuvchi kuchlar (suv, o’g’it, ishlov berish 
va h.k.) omil belgilardir. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Omil va natijaviy belgi 

Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida 
natijaviy belgining har xil qiymatlari mos 
keladigan bog’lanish korrelyatsion bog’lanish yoki 
munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog’lanishning 
xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda 
omillarning to’liq soni noma’lumdir. Shuning 
uchun bunday bog’lanishlar to’liqsiz hisoblanadi 
va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash 
mumkin, xolos. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Korrelyatsion munosabat 
korrelyatsion munosabatda erkin o’zgaruvchi X belgining har bir qiymatiga (
k
...
1

x
i

) erksiz o’zgaruvchi U belgining (
1..s


j
y
) taqsimoti mos keladi. O’z-
o’zidan ravshanki, bu holda ikkinchi U belgining har bir qiymati (
j
y
) ham birinchi X 
belgining (
i
x
) taqsimoti bilan xarakterlanadi. Agar to’plam hajmi katta bo’lsa, belgi X 
va U larning juft qiymatlari 
i
x
va 
j
y
ham ko’p bo’ladi va ulardan ayrimlari tez-tez 
takrorlanishi mumkin. bu holda korrelyatsion bog’lanish kombinatsion jadval 
(korrelyatsiya to’ri) shaklida tasvirlanadi. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


To’g’ri va egri chiziqli bog’lanish 
Bog’lanishlar to’g’ri chiziqli va egri chiziqli bo’ladi. Agar bog’lanishning 
tenglamasida omil belgilar (X
1
, X
2
, ......., X
K
) faqat birinchi daraja bilan ishtirok etib, 
ularning yuqori darajalari va aralash ko’paytmalari qatnashmasa, ya’ni 




K
i
i
i
x
Х
a
a
y
1
0
ko’rinishda bo’lsa, chiziqli bog’lanish yoki xususiy holda, omil bitta 
bo’lganda y=a
0
+a
1
x to’g’ri chiziqli bog’lanish deyiladi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


EGRI CHIZIQLI BOG’LANISH 
Ifodasi to’g’ri chiziqli tenglama bo’lmagan bog’lanish egri chiziqli bog’lanish 
deb ataladi. Xususan,
parabola y=a
0
+a
1
x+a
2
x
2
giperbola 
1
0
x
a
a
y
x


darajali 
a
x
x
a
y
0

va boshqa ko’rinishlarda ifodalanadigan bog’lanishlar egri 
chiziqsiz bog’lanishga misol bo’la oladi. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Korrelyatsion va regression tahlilni qo’llash vaqtida, omillarni 
tanlab olish va ulardan modellarda foydalanish hamda 
baholashdagi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat: 

1. Omillarni o’rganish bilan qamrab olinadigan ro’yxat chegaralangan, omillar esa 
nazariy asoslangan bo’lishi lozim. 

2. Modelga kiritilgan barcha omillar miqdor o’zgarishlarga ega bo’lishi kerak. 

3. Tadqiq qilinayotgan to’plam sifatli bir jinsli bo’lishi lozim. 

4. Omillar o’zaro funktsional bog’lanmasliklari shart. 

5. Kelajakda omillar o’zaro ta’sirini ekstrapolyatsiya qilish uchun modellardan 
foydalanilayotgan vaqtda xarakter jiddiy o’zgarmasligi, statistik mustahkam va 
barqaror bo’lishi lozim. 

6. Regression tahlilda har bir omilning qiymatiga bir xil regressiyali natijaviy 
o’zgaruvchi taqsimoti normal yoki yaqin darajada mos kelish lozim. 

7. O’rganilayotgan omillar tadqiq etilgan, natijaviy ko’rsatkichli, mantiqan davriy 
bo’lishi lozim. 

8. Natijaviy ko’rsatkichga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan faqat muhim omillar ta’sirini 
ko’rib chiqish lozim. 

9. Regressiya tenglamalariga kiritilgan omillar soni katta bo’lmasligi lozim. Chunki 
omillar sonining katta bo’lishi, asosiy omillardan chetga olib kelishi mumkin. 
Omillar soni kuzatishlar sonidan 3-5 marta kam bo’lishi kerak. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 



10. Regressiya tenglamasining omillari turli xil xatolar ta’sirida buzilishga olib 
keladigan xatoliklar bo’lmasligi kerak. Omillar o’rtasida funktsional yoki 
shunga yaqin bog’lanishlarning mavjudligi - multikollenearlik borligini 
ko’rsatadi.

11. Kuzatuvlar sonini oshirish uchun ularning makonda takrorlanishidan 
foydalanish mumkin emas. Makonda hodisalarning o’zgarishi avtoregressiyani 
vujudga keltirishi mumkin. Avtoregressiya esa statistikadagi mavjud 
o’zgaruvchilar o’rtasidagi bog’lanishni ma’lum darajada buzadi. Shuning 
uchun ko’rsatkichlar dinamik qatorlarida regression bog’lanishni o’rganish 
statistikadagi bog’lanishni o’rganishdan tubdan farq qiladi. 

12. Har bir omil bo’yicha taqsimot normal taqsimotga ega bo’lishi shart emas. 
Bu regression tahlilni natijaviy, alomatli qiymat va tasodifsiz qiymatli omillar 
o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi. 

13. Omillarni natural birlikda o’lchashda nisbiy qiymatlarga nisbatan ortiqroq 
ko’rish lozim. Nisbiy qiymatlar o’rtasidagi korrelyatsiya, regressiya tenglamasi 
parametrlari qiymati bog’lanish mazmunini buzishi mumkin.omillar o’rtasidagi 
bog’lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Demak, ekonometrik modellarga qo’yiladigan 
asosiy talablar : 

1) Modelda kuzatilayotgan ning o’zgarishiga 
kuchli ta’sir qilayotganasosiy omillar qatnashishi 
kerak; 

2) Barcha bog’liq bo’lmagan omillar asosiy 
bog’liq bo’lgan omil bilan zich bog’langan bo’lishi 
kerak; 

3) Bog’liq bo’lmagan omillar o’zaro sust 
(kuchsiz) bog’langan bo’lishi kerak.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Statik va dinamik modellar 

Statik modellar o’zida vaqtning ayrim, qayd 
qilingan oralig’ini qamrab oladi.

Dinamik model vaqtning izchil oraliq tizimi 
holatini aks ettiradi. O’zgaruvchan 
xarakterga ko’ra, boshlang’ich iqtisodiy 
ishlab chiqarish omillari yoki aralash 
omillarni o’z ichiga olgan modellarni 
ko’rsatish mumkin. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Quyidagi modellar turi boshlang’ich va ishlab 
chiqarish omillarining turli kombinatsiyalarini 
beradi: 

a) ishlab chiqarish natijalarining boshlang’ich resurslar xarajati 
darajasi va tarkibiga hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari 
sharoitiga bog’liqligini xarakterlaydigan to’liq modellar; 

b) ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoiti ob’ektlari guruhi yoki 
vaqt bo’yicha barqaror hisoblangan paytlarda qo’llaniladigan 
«vazifalar - mahsulot ishlab chiqarish» modeli; 

c) ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi 
o’zaro va boshlang’ich ishlab chiqarish omillari bilan aloqalarini 
xarakterlovchi turli xil modellar.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Umumiy va xususiy modellar 

Modellar o’zgaruvchanligiga ko’ra, umumiy va xususiy 
modellarga bo’linadi. Umumiy model o’lchanadigan 
alomatlarning barchasini hamda o’rganilayotgan ishlab 
chiqarish jarayonining bir tomonini, masalan, tabiiy 
sharoit belgilarini qisman o’z ichiga oladi. Alomatlarning 
barchasini o’z ichiga olgan model bilan xususiy (masalan, 
faqat tabiiy sharoit omillari) modelni taqqoslab, ishlab 
chiqarish tabiiy iqlim omillarining ta’siri qaysi vaqtda 
ko’proq, qaysi vaqtda kamroq bo’lishini aniqlash mumkin. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Pog’onali va satxli model 

Tasniflashning mana shu turiga modellarning bir sathli, 
pog’onali va ko’p sathli bo’linishi ham kiradi. Ayrim 
hollarda ishlab chiqarish boshlang’ich omillarining katta 
sonlarni hisobga olish va xususiy texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlar orqali ularni samaradorlikning umumiy 
sintetik ko’rsatkichlariga ta’sirini tekshirish xususiyati 
bilan ikkinchi sxema ustun turadi. 

Pog’onali, ko’p sathli modellar faqat turli darajadagi 
iqtisodiy aloqalarni aks ettirish uchun tuzilmay, balki turli 
davrlarga mansub bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarni 
modellashtirish bilan aniqlash uchun ham tuziladi. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


TASNIFLASH MODELLARI 

Tavsiflash modellari - o’zgaruvchan o’zaro aloqalarni eng yaxshi tarzda 
tavsiflaydigan regressiyalarni tenglashtirish modeli hisoblanadi. 
Bunday hollarda modellar parametri mazmundor ma’noga ega 
bo’lmaydi. Mazkur parametrlar qiymatini belgilashda approksimatsiya, 
ya’ni tavsiflanayotgan o’zgaruvchan kirish bilan tavsiflanayotgan 
chiqish o’rtasidagi statistik muvofiqlik barqarorlik vazifalari hal eiladi. 

Tavsiflash modellarini tuzish paytida ko’pincha belgilangan 
muddatdagi iqtisodiy ko’rsatkichlarning aralashma faktlaridan 
foydalaniladi. Bunday hollarda ko’rsatkichlar harakatidagi ketma-
ketlik va aloqalar mavjudligi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar 
tadqiqotchilarni qiziqtiradi 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Tushuntirish-bashoratlash modellari 

Tushuntirish - bashoratlash modeli parametrlarini 
baholashda aynan tenglashtirish masalasi hal 
qilinadi. Masalaning mohiyati qandaydir to’g’ri 
keladigan statistik usullar yordamida chuqur 
ma’noli farazlar asosida tuzilgan tenglamalarning 
noma’lum parametrlarini qidirib topishdan iborat. 
Binobarin, identifikatsiya masalalarining 
approksimatsiya masalalaridan farqi shundaki, 
unda oldindan o’zgaruvchan bog’lanish tarkibi 
berilgan bo’ladi 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


ADABIYOTLAR 

Xodiev B.Yu., Shodiev T.Sh., Berkinov B.B. 
Ekonometrika: 
o’quv 
qo’llanma. 
–T.: 
IQTISODIYOT, 2018. -178 b. 

Habibullaev I., Utanov B. Ekonometrika 
asoslari: o’quv qo’llanma. –T.: IQTISOD-
MOLIYA. 2018. -192 b. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin