nazariy-metodologik sharti, dalildan kelib chiqadigan nazariy xulosa, uning ilmiy izohi yoki har
xil mafkuraviy, ilmiy yoki falsafiy nuqtai nazarlarda amalga oshiriladigan baholash sifatida o‘rin
oladi. Dalilning moddiy-texnik yoki metodik tomoni, ya'ni uni olish usuli ham bor. Dalilning
ishonchliligi ko‘p jihatdan u qaysi usulda, qanday vositalar
yordamida olinganligi bilan
belgilanadi. Masalan, saylovoldi kampaniyalarida nomzodlar reytingi, ularning muvaffaqiyat
qozonish imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi sotsiologik tadqiqotlarning natijalaridan ko‘p foydalaniladi.
Ko‘pincha ularning natijalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi, ba'zan bir-biriga mutlaqo
zid bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xatoga yo‘l qo‘yish imkoniyati istisno etilsa, bunday farqlarning
sababi metodikalarning har xilligi bilan izohlanishi mumkin.
Fanning ko‘p asrlik tarixi nafaqat kashfiyotlar tarixi,
balki dalillarni nazariy
mavhumlashtirish, umumlashtirish yoki tizimga solishning muhim omili hisoblangan fan tilining
rivojlanish tarixi hamdir. Shu sababli har qanday dalil belgi-aloqa jihati, ya'ni u tavsiflangan fan
tiliga ega bo‘ladi. Grafiklar, sxemalar, ilmiy belgilar va atamalar – fan tilining muhim atributlari.
Agar ilmiy kashfiyotni odatdagi atamalarda tavsiflashning iloji bo‘lmasa, uni idrok etish jarayoni
ba'zan uzoq yillarga cho‘ziladi.
Ilmiy bilimning rivojlanishiga qarab tabiiy til unda ifodalanayotgan narsalar mazmuniga
semantik jihatdan muvofiq emasligi bo‘rtib ko‘rina boshladi. Tabiiy til iboralarining serma'noligi,
gaplar mantiqiy tuzilishining noaniqligi, til belgilarining ma'nolari kontekst ta'sirida
o‘zgaruvchanligi, psixologik assotsiatsiyalar – bularning barchasi ilmiy bilishda zarur bo‘lgan
ma'noning aniqligi va ravshanligiga erishishga monelik qiladi. Natijada tabiiy tilni sun'iy tarzda
formallashtirilgan til bilan almashtirishga ehtiyoj tug‘ildi. Uning kashf etilishi fanning bilish
vositalarini juda boyitdi, unga yangi va yangi murakkab vazifalarni yechish imkonini berdi. Shuni
ta'kidlash lozimki, ilmiy dalillar ham, gipotezalar,
nazariyalar, ilmiy muammolar ham fanda
yaratilgan sun'iy tillarga tayanadi.
Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir variantlilikka
ega bo‘ladi. Ilmiy dalilning ishonchliligi shunda namoyon bo‘ladiki, uni tadqiqotchilar tomonidan
turli davrlarda o‘tkaziladigan yangi eksperimentlar yordamida olish va ifodalash mumkin. Ilmiy
dalilning bir variantliligi u o‘zining ishonchliligi talqinlarining rang-barangligidan qat'iy nazar
saqlab qoladi.
Fan dalillari umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dalillarni umumlashtirishning oddiy shakllari – ularni tahlil, sintez qilish,
tiplarga ajratish,
birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va hokazolar asosida amalga oshiriladigan
tizimga solish va tasniflashdir. Ma'lumki, juda ko‘p ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni
tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga kelgan (masalan,
Ch.Darvin yaratgan turlarning tabiiy tanlanish yo‘li bilan paydo bo‘lishi nazariyasi,
D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy tizimsi).
Dalillar ularni talqin qiluvchi nazariya, tasniflash metodi mavjud bo‘lgan va boshqa
dalillarga bog‘lab anglab yetilgan holdagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Faqat o‘zaro bog‘langan
va yaxlit ko‘rinishda dalillar nazariy umumlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Alohida
va tasodifan, hayotdan ajratib olingan dalillar biron-bir narsa yoki hodisani asoslashga
qodir emas. Noto‘g‘ri tanlab olingan dalillardan har qanday nazariyani tuzish mumkin, biroq u
hyech qanday ilmiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: