8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
№8-Mavzu - uz (1)



8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot 
 
Reja: 
1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati 
2. Global jarayonlar tasnifi.
3. Pandemiya - XXI asrning global muammosi.
4. Global makonda axborot texnologiyalari, sun`iy intellect va virtual reallikning 
mutanosibligi. 
5. Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi.
6. Global tarbiya va ta`lim barqarorlik omili 
Tayanch tushunchalar: globallashuv, globalistika, universallashuv, gomogenlashuv, 
intergratsiya, buyuk geografik kashfiyotlar, kommunikatsiya taraqqiyoti, fan va texnika 
inqilobi, internet, iqtisodiy globallashuv, siyosiy globallashuv, madaniy globallashuv, 
TMK, globallashuvning institutsionallashuvi, globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari, 
global muammolar, global tendensiyalar, texnopessimizm, texnooptimizm, Rim klubi. 
Globallashuv hodisasi va uning mohiyati, xususiyatlari. Falsafa va hozirgi
zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki
uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda,
shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham 
aks ettiradi. SHu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy 
qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarningham e’tiborini 
tortmoqda. 
Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va 
muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi 
narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga 
qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish
imkonini beradi. 
Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki
«jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal 
qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. SHu
munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, 
qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob’ektiv 
jarayonlarning sub’ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi 
zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab etish va
amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasbetadi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin