Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar,
kategoriyalar, paradigmalardir.
Ilmiy muammo. Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda,
inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo‘yishdan ularni yechishga o‘tish,
so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash mumkin. Biroq muammoning haqiqiy o‘rni
qanday? Ilmiy muammolar nima uchun yuzaga keladi? Muammoning masaladan farqi nimada?
Ilmiy muammolar doirasi qanday?
Muammo– bilishning rivojlanish jarayonida ob'ektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini
topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir.
Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir
hodisalar, ob'ektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal
qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim shartidir. To‘g‘ri
qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni yechishdan chalg‘itadi.
Muammoni qo‘yish – ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichi. Muammoni qo‘yishda,
avvalo, ayrim holatni masala sifatida anglab yetish, qolaversa, muammoning mazmunini aniq
tushunish, ma'lum va noma'lum narsalarni ajratgan holda uni ta'riflash lozim.
Ilmiy muammolar predmetga yoki protseduraga doir bo‘ladi.
Predmetga doir
muammolarda o‘rganilayotgan ob'ektlar, protseduraga doir muammolarda esa – bilim olish va
uni baholash usullari aks etadi. O‘z navbatida, predmetga doir muammolarning empirik va
konseptual, protseduraga doir muammolarning metodologik va baholash kabi turlari farqlanadi.
Predmetga doir muammolar empirik muammolarni yechish uchun materialni sof nazariy
tahlil qilish bilan bir qatorda, predmetlar bilan ma'lum amallarni bajarish lozim, vaholanki,
konseptual muammolar borliqqa bevosita murojaat etishni talab qilmaydi. Predmetga doir
muammolardan farqli o‘laroq,
protseduraga doir muammolar doim konseptual xususiyatga ega
bo‘ladi; protseduraga doir muammolar o‘rtasidagi farq shunda ko‘rinadiki,
metodologik
muammolar nisbiy mushohada ko‘rinishida yechimga ega bo‘lishi mumkin emas, baholash bilan
bog‘liq muammolar esa fanga mezon vazifasini bajaruvchi ko‘rsatkichlar va mo‘ljallarni olib
kiradi.
Empirik muammo avvalo ma'lumotlarni izlashni nazarda tutadi; empirik muammolarga
kuzatish, eksperiment, o‘lchash kabi ilmiy metodlar yordamida javob topish mumkin. Bundan
tashqari, yechimini topish uchun asboblar yasash, reaktivlar tayyorlash va hokazolar kerak bo‘lgan
muammo ham empirik hisoblanadi.
Konseptual muammolar ilgari olingan ko‘p sonli ma'lumotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni
Dostları ilə paylaş: